UYDA QOLING!

Kattalarning yordamisiz millionerga aylangan bolalar

“Kattalarning yordamisiz millionerga aylangan bolalar

Bola millioner bo‘lishi uchun har doim ham uning ota-onasi boy bo‘lishi shart emas ekan.

To‘g‘ri, bu kamdan-kam uchraydigan holat, lekin baribir oramizda ana shunday baxtga muyassar bo‘lgan bolalar bor. Bu haqda «Rambler» ma’lumotlari asosida Xabar.uz nashri xabar bergan.


Tavi Gevinson

2009-yili Chikagoga tutashgan qishloqda yashovchi Tavi Gevinson ismli 11 yoshli amerikalik o‘quvchi qiz shunday omadli qadam bosganlardan biri. Otasi ingliz tili o‘qituvchiligidan pensiyaga chiqdi, onasi esa ivritdan ta’lim berish orqali tirikchilik qiladi. Tavi moda va dunyoda o‘z o‘rnini izlayotgan o‘smir qizning ruhiy kechinmalariga bag‘ishlangan blogini ochishga qaror qilganda o‘rta maktab o‘quvchisi edi. Uning blogi «Style Rookie» — «yangi uslubchi» deb atalgan. U buvisining eski sandig‘idan olgan kiyim-kechaklarni suratga olib, moda haqidagi mulohazalarini aralash-quralash tarzda blogiga joylay boshlaydi. Ko‘p o‘tmay unga minglab kishilar a’zo bo‘ladi, moda olamida jahonga mashhur jurnalist Derek Blasberg esa deyarli har kuni o‘zining «Twitter»ida Tavining postlarini muhokama qilishga tushadi. Keyinroq uni yuksak modalar haftaligiga taklif eta boshlashadi. Hozir Tavi 23 yoshda, u mashhur yozuvchi va kolumnist, kinoda suratga tushadi, mol-mulki esa 7 million dollarga baholangan. 12 yoshli qizchadan «Nyu-Yorker»ga yozib turishni taklif qilishgandan keyingina ota-onasi uning blogiga jiddiyroq e’tibor bera boshlashdi.


Jek Blumfild

Avstraliyalik o‘quvchi Jek Blumfild 12 yoshida qo‘shnilarining maysasini kesish orqali ishlab topgan puli evaziga ye-tijorat bilan shug‘ullana boshlaydi.

— Bu ishni qanday bajarish to‘g‘risida juda ko‘p o‘qiganman, — deydi u.

Hozir 17 yoshli seriyali tadbirkor quyidagi jadval asosida yashaydi: ertalab 5:30 uyg‘onadi: maktabga borishdan avval o‘zining «Bloom Ventures» onlayn-biznesi bilan ikki soat shug‘ullanadi. Kechasi uy vazifalarini bajarib bo‘lgach ishiga qaytadi. Bugun kunga kelib uning bu ishi qariyb 1 million dollarga baholangan. Yaqinda u «2019 Success Summit» biznes-forumi ishtirokchilari oldida nutq so‘zladi. Jekning ota-onasi o‘rtamiyona tadbirkorlar. Uni faqat ruhan qo‘llab-quvvatlashgan.


Eshli Kvollz

14 yoshli Eshli Kvollz 2004-yili xobbi sifatida «whateverlife.com» saytini yurita boshlaydi. U «MySpace» bepul dizayn sahifalarini va o‘zining yoshidagi o‘smirlar uchun HTML dasturlash bo‘yicha oddiy yo‘riqnomalarni taklif etadi. Bu vaqtda u ikki xonali uyda onasi va singlisi bilan birga yashardi. Sayt joylashgan reklamalar tufayli juda tez daromad topa boshlaydi. Idora sifatida Eshli ota-onasining uyidagi yerto‘ladan foydalanadi. Dastlabki oylarda u 70 ming dollar ishlagan bo‘lsa, 16 yoshida o‘z uyi uchun 250 ming dollar naqd to‘laydi. 17 yoshida esa 1 million dollarga egalik qiladi. Uning saytiga har oyda qariyb 7 million kishi kiradi. Bir kunda uning saytiga Jastin Timberleyk konsertidan ko‘ra ko‘proq o‘smir qiz tashrif buyuradi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: