Jarayon tezlashmoqdami, OTMlarda an’anaviy ta’limga qaytish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi

Jarayon tezlashmoqdami, OTMlarda an’anaviy ta’limga qaytish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

OTMlarda an’anaviy ta’limga qaytish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida so‘z borgan.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, 17 oktabr kuni bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida ta’lim masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda OTMlarda an’anaviy darslarga qaytish masalasi ham muhokama qilingan.
Ma’lumotga ko‘ra, videoselektorda oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy ta’limga qaytish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, so‘rovnomalar o‘tkazish, sanitariya-epidemiologiya talablariga mos tarzda OTMlarning an’anaviy ta’limga qaytish imkoniyatlarini baholash topshirig‘i berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda OTMlarda o‘qishni qaysi shaklda olib borish masalasi ko‘rib chiqilayotganini aytgandi. 
Lekin an’anaviy ta’limga qaytilishi bilan ko‘p sonli talabalarning poytaxtga qaytishi ijtimoiy masofa saqlash imkoniyatini kamaytirishi, talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish muammolari borligi haqida ham ma’lumot berilgandi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: