Ko‘zi ojizlar maktablari uchun 12 yillik ta’limni saqlab qolish so‘ralmoqda

Ko‘zi ojizlar maktablari uchun 12 yillik ta’limni saqlab qolish so‘ralmoqda

O‘zbekistondagi ko‘zi ojiz bolalarning muallimlari 12 yillik ta’limni saqlab qolishni so‘rab, Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi.

O‘zbekistonda ixtisoslashgan maktablarda, shu jumladan, ko‘zi ojiz bolalar internatlarida ham ta’lim muddati 12 yildan 11 yilga o‘tkazilmoqda. Ammo bu ko‘zi ojiz o‘quvchilar ta’limiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ko‘zi ojiz o‘quvchilarga dars beruvchi muallimlar ushbu masala yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentga murojaat bilan chiqdi.
O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi qaroriga asosan, 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida majburiy umumiy o‘rta ta’lim 12 yildan 11 yilga qisqartiriladi.
77-sonli ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab internati o‘qituvchisi Oqmurod Otamurodovning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim muddati bir yilga qisqartirilishi – ko‘zi ojiz o‘quvchilarning davlat ta’lim standartini to‘liq o‘zlashtirishiga imkon bermaydi.
Uning aytishicha, ushbu qaror orqali imkoniyati cheklangan bolalarning barchasi bir turga olingan, ya’ni klassifikatsiya qilinmagan. Vaholanki, nogironlar turlicha bo‘ladi: tayanch harakat a’zolaridagi nuqsonlar, eshitish, ko‘rish va hokazo.
“Ayrim turdagi nogironlarning o‘qish uchun qobiliyati yetmasligi mumkin. Lekin ko‘zi ojiz bolalar aqlan sog‘lom bo‘ladi, faqat ko‘rmaydi xolos”, — deydi o‘qituvchi.
Ko‘rishi bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar maxsus moslamalar yordamida yozishadi. Bitta priborda 18 ta qator va bir qatorda 24 ta katak bor. Har bir katakda 6 ta nuqta bor. Shu 6 ta nuqtadan 63 ta kombinatsiya qilinadi. Priborda hammasi bir qatorga yoziladi. Unda yuqori va quyi indeks degan narsa yo‘q. Sodda qilib aytganda, matematikada daraja va indeks yoki ona tilida tagiga chiziqcha chizish degan narsalar bor, ammo ko‘zi ojiz bolalar buni bajara olmaydi.
Umumta’lim maktablarida matematika darsligi bitta kitob bo‘lsa, ko‘zi ojizlar uchun bitta darslik 10 ta kitobdan iborat bo‘ladi. Ularda bir sahifaga sig‘gan narsa, bizda 3-5 betga to‘g‘ri keladi.
Ko‘zi ojiz bolaning yozishi sog‘lomlarga nisbatan 3-4 baravar, o‘qishi esa 2-3 baravar sekin bo‘ladi.
O‘quvchilarimiz 12 yil o‘qib ko‘pgina yutuqlarga erishishgan. 12-sinf ochilganidan keyin o‘quvchilarimiz hattoki respublika olimpiadalarida ham g‘olib bo‘lishgan.
Hurmatli Prezident Shavkat Miromonovich. O‘quvchilarimizning kelajakda kasb tanlashi va hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun 12 yillik ta’lim qoldirilishini sizdan iltimos qilib so‘raymiz.
Oqmurod Otamurodov, 77-sonli ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab internati matematika o‘qituvchisi
77-sonli ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab internatining boshqa bir o‘qituvchisi Bahodir Qurbonov senatorlar va deputatlarga murojaat qilgan.
Hurmatli senator va deputatlarimiz. Bizning murojaatimizni to‘g‘ri qabul qilishingizni, iloji boricha ijobiy hal bo‘lishida amaliy yordam berishingizni iltimos qilamiz.
Biz 12-sinfni ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilarga qaytarib berilishini so‘rashimizdan maqsadimiz – bolalarning kasalligi, ularning cheklangan imkoniyati bilan bog‘liq. Ularning orasida ko‘zi og‘riydiganlari ham bor. Sog‘lom bola darsda 5-6 soat o‘tirsa, ko‘zi ojiz o‘quvchilarimiz kasalligi tufayli 3-4 soatda charchab qolishadi. Bu degani, kerak bo‘lgan informatsiyalarni olishi ko‘zi bilan bog‘liq muammo bo‘lgani uchun ozgina qiyin kechadi.
O‘qituvchilarning shaxsiy manfaatini o‘ylab emas, avvalambor o‘quvchilarning kelajagini o‘ylagan holda iltimos qilmoqdamiz.
Biz kimgadir yoki kimningdir ustidan shikoyat qilmayapmiz. Kimnidir ishlamayapsan, bu ishni qilmayapsan deyish fikridan ham yiroqmiz. Iltimos qilardimki, murojaatimizni to‘g‘ri qabul qilinglar.
Hurmatli blogerlarimiz, siz ham imkon qadar murojaatimiz tarqalishida o‘z yordamingizni ayamang.
Bahodir Qurbonov, 77-sonli ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab internati o‘qituvchisi


Воспитатели слепых детей Узбекистана обратились к Шавкату Мирзиёеву с просьбой сохранить 12-летнее образование.

В Узбекистане продолжительность обучения в специализированных школах, в том числе в школах-интернатах для слепых детей, увеличена с 12 до 11 лет. Однако это может негативно сказаться на обучении незрячих учащихся. Учителя, обучающие слепых учеников, обратились к социальным сетям, чтобы решить эту проблему.
Согласно указу Президента Республики Узбекистан от 13 октября 2020 года, начиная с 2021/2022 учебного года обязательное общее среднее образование в специализированных учебных заведениях будет сокращено с 12 до 11 лет.
По словам учителя специальной школы-интерната для незрячих детей №77 Акмурада Отамуродова, сокращение учебного года на один год позволит незрячим учащимся полностью освоить государственный образовательный стандарт.
Он сказал, что это решение сделало всех детей с ограниченными возможностями одинаковыми, а не классифицированными. Однако существуют разные виды инвалидности: инвалидность конечностей, слуха, зрения и так далее.
«Некоторые люди с ограниченными возможностями могут не уметь читать. Но слепые дети психически здоровы, они просто не видят», — сказал педагог.
Слабовидящие дети используют для письма специальные приспособления. Один инструмент имеет 18 рядов и 24 ячейки в ряду. В каждой ячейке по 6 точек. Из этих 6 пунктов 63 объединяются. На устройстве все написано одной строкой. У него нет высокого или низкого индекса. Проще говоря, в математике есть степени и индексы, или подчеркивания в родном языке, но слепые дети не могут этого сделать.
В средних школах учебник математики состоит из одной книги, а учебник для слепых состоит из 10 книг. Что у них на одной странице, у нас 3-5 страниц.
Слепой ребенок пишет в 3-4 раза медленнее здорового человека и читает в 2-3 раза медленнее.
Наши студенты многого добились за 12 лет обучения. С момента открытия 12-го класса наши ученики даже побеждали в республиканских олимпиадах.
Уважаемый Президент Шавкат Миромонович. Мы просим вас оставить 12 лет обучения для слабовидящих детей, чтобы наши ученики могли выбрать профессию и найти свое место в жизни в будущем.
Акмурад Отамуродов — учитель математики в 77-й специальной школе-интернате для слепых детей.
Перед сенаторами и депутатами выступил еще один учитель специальной школы-интерната для слепых детей № 77 Баходир Курбанов.
Уважаемые сенаторы и депутаты. Просим Вас правильно принять нашу заявку и оказать практическую помощь в поиске положительного решения.Наша цель в прошении вернуть 12-классников слепым и слабовидящим связана с болезнью детей и их ограниченными возможностями. У некоторых из них проблемы со зрением. Если здоровый ребенок пробудет в классе 5-6 часов, то наши незрячие ученики через 3-4 часа устанут из-за болезни. Это означает, что получить необходимую информацию немного сложно, потому что это проблема со зрением.
Мы просим не о личных интересах учителей, а о будущем наших учеников.
Мы ни на кого и ни на кого не жалуемся. Мы также далеки от того, чтобы сказать, что вы не работаете на кого-то, вы этим не занимаетесь. Пожалуйста, примите наше обращение.
Дорогие блоггеры, сделайте все возможное, чтобы помочь распространить наше сообщение.
Баходир Курбанов – воспитатель специальной школы-интерната для слепых детей №77.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: