Ko’zi ojizlar uchun Telegramm ishlatish dasturi

Mobile speak

Ushbu maqolada telelight dasturi va bu dasturning ko’zi ojizlar uchun foydali jihatlari haqida fikr yuritamiz.

Yaqin yillargacha ko’zi ojizlar Telegramm tarmog’idan foydalanish imkoniyatiga ega emas edilar. Telegram messenjerining kampyuter va mobil qurilmalar uchun tayyorlangan ilovalarini ekran diktorlari nutq sintezatorlari ovozlashtirib bermas edi. Telegrammni ishlatishning birgina yo’li onlayn tarzda faqat / saytining o’zidan yoki Telegramm.uz kabi saytlardan brauser orqali foydalanish mumkin edi. Bunday usul esa ancha cheklangan hisoblanadi. Dunyo bo’ylab internet tarmog’ida faollashib borayotgan ko’zi ojizlarning istaklarini inobatga olgan holda telelight.ir/en jamoasi Telelight dasturini ishlab chiqdilar.
Telelight dasturi Telegram ilovasida bor imkoniyatlarni taqdim eta oladi. Ushbu dastur android qurilmalarga o’rnaydi va Talkback orqali foydalanish mumkin bo’ladi. Talkbackni qanday qilib yoqish va sozlab olish haqida ushbu maqolada yozib o’tgan edim. Telelight mobil ilovasi pullik hisoblanadi. Telelightning 2.5 demo versiyasini Uning rasmiy saytidan yuklab olish mumkin. Dasturdan to’laqonli foydalanish uchun uni 3.5 yevro evaziga sotib olish kerak. Ammo internet tarmog’ida ushbu ilovaning vzlom qilingan 4.90 versiyasi paydo bo’ldi. Ishoning, sertifikati sindirilgan versiyasi paydo bo’lgunga qadar uni juda ko’p yuzlab odamlar sotib olishdi. Dasturning vzlom qilingan versiyasini Bog’lanish formasi orqali so’rasangiz e-mailingizga jo’nataman. Mualliflik huquqlari buzilmasligi uchun ilovani saytga joylamadim, to’g’ri tushunasiz degan umiddaman.
Telelight dasturida ko’zi ojizlar barcha formatdagi fayllarni jo’natishlari, qabul qilishlari, ovozli va video xabar almashishlari, turli Telegramm kanallarni kuzatishlari va guruhlarda suhbat qilishlari mumkin. Quyida “Ko’zi ojizlar uchun Telegramm – Telelight bilan tanishish” nomli rus tilidagi videoni ham kuzatsangiz Telelight dasturi haqida ko’proq bilib olasiz. Dasturni qanday ishlatishga qiynalsangiz, “Fikr bildirish” formasi orqali so’rov qoldirsangiz u haqida alohida maqola tayyorlayman.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikrlar: 1
  1. yosh xonanda oxunjon

    salom. menda ushbu dasturning Telelight v5.4.0 versiyasi bor. bu eskirmadimi. 2 oydan beri oddiy telefon va komp ishlatiyapman.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: