UYDA QOLING!

Koronavirus belgilari, alomatlari va undan saqlanish yo’llari

Bu borada sizlarga Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) tarqatgan ma’lumotlar asosida soddaroq tushuntirishga harakat qilaman.

O’zbekistonda ham koronavirusga chalingan bemor holati qayd etilgach ko’pchilik vahimaga berilib bu kasallik belgilari, alomatlari qanday kechishi haqida bosh qotirmoqda. Koronavirus kasalligiga chalinmaslik uchun ishlab chiqilgan tavsiyalarni ushbu maqolada e’lon qilgan edik.
COVID-19 kasalligining o’ziga xos ajralib turadigan belgisi yo’q. U ba’zan hech qanday simptom hosil qilmasligi mumkin, lekin odatda shamollashga o’xshash belgilar bilan yuzaga keladi. Hozirgacha 156 mingdan ortiq virus yuqtirgan odamlarni kuzatib JSST kasallikning quyidagi belgilarini xabar beradi.
Belgi to’g’risidagi foiz – umumiy kasallanganlarning necha foizida shu belgi kuzatilganini bildiradi.

    isitma – 87,9%

    quruq yo’tal – 67,7%

    charchoq, holsizlik – 38,1%

    balg’am ajralishi – 33,4%

    nafas qisishi – 18,6%

    muskullarda yoki bo’g’imlarda og’riq – 14,8%

    tomoq og’rig’i – 13,9%

    bosh og’rigi – 13,6%

    sovqotib titrash – 11,4%

    ko’ngil aynishi va qusish – 5%

    burun bitishi – 4,8%

    diareya (ich ketishi) – 3,7%

    qonli balg’am tupurish – 0,9%

    konyuktivit – 0,8%

Mana shu belgilar borligi sizda aniq koronavirus bor degani emas, bu belgilar boshqa holatlarda ham kuzatilishini hisobga oling. Lekin shu belgilar kuzatiladigan bo’lsa og’iz burningizni maska bilan to’sib, o’zingizni boshqalardan izolyatsiya qilib, yashash joyingizdagi sog’liqni saqlash tizimiga xabar bering. Xitoyda ham bu belgilar bilan kasalxonaga mln dan ortiq odam murojaat qilgan, test qilingach ularning akariyatida virus aniqlanmagan. Shu bois vahimaga berilmang, o’zingizni ehtiyot qiling.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 2
  1. Tursunboy Baxtiyorov

    Menda 3 kun böldi bowim oģriyabdi. Yötal ham boshlandi. Bu virusni bowlanishimi deb qörqyabman. Virusdan qörqmayman bowqalarga yuqtirib qöyishdan qörqaman. Chunki men Quruliwda ishlayman kuniga kamida 50-60kishi bn muloqotda bölaman

    1. Baxtiyor Roziq (Muallif)

      1003 qisqa raqamiga qo’ng’iroq qilib batafsil tushuntirish olish mumkin, hoziroq qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: