/ Ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 sentyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmon va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi.

 

Farmon bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

 

Farmonga ko‘ra, quyidagilar Agentlikning idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazildi:

  • Prezident maktablari;
  • ijod maktablari;
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati va Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

 

Farmon bilan Agentlikning asosiy vazifalari belgilandi. Bunga ko‘ra, Agentlik Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

 

Agentlikka Bosh vazir taqdimnomasiga ko‘ra Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘rnatiladigan davlat ta’lim standartlari Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.

 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirishlari uchun, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim tizimining faoliyat yuritishi orqali kerakli sharoitlar yaratiladi.

 

Shu bilan birga, Agentlik Prezident maktabi bitiruvchilarining kamida 20 foizini xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingida dastlabki 1 000 ta pog‘onani egallagan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlarini ta’minlaydi.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: