Kitob bosishning ixtiro qilinishi

Kitob bosishning ixtiro qilinishi

Ehtimolki, kitob bosish g‘oyasi muhrlar orqali vujudga kelgandir. VII-VIII asrlardayoq, yaqin sharqda va yevropada bosma naqsh tushirilgan matolar tayyorlangan. Ko‘p marta takrorlanadigan shakllarni bosish uchun, maxsus muhrlardan foydalanishgan. O‘rta asrlarda xattotlar, nusxa ko‘chiruvchi va kotiblar o‘z ism shariflari yoki, muallif ism sharifini yozish uchun ham muhrdan foydalanishgan. Shuningdek, o‘rta asrlarga doir qo‘lyozmalarning ko‘pchiligida matn satri boshidagi birinchi asosiy harf jimjimador ko‘rinishda, maxsus muhrlangan tarzda namoyon bo‘ladi. Buning sababi oddiy — agar matnni nisbatan tez yozish imkonli bo‘lgan bo‘lsa ham, ramzlar va turli shakldagi ifodalardan iborat bo‘lgan ism shariflar bosh harflarini yozish va bezashga ko‘p vaqt ketgan. Shuning uchun, bunday ishlarni avvaldan maxsus tayyorlangan muhrlar yordamida osongina bajarishgan. Bu ayniqsa xattot va nusxa ko‘chiruvchilarga qulay bo‘lgan. Katta hajmli qo‘lyozmalarni ko‘chirishda eng ko‘p uchraydigan so‘zlar, va tasvirlarni qayta qayta yozish o‘rniga, muhr yordamida osongina bosib ketish, ham vaqtni tejardi, ham, sifatni oshirardi. Bosma nusxalar esa, o‘yin qartalari va arzon-garov tasviriy ishlanmalar (masalan, ommabop va savdosi chaqqon bo‘lgan, ikonalar), shuningdek, xaritalarni tayyorlashda ko‘proq qo‘llanilgan. Bunday gravyurlar avvaliga faqat tasvirdan iborat bo‘lgan. Keyinroq esa, bir necha satr matn ham qo‘shib bosila boshlangan. Gravyura bosishdan kitob bosishga o‘tish uchun faqat bittagina qadam tashlash qolgan edi. Mantiqan qaralganda bu jarayon evolyutsiyasi quyidagicha bo‘lgan: avvaliga taxta yoki metall doskalarga tasvirni o‘yib tushirib, u orqali qog‘oz yoki matoga tasvirni bosib chiqarishni yo‘lga qo‘yishgan. Bunday tasvir ostidagi bir-ikki satr matn qo‘lda yozib chiqlgan. Keyinroq, doskaning o‘zida matnni teskari tartibda o‘yib yozib, uni ham tasvir bilan birvarakayiga bosishga o‘tishgan. Shu tahlit ish, doskada matnning o‘zini, bezak va tasvirlarsiz teskari tartibda o‘yib ishlash va uni qog‘ozga yoki, matoga bosishga yetib kelgan.
Bunday yo‘sinda bosilgan dastlabki kitoblar hajman kichik bo‘lgan. Biz ularni kichik risola (broshyura) deb atagan bo‘lardik. Bunday kitoblar, haqiqiy qo‘lyozma kitob sotib olishga imkoni yo‘q, ammo savodli o‘rta va quyi ijtimoiy sinflarga mo‘ljallangan bo‘lgan. Bunday usulda bosilgan kitoblarning adadi, dastabki matn o‘yish va boshqa tayyorgarlik harajatlari, shuningdek qog‘oz va siyoh sarfini qoplaydigan darajada katta bo‘lishi kerak edi. Bu nuqtai nazardan esa, diniy ta’limotga oid kitoblar ayni muddao bo‘lib, bunga misol tariqasida o‘rta asr noshirlari ishiga taaluqli «Kambag‘allar Injili» yoki, «Insonning qutqarilish ko‘zgusi» nomli kitoblarni keltirish mumkin. «Kambag‘allar Injili», haqiqiy qo‘lyozma va to‘liq hajmdagi variantidan birmuncha farq qilib, u Injilning faqat ma’lum qismlaridan iborat bir necha o‘n sahifa matn va tasvirlardan iborat bo‘lgan. Shuningdek, o‘rta asrlarda eng ko‘p adadda chop etilgan arzon nashrlardan yana mashhurlari — «Masiyhning hayoti va ishtiyoqi» nomli (u ham diniy tematikada) shuningdek, lotin grammatikasiga oid Eliy Donatning «Grammatika»si, hamda, «Aleksandr Gallning ham «Grammatika»sini e’tirof etiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan kabi kitoblarni chop etish texnikasi quyidagicha bo‘lgan: qattiq yog‘ochdan (nok, yong‘oq yoki palmadan) 2 sm qalinlikdagi va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi doska tayyorlangan. Uning sirti tep-tekisligiga ishonch hosil qilinmagunicha, yaxshilab ishqalanib sayqallangan. Keyingi jarayonda, doskaning silliqlangan sirtiga qog‘ozga qo‘lda mohirona chizilgan tasvir yoki matn yopishtirib chiqilgan. Keyin o‘tkir pichoq bilan o‘sha harflarning shaklini zaruriy yo‘nalishda yog‘ochga o‘yib chiqib, shakl-qolip chiqarishgan. Natijada, butun doska tekisligi bo‘ylab taqsimlangan yaxlit tasvir yoki bir-butun matn paydo bo‘lgan. Mazkur qolip-doskaga, bo‘yoqni surtib chiqib, uning ho‘lligidayoq ustiga qog‘oz yoki matoni bosib, quritib olishgan. Vaqt o‘tishi bilan bu texnika takomillashib, harflarni o‘yish o‘rniga yo‘nishni qo‘llay boshlashdi. Yog‘och doskadagi bo‘rtib chiqqan teskari matn ko‘rinishidagi bu usul bosish sifatini yanada oshirdi. Qolaversa, endilikda bosmaxona ustalari, yog‘och taxtachaning har ikkala tarafidan foydalan boshlashdi.
Bunday kitoblarning qo‘lyozmalarga nisbatan arzonligi, ularga bo‘lgan talabning ortishiga va barqaror bo‘lishiga zamin hozirladi. Bu esa, kitob bosish hunariga bo‘lgan qiziqishni ham kuchaytirib yubordi. Ravshanki, matnlarni o‘yib, yoki, yo‘nib chiqish mashaqqatli va ko‘p vaqt hamda, sabr-toqat talab qiladigan mayda ish bo‘lgan. Har bir kitob uchun bir necha shunday doska tayyorlash kerak edi va u mazkur kitobdan boshqasi uchun mutlaqo yaramasdi. Bu ish bilan shug‘ullangan ko‘plab ustalarda, mazkur jarayonni tezlashtiradigan, hech bo‘lmasa yengillashtiradigan biror bir yo‘l topish fikri doimiy bo‘lgan bo‘lsa kerak. Bunday ishni yengillashtiradigan yagona usul esa — harakatlanuvchi harflarni tayyorlash edi. Bunday harflar uchun maxsus qoliplarni yoki andozalarni tayyorlab olinsa, ular uzoq yillar davomida va har qanday hajmdagi matnlarni terishga xizmat qilishi mumkin edi.
Bu g‘oyaning ilk marta amaliy tadbiq etilishini Olmoniyalik Iogann Gutenberg tomonidan amalga oshirildi. Gutenberg Maynts shahrida, qadimiy zodagonlar sulolasidan bo‘lmish — Gontsfleyshlar xonadonida tug‘ilgan. 1420-yilda u Mayntsni tark etib, hunar o‘rganishga kirishadi va Gontsfleysh familiyasidan voz kechib, onasining familiyasi — Gutenbergni tanlaydi. 1440-yilda Strasburgda yashayotga chog‘ida Gutenberg o‘zining dastlabki kitob bosish dastgohini yasaydi. 1448-yilda u Mayntsga qaytib keldi va kitob bosish ishini keng yo‘lga qo‘yib yubordi. Gutenberg 1468-yilda vafot etgan. U raqobatchilardan holi bo‘lish uchun, o‘z dasgohini qat’iy sir tutgan va yashirin ravishda ishlagan. Shu tufayli, Gutenbergning kitob bosish dastgohini qanday qilib yasagani va takomillashtirganligini faqat taxminan tiklash mumkin holos. Ma’lumotlarga qaraganda, Gutenbergning dastlabki yig‘ma dastgohi yog‘ochdan ishlangan ekan. XVI-asrning boshida, Gutenberg bosmaxonasi va dastgoh shriftlarini ko‘rganlar bor ekan. Uning alohida qilib ishlangan harflari o‘rtasidagi teshikcha orqali chilvir ip bilan o‘zaro mahkamlanib, keyin esa qog‘ozga bosilgan. Lekin, bunday ish uchun yog‘och materiali nobop bo‘lib, uning nalik ta’sirida ishib yoki, kichrayib qolishi, bitta matndagi harflar shakli va o‘lchamlarini turlicha qilib yuborgan. Bu kamchilikni bartaraf etishga urinib, Gutenberg, harflarni yumshoq metallar (masalan, qo‘rg‘oshindan) tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan. Tez orada unga, harflarni o‘yib emas, metallni eritib quyish orqali tayyorlash fikri kelgan bo‘lsa kerak. Bu ham oson va tezkor tayyorlash usuli bo‘lar edi. Oqibatda Gutenberg ustaxonasida temirdan quyib tayyorlangan harf andozalar — literlar paydo bo‘ldi. Keyin ularni metall plastinka (odatda u misdan tayyorlangan) ustida bo‘lg‘a bilan urib chiqib, o‘sha plastinka sirti bo‘ylab harflarning ko‘p sonli qoliplarini tayyorlab chiqishgan. Bunday usulda tayyorlangan matritsa, ko‘p marta qo‘llashga yaroqli bo‘lib, u orqali har qanday hajm va mazmundagi kitoblarni tezkor va ko‘p adadda bosish imoniyati paydo bo‘ldi. Gutenbergning ixtirosi matbaachilikda, nafaqat bu sohada, balki insoniyat tamadduni tarixida inqilob yasadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, u tufayli, insoniyatning ming yillar davomida to‘plagan bilimlarini egallash osonlashdi.
Maynts shahar muzeyida saqlanayotgan Gutenberg nashr qilgan Injil nusxasi.
Gutenberg chop etgan ilk kitoblar — Donat muallifligidagi grammatika (13 ta nashrda) va kalendar edi. 1455-yilda u murakkabroq vazifa — 1286 sahifalik Injil (3400000 ta bosma harf) kitobini nashr qildi. Bu nashrda asosiy matn tipografiya usulida bosilgan bo‘lib, badiiy bezatilga sahifalar va bosh harflarni baribir xattotlar qo‘lda yozib va chizib chiqishgan. Gutenberg ixtiro qiligan kitob bosish usuli amalda XVIII-asrgacha o‘zgarishlarsiz qoldi. Kitob bosishning butun insoniyatning ma’naviy va madaniy ehtiyojlari talablariga qanchalik javob bera olganligini, uning paydo bo‘lgan dastlabki yillariyoq isbotlab berdi. 1500 yilning o‘ziga keliboq butun ko‘hna qit’a bo‘ylab 30000 dan ziyod nomdagi va yuz minglab adaddadagi turli xil kitoblar paydo bo‘ldi. 1516-yilga kelib esa, Venetsiyalik tasviriy san’at ustasi Ugo da Karpi rangli bezaklar bosish usulini joriy qildi va o‘zi mukammallashtirib, yangicha usullarini kiritdi. Ugo da Karpining o‘zi ajoyib xattot va nusxa ko‘chiruvchi bo‘lib, uning usulida chop etilgan rangli bezakli kitoblarda avval bir xil rangli tonlar, keyin boshqa rangdagi tonlar navbati bilan bosilar edi. Shu usul bilan Ugo da Karpi buyuk rassom Rafaelning ko‘plab nodir asarlarini ko‘paytirgan.

Manba: Orbita.uz


Не исключено, что идея печатать книги пришла от тюленей. Еще в VII-VIII веках набивные ткани производились на Ближнем Востоке и в Европе. Для печати повторяющихся форм использовались специальные печати. В средние века каллиграфы, переписчики и писцы использовали печати для написания своего имени или имени автора. Кроме того, в большинстве средневековых рукописей первая заглавная буква в начале строки текста появляется в молчаливом, специально запечатанном виде. Причина этого проста — даже если текст можно было написать относительно быстро, то на написание и оформление инициалов имен, которые состояли из символов и выражений различной формы, уходило много времени. Поэтому такую ​​работу легко выполнить с помощью заранее изготовленных пломб. Особенно это касалось каллиграфов и переписчиков. Самые распространенные слова при копировании больших рукописей, и вместо того, чтобы переписывать изображения снова и снова, простая штамповка сэкономила время и улучшила качество. Копии, с другой стороны, чаще использовались при производстве игральных карт и недорогого визуального дизайна (например, популярных и самых продаваемых значков), а также карт. Первоначально такие гравюры состояли только из изображений. Позже было добавлено несколько строк текста. Оставался всего один шаг от гравюры до книгопечатания. Логически эволюция этого процесса была следующей: сначала изображение гравировалось на деревянной или металлической доске, через которую изображение печаталось на бумаге или ткани. Одна или две строки текста под этим изображением написаны от руки. Позднее текст был выгравирован на доске в обратном порядке и напечатан на той же странице, что и изображение. Эта же техника используется для гравировки текста на доске в обратном порядке без орнаментов и изображений, а также для печати на бумаге или ткани.
Первые книги, изданные таким образом, были небольшого размера. Мы бы назвали их брошюрой. Такие книги недоступны для покупки в настоящих рукописях, но предназначены для грамотных средних и низших слоев общества. Количество книг, напечатанных таким образом, должно было быть достаточно большим, чтобы покрыть первоначальные затраты на набор текста и другие подготовительные расходы, а также стоимость бумаги и чернил. В этом отношении книги по религиозному учению столь же актуальны, как и в случае средневековых издателей, таких как «Евангелие бедных» или «Зеркало спасения человека». Евангелие бедных, в отличие от оригинальной рукописи и полной версии, состояло из нескольких десятков страниц текста и иллюстраций, состоящих только из определенных частей Библии. ТакжеСамыми популярными из дешевых средневековых изданий являются «Жизнь и Страсти Христовы» (тоже на религиозные темы), а также признается «Грамматика латинской грамматики» Эли Доната и «Грамматика Александра Галла».
Техника печатания книг, как указано выше, была следующей: прямоугольная доска толщиной 2 см из твердого дерева (груши, ореха или пальмы). Его поверхность хорошо полируется и полируется до тех пор, пока не будет обеспечена плоскостность. На следующем этапе на полированную поверхность доски на лист бумаги наклеивается нарисованное от руки изображение или текст. Затем острым ножом вырезали форму букв в нужном направлении на дереве и придавали им форму. В результате получается одно изображение или текст, распределенный по всей доске. Краска наносилась на форму, а когда она намокла, сушилась на бумаге или ткани. Со временем эта техника усовершенствовалась, и вместо гравировки букв стали использовать направление. Этот метод в виде тиснения перевернутого текста на деревянной доске еще больше повышает качество печати. Кроме того, принтеры теперь используют обе стороны деревянной доски.
Низкая стоимость таких книг по сравнению с рукописями привела к увеличению спроса и устойчивости. Это также вызвало интерес в издательской индустрии. Очевидно, что вырезать или набрасывать тексты было утомительным, трудоемким и утомительным занятием. Для каждой книги нужно было подготовить несколько таких досок, а для любой другой, кроме этой книги, это было совершенно бесполезно. У многих мастеров в этой области всегда была идея найти способ ускорить процесс или хотя бы облегчить его. Единственным способом облегчить это было создание движущихся букв. Если бы для таких писем были подготовлены специальные шаблоны или шаблоны, они могли бы служить долгие годы и для набора текстов любого размера.
Первое практическое применение этой идеи сделал Иоганн Гутенберг из Германии. Гутенберг родился в Майнце, в доме Гонцфляйшей, древней аристократической династии. В 1420 году он покинул Майнц, чтобы продолжить карьеру, отказавшись от фамилии Гонцфлейш и выбрав фамилию своей матери Гутенберг. Живя в Страсбурге в 1440 году, Гутенберг построил свой первый печатный станок. В 1448 году он вернулся в Майнц и начал публиковаться. Гутенберг умер в 1468 году. Он держал свой кабинет в секрете и работал тайно, чтобы избежать конкуренции. Из-за этого,Как Гутенберг спроектировал и усовершенствовал печатный станок, можно восстановить лишь в общих чертах. Сообщается, что первая сборочная линия Гутенберга была сделана из дерева. В начале 16 века были люди, которые видели печатный станок Гутенберга и шрифт. Он скрепляется веревкой через отверстие в середине специально разработанных букв, а затем печатается на бумаге. Однако древесный материал для такой работы непригоден, а его разбухание или усадка под воздействием шлама изменили форму и размер букв в отдельном тексте. Пытаясь преодолеть этот недостаток, Гутенберг ввел изготовление букв из мягких металлов (например, из свинца). Вскоре ему пришла в голову идея сделать его путем плавления металла, а не вырезания букв. Это должен быть простой и быстрый способ приготовления. В результате в мастерской Гутенберга появились чугунные буквы. Затем их вбивали в металлическую пластину (обычно из меди) и на ее поверхности наносили большое количество буквенных узоров. Подготовленная таким образом матрица была многоразовой, и это породило убеждение, что книги любого размера и содержания можно печатать быстро и в большом количестве. Не будет преувеличением сказать, что изобретение Гутенберга произвело революцию в книгопечатании не только в этой области, но и в истории человеческой цивилизации. Потому что людям стало легче приобретать знания, которые они накопили за тысячи лет.
Копия Библии, опубликованная Гутенбергом, хранится в Городском музее Майнца.
Первыми книгами, изданными Гутенбергом, были «Грамматика Доната» (в 13 изданиях) и календарь. В 1455 году он опубликовал более сложное задание — Библию на 1286 страниц (3400 000 печатных букв). Основной текст в этом издании напечатан в типографском стиле, а страницы и заглавные буквы по-прежнему написаны от руки и нарисованы каллиграфами. Способ печатания книг, изобретенный Гутенбергом, оставался практически неизменным вплоть до 18 века. С первых же лет своего существования книга доказала, насколько хорошо она может удовлетворить духовные и культурные потребности всего человечества. К 1500 году на древнем континенте появилось более 30 000 наименований и сотни тысяч книг. К 1516 году венецианский мастер изящных искусств Уго да Карпи ввел метод печатания цветных орнаментов, совершенствуя себя и внедряя новые методы. Сам Уго да Карпи был блестящим каллиграфом и переписчиком, и в его стиле иллюстрированных книг печатались сначала одни и те же цветовые тона, а затем, соответственно, тона разных цветов. Таким способом Хьюго да Карпи воспроизвел многие редкие произведения великого художника Рафаэля.

Источник: Orbita.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: