Kimlarga emlanish tavsiya etilmaydi? — Mutaxassis javobi

Kimlarga emlanish tavsiya etilmaydi - Mutaxassis javobi

COVID-19ga qarshi kimlarga emlanish tavsiya etilmaydi, emlangandan keyingi asoratlar bo‘lishi mumkinmi? Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov shu kabi muhim savollarga javob berdi.

Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, emlash tadbirlarini amalga oshirish paytida ushbu vaksinani ishlab chiqargan tashkilotning tavsiyalariga amal qilinadi.
— OIV infeksiyasiga yoki autoimmun kasalliklariga chalingan shaxslarni, shu jumladan anamnezida og‘ir allergik reaksiyalari mavjud bo‘lgan shaxslarni, homiladorlarni, emizikli ayollarni va 18 yoshgacha bo‘lgan aholi qatlamini emlash tavsiya etilmaydi.
Har qanday holatda ham emlash to‘g‘risidagi qaror tibbiy ko‘rik natijasida qabul qilinadi.
Mabodo emlashga mone’lik qiladigan u yoki bu turdagi holatlar kuzatilsa, tibbiy ko‘rik o‘tkazayotgan shifokor, albatta, unga e’tibor qaratadi.
— Koronavirus bilan kasallangan shaxslar bilan yaqin aloqada bo‘lganlarni emlash mumkinmi? Buni qayerda va qanday amalga oshirish mumkin?
— Koronavirus bilan kasallangan odamlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan shaxslar karantin (14 kun) tugaganidan keyin, shifokor ko‘rigidan so‘ng emlanadi.
— Emlangandan keyingi asoratlarning oldini olish borasida qanday ishlar qilinyapti?
— Koronavirusga qarshi emlangan shaxslar patronaj tibbiyot xodimlari tomonidan emlangandan so‘ng 30 daqiqa davomida kuzatib turiladi. Keyinchalik uch kun davomida uyiga tashrif buyurish yo‘li bilan muntazam tibbiy kuzatuvga olinadi. Ularning sog‘lig‘i, ahvoli ko‘zdan kechirilib, tegishli hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Barcha emlash maskanlarida mutaxassislar (vaksinatorlar), asbob-anjomlar va birinchi tibbiy yordam uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar zaxirasi yaratiladi. Emlash mutaxassislari emlashdan keyingi salbiy reaksiyalarni aniqlash va lozim bo‘lgan taqdirda tegishli tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilgan. COVID-19ga qarshi emlanish bilan bog‘liq allergik reaksiya kuzatilgan hollarda tez tibbiy yordam brigadalari ham jalb etiladi. Yana bir bor ta’kidlab o‘tamiz, fuqarolar emlanishdan oldin, albatta, tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bu kutilmagan asoratlarning oldini olishga zamin yaratadi.


Кому не рекомендуется делать прививку от COVID-19, могут ли быть осложнения после прививки? На аналогичные важные вопросы ответил заместитель начальника Службы санитарно-эпидемиологического надзора и общественного здоровья Нурмат Отабеков.

По словам Отабекова, при реализации вакцины будут соблюдаться рекомендации производителя вакцины.
— Не рекомендуется вакцинация лиц с ВИЧ или аутоиммунными заболеваниями, в том числе с тяжелыми аллергическими реакциями в анамнезе, беременных женщин, кормящих матерей и лиц моложе 18 лет.
В любом случае решение о вакцинации принимается на основании медицинского осмотра.
Если есть какие-либо условия, препятствующие проведению вакцинации, врач, проводящий диспансеризацию, обязательно обратит на это внимание.
— Можно ли вакцинировать людей, находящихся в тесном контакте с людьми, зараженными коронавирусом? Где и как это можно сделать?
— Лица, находившиеся в тесном контакте с людьми, зараженными коронавирусом, будут вакцинированы после периода карантина (14 дней) и после медицинского осмотра.
— Что делается для профилактики поствакцинальных осложнений?
— Люди, привитые от коронавируса, в течение 30 минут после вакцинации находятся под наблюдением медработников по месту жительства. Затем он будет проходить регулярные медицинские осмотры у себя дома в течение трех дней. Их здоровье будет проверено и задокументировано.
Все прививочные пункты будут иметь запас специалистов (вакцинаторов), оборудования и аптечек. Специалисты по вакцинации обучены выявлять поствакцинальные побочные реакции и при необходимости оказывать соответствующую медицинскую помощь. В случае аллергической реакции на вакцину COVID-19 будет вызвана скорая помощь. Хотим еще раз подчеркнуть, что перед вакцинацией граждане должны пройти медицинский осмотр. Это поможет предотвратить неожиданные осложнения.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: