Kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

Kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari qachon o‘tkazilishi ma'lum qilindi
Telegramda o'qish

2020 yil 20 noyabrdan 30 noyabrga qadar kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi telegram kanalida xabar berildi.

O‘zR ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 7-son bayoni qaroriga muvofiq 2020 yil 20 noyabrdan 30 noyabrga (shu kuni ham) qadar kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari o‘tkaziladi.

Kollej va texnikumlarning 178 tasida test sinovlari, 176 tasida esa yozma imtihon shaklida, sport sohasidagi kollej va texnikumlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

Kollej va texnikumlarda 60 ta yo‘nalishda test sinovlari o‘tkaziladi. Test sinovlari 195 836 nafar abituriyentdan, yozma imtihonlar esa 50 649 nafar abituriyentga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Saralash imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 11 noyabrdagi 715-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Mazkur qaror bilan professional ta’lim muassasalarida test sinovlari yozma va kasbiy (ijodiy) imtihonlari o‘tkaziladi. Test sinovlarini o‘tkazish manzili, o‘tkazish grafigi Davlat test markazi bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda.

Test sinovlari asosan tibbiyot, pedagogika, temiryo‘l, konchilik yo‘nalishidagi kollejlar va texnikumlarda o‘tkaziladi.

Yozma ish imtihonlari xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, sanoat, yengil sanoat, transport, veterinariya va qurilish yo‘nalishidagi kollejlar va texnikumlarda o‘tkaziladi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Комментарии: 9
  1. Аноним

    :twisted: :twisted: :twisted: :twisted: :twisted: :twisted: :twisted: :twisted: :twisted: :twisted: :twisted:

  2. Динара

    Экзамены в колледже 2021г будут в Ноябре?

  3. Гулхаё

    Мед техникумда тест буладими ва Неста жами кайси фанладан :oops:

  4. Umida Musoyeva

    Texnikum imtixonlari qachon bo‘ladi oktabrda bo’lib o‘tadimi. Qachon ma‘lum qilasizlar

    1. Mirziyod

      Kolej tehnikum imtihoni qachon boʻladi

  5. Iroda

    Texnikumlar imtihoni qachon bo‘ladi aniq sanasi qachon

  6. Feruza subxonova

    Texnikum imtixonlari qachon boʻladi va boʻlishini qanday bilsak boʻladi

  7. Аноним

    Texnikum imtihonlari qachon bo’ladi

  8. Aynura

    Assalawmi alikum koledj hamde texnikomga test qashan ham qay waqt bolip otedi iltimas juwap qaldirin aniq sanesi menen

Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: