Joʻra Fozil haqida ma’lumot

Joʻra Fozil haqida ma’lumot

Joʻra Fozil haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Joʻra Fozil (Joʻra Fozilov) 1949 yil 5 oktyabrda Buxoro viloyati, Romiton tumanidagi Musicha qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻildi. Oʻrta maktabni tugatgach (1966), Romiton tumani bosmaxonasida harf teruvchi, musahhih, adabiy xodim boʻlib ishladi, armiya safida xizmat qildi (1968–1970).
Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi. Romiton tuman gazetasida, Respublika “Mulkdor” haftanomasida, “Buxoronoma” gazetasida xizmat qildi. 2000 yildan “Romitannoma” gazetasining bosh muharriri lavozimida ishlab keladi.
Joʻra Fozilning ilk hikoyalar toʻplami “Muhabbatning bayramlari” 1991 yilda bosilib chiqdi. Shundan soʻng “Barqut mavsumi” (1992), “Buxoro elchisi” (1996), “Baxt yulduzi” (1997), “Mening qizil gulim” (1998), “Bolalikning yolgʻiz yodgori” (2000), “Buxoriyning qaytib kelishi” (2004), “Ibtido va intiho” (2005) kabi qissalari, “Ayriliq ostonasi” (2006), “Tiramoh armonlari” (2008) romanlari, “Biz lola termagan bahor” (2010) nomli hikoyalar toʻplami nashr etildi.
Adib tarjimon sifatida K. Paustovskiyning “Sevgi” romani va hikoyalarini, V. Astafyevning “Gʻamgin sarguzasht” romani hamda “Munavvar yulduzlar” qissasini oʻzbek tiliga tarjima qildi.
Joʻra Fozilga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Vatan uchun yashaylik” tanlovida “Biz lola termagan bahor” kitobi uchun uchinchi oʻrin mukofoti berildi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


О Жоре Фозиле: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробности

Жора Фозилов (Jo‘ra Fozilov) родился 5 октября 1949 года в селе Мухича Ромитонского района Бухарской области в семье учителя. После окончания средней школы (1966) работал машинисткой, корректором, литературным работником в типографии Ромитонского района, служил в армии (1968–1970).
Изучал журналистику в Ташкентском государственном университете (ныне Национальный университет Узбекистана). Работал в Ромитонской районной газете, в республиканском еженедельнике «Мулькдор», в газете «Бухоронома». С 2000 года — главный редактор газеты «Ромитаннома».
В 1991 году вышел первый сборник рассказов Джоры Фозил «Каникулы любви». Затем последовали «Бархатный сезон» (1992 г.), «Посол Бухары» (1996 г.), «Звезда счастья» (1997 г.), «Моя красная роза» (1998 г.), «Одинокий памятник детства» (2000 г.), «Возвращение Бухары» (2004 г.), «Генезис и Интихо» (2005 г.), «Преддверие разлуки» (2006 г.), «Сны об осени» (2008 г.), «Весна мы не рвали тюльпанов» (2010 г.). ).
В качестве переводчика перевел на узбекский язык роман К. Паустовского «Любовь» и рассказы, роман В. Астафьева «Грустное приключение» и повесть «Просвещенные звезды».
Жора Фозил удостоен третьего места в конкурсе «Жить для Родины» Союза писателей Узбекистана за книгу «Весной мы тюльпаны не рвали».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: