Jahlni yengishning 7 ta xavfsiz usuli

Jahlni yengishning 7 ta xavfsiz usuli

Jahl va g‘azab — hayotimizning ajralmas qismidir. Har birimizning hayotimizda jahlimizni qo‘zg‘atadigan kishi yoki holatlar paydo bo‘lishi mumkin.

Jahl yengil g‘ijinish sifatida ham, kuchli agressiya ko‘rinishida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ba’zi kishilar g‘azablanishga boshqalarga nisbatan ko‘proq moyil bo‘lishi mumkin. Kimlardadir jahl chiqishi juda oson bo‘lsa, qolganlar xotirjamlikni saqlay oladi (yoki jahli chiqqanini ko‘rsatmaydi). Ta’kidlash kerak, ba’zan g‘azab jamoatchilikda normal tarzda faoliyat ko‘rsatishimizga to‘sqinlik qiladi. Uni qanday yengish mumkin?

1. Tanaffus qiling

Eng yaqqol usullardan biri eng samaralilaridan biri hamdir. Bunga qo‘yiladigan birinchi qadam — jahlni, u sizni qamrab olishidan avvalroq sezishdir. “Qaynash”ni boshlaganingizni sezsangiz, bir daqiqalik tanaffus qiling, chuqurroq nafas oling, yoqimli narsalarni tasavvur qiling.

2. Kognitiv reabilitatsiya bilan shug‘ullaning

Bu salbiy, umidsiz xayollarni ijobiy va realistiklari bilan almashtirish demakdir. Masalan, “hech narsani amallab eplay olmayapman!” deb o‘ylashning o‘rniga, “bu mening g‘ashimni keltiryapti, ammo hozir jahl menga yordam bermaydi”, — deb fikrlang. Tinchlantiruvchi nafas olish texnikasidan foydalanib, xayolaringizni bir joyga to‘plab oling.

3. Yozing

Fikrlaringizni ifodalash va agressiyani “ozodlikka chiqarib yuborish”ning juda yaxshi usullaridan biri — yozishni boshlash. Balki ayni paytda yozishga qo‘lingiz bormas, ammo nima his qilayotganingizni qog‘ozga tushirishga o‘rgansangiz, bu odat sizga ko‘p asqotishi mumkin. Yakuniy mahsulotni, istasangiz, yirtib tashlang! Asosiysi, barcha salbiy hissiyotlarni o‘z vaqtida “chiqarib tashlash” kerak.

4. Muloqot qiling

O‘z hissiyotlaringizni so‘z bilan ifoda qiling. O‘zingiz istagan gaplaringizni bayon qiling va boshqalarning gaplarini tinglang. Shu bilan birga, jahl sizni qamrab olishiga yo‘l qo‘ymang. Agar vaziyatni yaxshiroq tushunib olish uchun biroz vaqt sarflasangiz, natija qoniqarliroq va yoqimliroq bo‘ladi.

5. Yumor hissini ishga tushiring

Sodir bo‘layotgan narsalarning barchasini, o‘z hissiyotlaringiz va boshqalarning tuyg‘ularini kulgiga olish — yaxshi strategiya deb bo‘lmaydi, ammo ichingizda g‘azab qo‘zib kelayotgan vaqtda tasavvur qilish mumkin bo‘lgan eng tentaknamo va kulgili narsalarni xayolingizga keltiring. Bu biroz bo‘shashishga yordam beradi. Biroq kinoya va kesatiqlarga murojaat qila ko‘rmang, ular vaziyatni chuqurlashtirgani qoladi, xolos.

6. Jismoniy mashq bilan shug‘ullaning

Yugurishga yoki sayrga chiqing. Mashq qiling. Sizga boshqalarga “sochilishi” mumkin bo‘lgan ortiqcha energiyadan, shu bilan birga, ichki bezovtalikdan xalos bo‘lishga yordam beradigan har qanday narsa bilan shug‘ullaning. Jahlingizni harakatlar orqali bo‘shatib yuboring, shunda u charchoq hissi va muskullar xursandchiligi bilan almashadi.

7. Muammo bilan “birga uxlang”

Charchaganingizni his qilib turgan bo‘lsangiz, hech qanday muammoni hal qilishga urinmang. Uyqu kelib turganida ertalab tetik  holatda aytmaydigan ortiqcha gaplarni gapirib qo‘yishingiz mumkin. Ertalabgacha g‘azabingiz bosilib qolishi ehtimoldan xoli emas. Axir hissiyotlarning jozibasi shunda: ular doimiy ravishda o‘zgaradi.


Гнев является неотъемлемой частью нашей жизни. У каждого из нас может быть человек или ситуация в жизни, которые нас злят.

Гнев может проявляться как легкая раздражительность или сильная агрессия. Кроме того, некоторые люди могут быть более склонны к гневу, чем другие. В то время как некоторым людям легко разозлиться, другие могут сохранять спокойствие (или не показывать гнев). Следует отметить, что иногда гнев мешает нам нормально функционировать в обществе. Как это можно преодолеть?

1. Сделайте перерыв

Один из самых очевидных методов является и одним из самых эффективных. Первый шаг — почувствовать гнев до того, как он захлестнет вас. Когда вы почувствуете, что вас начало «кипеть», сделайте минутный перерыв, сделайте глубокий вдох, представьте себе что-нибудь приятное.

2. Примите участие в когнитивной реабилитации

Это означает замену негативных, безнадежных снов на позитивные и реалистичные. Например, «Я ничего не могу сделать!» Вместо того, чтобы думать: «Я расстроен, но теперь гнев мне не поможет». Используйте успокаивающие дыхательные техники, чтобы собраться с мыслями.

3. Пишите

Один из лучших способов выразить свои мысли и «выпустить» агрессию — начать писать. Возможно, в данный момент вы не умеете писать, но если вы научитесь записывать свои чувства, эта привычка может вам очень помочь. Оторвите конечный продукт, если хотите! Главное, своевременно «избавляться» от всех негативных эмоций.

4. Общайтесь

Выражайте свои чувства словами. Говорите то, что хотите сказать, и слушайте, что говорят другие. В то же время не позволяйте гневу сломить вас. Если вы потратите время на то, чтобы лучше понять ситуацию, результат будет более удовлетворительным и приятным.

5. Активируйте чувство юмора

Смеяться над всем происходящим, над собственными чувствами, над чувствами других — не лучшая стратегия, но подумайте о самом смешном и нелепом, что вы можете себе представить, когда злитесь. Это помогает немного расслабиться. Но не идите на сарказм и нарезки, они только усугубят ситуацию.

6. Займитесь спортом

Отправляйтесь на пробежку или прогулку. Упражнение. Делайте все возможное, чтобы избавиться от лишней энергии, которая может «разбрасываться» на других, а также от внутреннего дискомфорта. Освободите свой гнев с помощью упражнений, чтобы он сменился усталостью и мышечной радостью.

7. «Засыпать вместе» с проблемой

Если вы чувствуете усталость, не пытайтесь решить какие-либо проблемы.Когда вы засыпаете, вы можете сказать утром то, чего не говорите, когда бодрствуете. Ваш гнев, скорее всего, утихнет к утру. Красота эмоций в том, что они постоянно меняются.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: