Kavsar Turdiyeva (1958)

Kavsar Turdiyeva

Kavsar Turdiyeva hayoti, mehnat faoliyati, asarlari, mukofotlari haqida ma’lumotlar

Kavsar Turdiyeva hayoti

Bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva 1958 yil 6 avgustda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tugʻildi. 1975 yili Chilonzor tumanidagi 201-maktabni oltin medal bilan tugatdi va ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. Soʻng Leningrad davlat universitetida oʻqishni davom ettirdi (1981).
Kavsar Turdiyeva Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.

Kavsar Turdiyeva mehnat faoliyati

Toshkent pediatriya-tibbiyot institutida oʻqituvchi boʻlib ishladi. Hozir shu institutda kafedra mudiri lavozimida xizmat qiladi.

Kavsar Turdiyeva asarlari

Kavsar yoshligidan bolalar adabiyotiga qiziqdi. Ilk sheʼri oʻquvchilik yillari “Tong yulduzi” gazetasida bosildi. Birinchi kitobi “Varrak” 1983 yili nashr etildi. Shundan soʻng “Oʻynayapman, oʻylayapman” (1987), “Qush boʻlib uchgan ona” (1994), “Raqamlar boʻylab sayohat” (2002) kitoblari bosmadan chiqdi.
Bolalar dramaturgi sifatida “Toshkesaklar mamlakatida” degan sahna asarini yaratdi. U Samarqand qoʻgʻirchoq teatri tomonidan sahnalashtirilib, qoʻgʻirchoq teatrlar festivalida 1-oʻrinni oldi.
“Botu nidosi” (2004), “Mitti qoʻgʻirchoqboz” (2007), “Quvnoq alifbo olamiga sayohat” (2008), “Sogʻinchlar sochilgan bekatda” (2011), “Dunyoni saqlang, bolalar” (2012) kabi va boshqa sheʼriy toʻplamlari oʻquvchilar qoʻliga yetib bordi.
Kavsar Turdiyeva ssenariychi sifatida faol ishlamoqda. Chunonchi, “Zumrasha” (1997–2001) kinojurnalida uning ssenariylari asosida oʻnga yaqin lavhalar suratga olingan. U ikki yuzdan ortiq qoʻshiqlar muallifi, oʻzbek va rus tillarida ijod qiladi. K. Chukovskiy, S. Marshak, L. Barbas, R. Farhodiy sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Kavsar Turdiyeva mukofotlari

2009 yilda adabiyot yoʻnalishi boʻyicha “Eng ulugʻ, eng aziz” tanlovining gʻolibi boʻldi. 2010 yil yakunlari boʻyicha “Bolalarning sevimli shoirasi” nominatsiyasini qoʻlga kiritdi.
Tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining rusiyzabon talabalari va hamshiralik fakulteti uchun “Oʻzbek tili” darsligi (2006,2007), rus tili fanidan “30 shagov k russkomu yaziʼku” (2010) kitobi muallifidir.
Kavsar Turdiyeva adabiy-ijtimoiy faoliyati uchun 2001 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, творчестве, творчестве, наградах Кавсар Турдиевой

Жизнь Кавсар Турдиевой

Детская поэтесса Кавсар Турдиева родилась 6 августа 1958 года в Ташкенте в интеллигентной семье. В 1975 году с золотой медалью окончил школу № 201 Чиланзарского района и поступил на факультет журналистики Ташкентского государственного университета (ныне Национальный университет Узбекистана). Затем он продолжил обучение в Ленинградском государственном университете (1981).
Кавсар Турдиева училась в аспирантуре Института языка и литературы имени Алишера Навои Академии наук Узбекистана.

Трудовая деятельность Кавсар Турдиевой

Работал преподавателем в Ташкентском педиатрическом медицинском институте. Сейчас он работает заведующим кафедрой в этом институте.

Работы Кавсар Турдиевой

Кавсар с юности интересовался детской литературой. Его первое стихотворение было опубликовано в газете «Тонг Юлдузи» еще в школьные годы. Его первая книга «Варрак» была опубликована в 1983 году. После этого вышли книги «Играю, думаю» (1987), «Мать, летевшая, как птица» (1994), «Путешествие по числам» (2002).
Как детский драматург создал пьесу под названием «В стране тошкесаков». Она была поставлена ​​Самаркандским театром кукол и заняла первое место на Фестивале театров кукол.
Поэтические сборники, такие как «Боту нидоси» (2004 г.), «Митти марионетка» (2007 г.), «Путешествие в мир веселой азбуки» (2008 г.), «На вокзале, где ностальгия рассеяна» (2011 г.), «Спасем мир». , дети» (2012) и другие сборники стихов попали ему под руку.
Кавсар Турдиева активно работает сценаристом. Например, Зумраша (1997–2001) снял около десятка фильмов по своим сценариям. Он автор более двухсот песен на узбекском и русском языках. Перевел на узбекский язык стихи К. Чуковского, С. Маршака, Л. Барбаса, Р. Фарходи.

Награды Кавсар Турдиевой

В 2009 году стал победителем конкурса «Самый большой, самый дорогой» в области литературы. В 2010 году она победила в номинации «Любимый детский поэт».
Является автором учебника «Узбекский язык» для русскоязычных студентов медицинских вузов и факультета сестринского дела (2006, 2007), книги по русскому языку «30 шагов к русскому языку» (2010).
Кавсар Турдиева была награждена Медалью Славы в 2001 году за свою литературную и общественную деятельность.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: