JAWS yoki NVDA – qay biri kuchli?

NVDA

Salom, ushbu maqolada ko‘zi ojizlar uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minotlar JAWS va NVDA ning asosiy farqlari haqida suhbatlashamiz.

Dastlab, ularning tarixi haqida.

JAWS tarixi

Ko‘zi ojizlar uchun ekran yordamchilari orasida birinchi bo‘lib JAWS ta’sis etilgan. Wikipedia ma’lumotiga ko‘ra ushbu dastur 1978-yilda yo‘l transport hodisasi tufayli ko‘z nuridan ajragan sobiq motosiklchi Ted Henter tomonidan 1989-yilda chiqarilgan. Henter ushbu loyihani amalga oshirish uchun 1985-yilda Joys tomonidan 186000 dollarlik sarmoyani qabul qiladi va Henter-Joys korporatsiyasini tashkil etadi. 1990- yilda Joys o‘z ulushini Henterga sotadi. 2000-yilning aprel oyida Henter-Joys kompaniyasi Blazie Engineering va Arkenstone Inc bilan birlashgan holda Freedom Scientific kompaniyasi hosil bo‘ladi. Dastur dastlab, MS-DOS operatsion tizimi uchun yaratilgan bo‘lib 1995-yil yanvar oyida Windows tizimi uchun 1.0 versiyasi e’lon qilingan. Shundan buyon har yili dasturning takomillashtirilgan yangi versiyalari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda ushbu dasturning so‘nggi versiyasi 2019-yil aprel oyi holatiga ko‘ra “JAWS 2019.1903.47” bo‘lib turibdi. Rasmiy sayti: freedomscientific.com

NVDA tarixi

NVDA inglizchadan (NonVisual Desktop Access) so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, 2006-yil Maykl Curran tomonidan ishlab chiqilgan. Maykl Curran Microsoft SAPI bilan Python ekran diktorini nutq vositasi sifatida ishlab chiqishga kirishdi. Asosiy maqsad — turli tijoriy yo‘llar bilan taklif etiluvchi ekran diktorlari o‘rnini bosa oladigan bepul dastr yaratish bo‘lgan. 2006-yil oxiriga kelib muallif o‘zining NVDA (NonVisual Desktop Access) loyihasini e’lon qiladi va kelasi yil 0.5 versiyasini taqdim etadi. Shundan so‘ng yildan yilga dastur barqaror o‘sishda davom etib imkoniyatlari oshirib borildi. Bugungi kunda NVDA barcha operatsion tizimlarni qo‘llab-quvvatlaydi va JAWS ning asosiy kuchli raqobatchisiga aylandi. 2019-yilning Aprel oyi holatiga ko‘ra dasturning so‘nggi versiyasi — “NVDA 2019.1”. Sayt: nvda.ru

JAWS va NVDA ning asosiy farqlari

Ikki dasturiy ta’minotning ham maqsadi bir – ya’ni ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi kishilar uchun kampyuterdan foydalanishda yordamchi bo‘lish. Ularning birini ustun qo‘yish fikridan yiroqman. Shunday bo‘lsa-da, ularning bir-birini takrorlamagan ba’zi xususiyatlarini ko‘rib chiqishimiz mumkin.

Dasturni toppish va yuklab olish bo‘yicha farqlar

Dasturni yuqorida keltirilgan o‘zining rasmiy saytlaridan toppish mumkin. JAWS rasmiy saytida demo versiyasini taqdim etadi. Demo versiyasida dastur kampyuterni har gal qayta ishga tushirilganda 40 minutgacha ishlaydi va to‘liq ishlashi uchun litsenziya sotib olish kerakligini ogohlantiradi. Anglaganingizdek, JAWS pullik hisoblanadi. Lekin internet sahifalarida uning litsenziyasini bosuvchi vzlom qilingan versiyalari ham bor. Dastur hajmi yangi versiyalarida 500 mb dan oshadi. NVDA dasturini esa rasmiy saytidan bepul yuklash mumkin, hajmi 20 mb dan biroz oshadi. dasturni qulay ishlashi uchun qo‘shimcha nutq sintezatorlarini mustaqil ravishda o‘rnatish, NVDA ning asosiy xususiyatlarini kengaytirish kerak. Ushbu manzilda qo‘shimcha komponentlar o‘rin olgan.

Dasturni o‘rnatish, ishga tushirish bo‘yicha farqlar

Menimcha, ushbu yo‘nalishda NVDA qulay. Nega deganda, ushbu dasturni bir marta o‘rnatib, barcha komponentlarni alohida o‘rnatgandan so‘ng uningportativ versiyasini yaratib olish mumkin. Portative versiya yordamida dasturni UCB kartalarga yuklab boshqa kampyuterga o;rnatmagan holda ham foydalansa bo‘ladi. JAWS esa har safar undan foydalanish uchun konfiguratsiyani to‘liq o‘rnatishni talab qiladi.

Internet uchun afzalliklar

Har ikki dastur internetning barcha mashhur brauserlar bilan munosabatga kirisha oladi. Bu yo‘nalishda JAWS imkoniyatlari biroz ko‘proq, nazarimda. Chunki ushbu dastur yordamida sichqoncha kursori bilan yaxshi ishlash mumkin, birgina “F”6 va “F”7 tugmalari orqali sahifadagi sarlavhalar va linglarni ajratib olib tanishish mumkin.

Elektron ma’lumotlar, jadvallar bilan ishlash

Elektron ma’lumotlardagi Hujjat nomlari, sarlavhalar, tasvirlar, xatcho‘plar, jadvallar, shakllar, ro‘yxatlar va havolalar kabi turli xil elementlarni ovozlashtirishda NVDA ancha ilgarilab ketgan. Kursor hujjatning nechanchi qatorida, nechanchi sahifasida, qaysi yecheykasida turgani kabi kichik detallarni shu dastur yaxshiroq tanishtiradi.

Brayl displeylari bilan ishlash

Men brayl displeylaridan foydalanib ko‘rmaganman. Bu borada mutaxassislarning fikriga qaraganda NVDA imkoniyatlari ko‘proq ekan. JAWS turli ortiqcha dasturlarni o‘rnatib yuborgani sababli ham bu borada biroz og‘ir ishlashi sezilar ekan.

Men qay birini ishlataman?

O‘tgan yilga qadar men JAWS ning vzlom qilingan versiyalaridan foydalanib kelar edim. JAWS dasturlari bo‘yicha ushbu blogimda Gapiruvchi kampyuterlar yoxud JAWS dasturi haqida va Jaws dasturidan keng foydalanish maqolalarini ham yozgan edim. Sababi, JAWS sintizatorlar bilan yaxshi moslashadi deb hisoblar edim. Ammo “Milena” sintezatorini NVDA bilan birga eshitganimdan so‘ng ushbu dasturni afzal ko‘ra boshladim. Hozirda NVDA ning so‘nggi versiyasini “Milena” sintezatori bilan ishlatib kelmoqdaman.

Xulosalar

Har ikki dasturning ham o‘z muxlislari va foydalanuvchilari keraklicha topiladi. Hattoki ushbu dasturlardan tashqari ham boshqa ekran diktorlari mavjud. Lekin ularning imkoniyatlari hali raqobat darajasida emas. NVDA paydo bo‘lgunga qadar JAWS eng ko‘p so‘ralgan dastur bo‘lganligini ham unutmaslik kerak. Qaysi dasturni tanlash bu o‘z ixtiyoringizga bog‘liq.


Привет, в этой статье мы поговорим об основных отличиях программного обеспечения JAWS и NVDA для слепых.

Сначала об их истории.

История Челюстей

JAWS был первым экранным помощником для слепых. Согласно Википедии, программа была выпущена в 1989 году Тедом Хентером, бывшим мотоциклистом, потерявшим зрение в автокатастрофе 1978 года. Хентер получил от Джойса инвестиции в размере 186 000 долларов в 1985 году для реализации этого проекта и сформировал корпорацию Хентер-Джойс. В 1990 году Джойс продал свою долю Хентеру. В апреле 2000 года Henter-Joyce объединилась с Blazie Engineering и Arkenstone Inc. и образовала Freedom Scientific. Программа изначально разрабатывалась для операционной системы MS-DOS, а в январе 1995 года была выпущена версия 1.0 для Windows. С тех пор каждый год выпускаются новые улучшенные версии программы. В настоящее время последней версией этой программы является «JAWS 2019.1903.47» по состоянию на апрель 2019 года. Официальный сайт: Freedomscientific.com

История НВД

NVDA — это аббревиатура от NonVisual Desktop Access, разработанная в 2006 году Майклом Курраном. Майкл Карран начал работать с Microsoft SAPI над разработкой динамика Python в качестве речевого инструмента. Главной целью было создать бесплатную программу, которая могла бы заменить экранных дикторов, предлагаемых различными коммерческими способами. К концу 2006 года автор объявит о своем проекте NVDA (NonVisual Desktop Access) и в следующем году выпустит версию 0.5. С тех пор программа продолжает неуклонно развиваться из года в год, наращивая свои возможности. Сегодня NVDA поддерживает все операционные системы и стала основным конкурентом JAWS. По состоянию на апрель 2019 года последней версией программы является NVDA 2019.1. сайт: nvda.ru

Основные отличия JAWS от NVDA

Обе программы имеют одну цель — помочь слепым и слабовидящим пользоваться компьютером. Я не хочу отдавать предпочтение одному из них. Тем не менее, мы можем взглянуть на некоторые из их уникальных особенностей.

Различия в поиске и загрузке программного обеспечения

Программу можно найти на ее официальном сайте выше. JAWS предлагает демо-версию на своем официальном сайте. В демо-версии программа работает до 40 минут при каждой перезагрузке компьютера и предупреждает, что для полноценной работы необходимо приобрести лицензию. Как видите, JAWS платный. Но на сайтах есть и взломанные версии его лицензии. Размер программы в новых версиях превысит 500 мб. Программу NVDA можно скачать бесплатно с официального сайта, размер чуть больше 20 мб. для самостоятельной установки дополнительных синтезаторов речи для бесперебойной работы программы необходимо расширить основные возможности NVDA. Этот адрес содержит дополнительные компоненты.

Различия в установке и запуске программного обеспечения

Я думаю, что NVDA удобна в этом направлении. Потому что вы можете установить эту программу один раз и создать ее портативную версию после установки всех компонентов по отдельности. Портативная версия позволяет загрузить программу на карты UCB и использовать ее без установки на другой компьютер. JAWS требует полной настройки для использования каждый раз.

Преимущества для Интернета

Обе программы могут взаимодействовать со всеми популярными браузерами в Интернете. Я думаю, у JAWS гораздо больше потенциала в этой области. Поскольку с помощью этой программы вы можете хорошо работать с курсором мыши, вы можете использовать клавиши «F» 6 и «F» 7 для разделения заголовков и ссылок на странице.

Работа с электронными таблицами, электронными таблицами

NVDA прошла долгий путь в голосовании за различные элементы электронных данных, такие как имена документов, заголовки, изображения, закладки, таблицы, формы, списки и ссылки. Эта программа лучше вводит мелкие детали, например, сколько строк, сколько страниц, в какой ячейке в документе стоит курсор.

Работа с дисплеями Брайля

Я никогда не использовал дисплеи Брайля. По мнению экспертов, у NVDA больше возможностей. JAWS, кажется, работает над этим немного усерднее, так как установил множество избыточных программ.

Какой из них я использую?

До прошлого года я использовал взломанные версии JAWS. В этом блоге о программах JAWS я также писал статьи о говорящих компьютерах или JAWS и о том, как широко использовать Jaws. Причина была в том, что я думал, что JAWS хорошо адаптируется к синтезаторам. Но, услышав о синтезаторе Milena с NVDA, я стал отдавать предпочтение этой программе. В настоящее время я использую последнюю версию NVDA с синтезатором Milena.

Выводы

Обе программы имеют своих поклонников и пользователей. Кроме этих программ есть еще и другие экранные дикторы. Но их шансы пока не конкурентоспособны. Также следует отметить, что JAWS была самой запрашиваемой программой до появления NVDA. Какую программу вы выберете, решать вам.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: