Janubiy Koreyada yangi kasallanishlar soni kamaygach maktablar qayta ochildi

Janubiy Koreyada yangi kasallanishlar soni kamaygach maktablar qayta ochildi

Janubiy Koreyaning poytaxti Seul va unga yaqin bo‘lgan hududlarda 21 sentyabrdan boshlab o‘quvchilar yana maktabga qaytishdi. Bu mamlakatda o‘tgan oyda virus tarqalishi ko‘paya boshlagach ko‘plab ta’lim muassasalari yopilgandi.

Hozirgi kunga kelib esa koronavirus bilan kasallanish holatlari ancha kamaygan.
Yangi qoidalarga ko‘ra, o‘quvchilar ham uyda onlayn ham maktabga borib, ya’ni, aralash usulda ta’lim olishadi. Ular maktabdagi darslarga haftada bir yoki ikki marta qatnashishadi. Bundan maqsad maktabdagi odamlarning sonini kamayitirib , ular orasida virus tarqalishing oldini olishdir.
Janubiy Koreya koronavirus o‘z hududida ilk bor avj olganda uni jilovlashga erishgandi. Lekin, avgust oyida cherkovda va siyosiy mitinglarda odamlarning ko‘pchilik bo‘lib to‘planishlari yangi kasallanish holatlarining keskin oshishiga olib keldi. Natijada, hukumat ijtimoiy masofalanish qoidasini joriy qilishga majbur bo‘ldi. Mamlakatdagi ko‘plab maktablar 26 avgust kuni yopildi.
Janubiy Koreya hukumati 20 sentyabrь kuni ijtimoiy masofalanish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarni yana bir haftaga uzaytirib, ularning 27 sentyabrgacha davom etishini ma’lum qildi. Ushbu qoidaga ko‘ra, odamlarning uy ichida 50 kishidan, ko‘chada 100 kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlari taqiqlanadi. Shuningdek, Chusek deb nomlangan uch kunlik bayram oldidan, 28 sentyabrdan, cheklovlarni kuchaytirmoqchi. Chunki, bu bayramda odamlarning to‘planishlari ko‘payadi.
Janubiy Koreyada 20 sentyabrь kuni 70 kishining koronavirusga chalingani aniqlandi va bu avgust oyining o‘rtasidan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu mamlakatda hozirgacha 23 045 kishi koronavirusga chalingan va 385 kishi vafot etgan.


В столице Южной Кореи Сеуле и близлежащих районах ученики вернулись в школу 21 сентября. Многие учебные заведения в стране были закрыты в прошлом месяце из-за распространения вируса.

На сегодняшний день заболеваемость коронавирусом значительно снизилась.
По новым правилам школьники смогут ходить в школу как дома, так и онлайн, то есть в смешанном режиме. Они посещают школьные занятия один или два раза в неделю. Цель — сократить количество людей в школе и предотвратить распространение вируса среди них.
Южной Корее удалось сдержать коронавирус, когда он впервые вспыхнул на ее территории. Однако большие скопления людей на церковных и политических митингах в августе привели к резкому увеличению числа новых случаев. В результате правительство было вынуждено ввести правило социального дистанцирования. Многие школы по всей стране закрылись 26 августа.
Правительство Южной Кореи 20 сентября продлило правила социального дистанцирования еще на неделю, объявив, что они продлятся до 27 сентября. Правило запрещает людям собираться более 50 человек в помещении и более 100 человек на улице. Он также планирует ужесточить ограничения с 28 сентября в преддверии трехдневного праздника Чусек. Потому что в этот праздник собирается так много людей.
В Южной Корее 20 сентября коронавирус был диагностирован у 70 человек, что является самым низким показателем с середины августа. В этой стране на сегодняшний день коронавирусом заразились 23 045 человек, 385 умерли.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    boshqa kasaliklar yo‘qmi :

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: