Ko’p o’qituvchilar yo’l qo’yadigan 10 ta xato

Har bir kasbda eng kichik xatolik noxush oqibatlarga olib keladi. Tibbiyotda noto’g’ri tashxis bemorning o’limiga, buxgalteriyada noto’g’ri hisob tashkilotning tanazzuliga olib keladi. Ammo o’qituvchi xato qilsa taqdirlar buziladi, butun boshli jamiyat izdan chiqadi.

Faqat buni shu vaqtning o’zida isbotlash deyarli imkonsizdir.
O’qituvchining xato qilishiga quyidagi sabablarni kiritish mumkin:

    Tajribasizlik

    Ortiqcha ish yuki

    Shaxsiy muammolar

    Og’ir xarakter

    Befarqlik

    Kasbini sevmaslik

Aslida xato qilish emas, xatoni tuzatmaslik yomon. Quyida ko’plab o’qituvchilar yo’l qo’yadigan asosiy xatolarni sanab keltiraman. Bu mening nuqtai nazarim.

1-xato: Faqat darslik bilan cheklanish

Aksariyat o’qituvchilar mavzuni faqatgina darslikda qanday berilgan bo’lsa xuddi shunday qilib gapirib beradi yoki yozdiradi. Naqadar zerikarli! Binobarin, darslik har bir o’quvchining qo’lida kitob shaklida ham, electron shaklda ham bor. Bugungi kun o’quvchisi darslikdagi materiallarga qanoat qilmaydi. Zamonaviy o’qituvchi o’quvchilar hurmatini qozonish uchun yangi bilimlar bilan qurollanib borishi, mavzuni hayotiy voqealar asosida dalillashi lozim. Darslikka bog’lanib qolmaslik va darslikdan uzoqlashmaslik kerak.

2-xato: Adolatsiz bo’lish

O’qituvchilar fan olimpiadasi va bilimlar bellashuviga tayyorlayotgan o’quvchilariga e’tiborliroq bo’lib boshqa o’quvchilarga nisbatan adolatsizlikka yo’l qo’yayotganliklarini unutib qo’yishadi. A’lochi odobli o’quvchilarni urishqoq bilimsiz o’quvchilardan ustun qo’yish ham yaramaydi. O’qituvchi ilm ziyosini barchaga birdek ulashishi darkor.

3-xato: yaxshi qatnashganga 4 ta 5 baho

Ba’zan o’quvchilarning kundaligida 1 fandan 1 kunda 2ta, 3 ta hatto 4 talab 5 baho qo’yilganligini uchratamiz. O’qituvchilar buni qo’shimcha rag’bat deb izohlashadi. Lekin bu o’quvchini o’rganishga emas, bahoga bo’lgan ishtiyoqlarini oshiradi xolos. 1 dars uchun 1 ta bahodan boshqasi ko’plik qiladi.

4-xato: Seni sinfda qoldirib yuboraman!

Ko’p o’qituvchilar aytganni qilmaydigan, vazifalarni bajarmayotgan o’quvchilarga “choragingga baho qo’yib bermayman”, “seni sinfda qoldirib yuboraman” deb qo’rqitmoqchi bo’ladi. Aksariyat hollarda o’sha o’quvchilar choragiga ham baho oladi, keyingi sinfga ham o’tadi faqat, o’qituvchining hurmati to’kilgani qoladi.

5-xato: “Seno dam bo’lmaysan”

O’quvchi baribir bolada, ba’zan chidab bo’lmas darajada quyushqondan chiqib ketadi. Nima bo’lganda ham “sen odam bo’lmaysan”, “padarla’nat”, “iflos” va shunga o’xshash og’ir so’zlar bilan shaxsiyatga tegish eng katta xatolardan biridir.

6-xato: Darsni bir xil suratda olib boorish

O’quvchilar ba’zan darslarda uxlab qolish holatlari ham uchrab turadi. Bunga asosiy sabab mashg’ulotlar bir xilda davom etishi. Jismoniy tarbiya darslarini yomon ko’radigan o’quvchi bo’lmasa kerak. Sababi, ushbu darsda barcha harakatlarni ularning o’zlari bajarishadi. Boshqa fanlarda ham o’qituvchi yo’nalish berib qolganini o’quvchilarning o’zlariga qo’yib bergani ma’qul. O’qituvchi har doim ijodkor bo’lmog’I kerak.

7-xato: Jurnalni o’quvchiga yozdirish

Qani menga bunday o’qituvchi yo’q deb aytingchi? Bu haqiqatga ko’z ummaslik kerak. Hattoki dars konspektlarini ham o’quvchilarga yozdiradigan o’qituvchilar hamtopiladi. Jurnal va konspekt o’qituvchining noni, bu xatolarni umuman kechirib bo’lmaydi.

8-xato: Faqat tushuntirish

Faqat gapirib, tushuntirib maqsadga yetib bo’lmaydi. Nemis pedagogi A.F.Distervegning fikricha

«Nоqоbil o’qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo’yadi, yaxshisi esa uni tоpishga o’rgatadi».

9-xato: Dam olmaslik

O’qituvchilik ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan yetarlicha toliqtiradigan kasbdir. O’qituvchi shaxsi yilda bir marotaba bo’lsa ham bahavo joylarda, tog’larda, sanatoriyalarda dam olishi zarur deb hisoblayman. Aytishadiku, yaxshi dam olishni bilmagan kishi yaxshi ishlashni ham bilmaydi.

10-xato: Zo’riqib ishlash

Aslida yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun zo’riqmaslikning iloji yo’q. Shunday bo’lsada me’yorni unutmaslik shart. Aziz o’qituvchi, siz farzandlaringizga ham keraksiz, o’zingizni doim ehtiyot qiling!

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: