Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash masalasiga doir mulohazalar

Maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida iqtidorli o’quvchilarning ijodini rivojlantirish bo’yicha fikr va mulohazalar berilgan. Shuningdek, muallif iqtidorli o’quvchilar bo’limi yoki maktab “Kichik akademiyasi”ni tashkil etish bo’yicha tavsiyalarni berib o’tgan.

Tarixan juda qisqa, ammo mazmunan asrlarga teng bu yillar davomida Vata[1]nimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning ijodiy va in[1]tellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, mamlakatimiz yoshlarini zamon talablariga to’liq javob beradigan, har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yet[1]kazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha “Ma’rifiy, ilmiy va madaniy mazmundagi materiallarni olib kirish” to’g’risidagi bitimi dunyo miqyosida o’quvchilarni o’qitish sifatiga nisbatan teng sharoit[1]lar yaratish, ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish dolzarb vazifa qilib qo’yilmoqda.

Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon ando[1]zalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Ta’lim[1]tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o’sib kelayotgan yoshlarni vatan[1]parvar, zamonaviy bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirgan hamda jamiyatda munosib o’rnini egallashga qodir bo’lgan, komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir.

Respublikamiz ta’lim muassasaslarida o’quvchi-yoshlarning erkin, mustaqil fikr[1]lash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo’lish, daxldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini rivojlantirish har tomonlama rivojlangan shaxsni kamol toptirishning moddiy[1]texnik bazasi yaratildi. “Insondagi komillik, eng avvalo, uning fikr, tafakkur va amaliy faoliyat erkinligini anglashidadir”.

Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atda jadal[1]lik bilan rivojlanishi barcha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini mazmunan yan[1]gi bosqichga ko’tarishni talab etmoqda. Bu esa yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar ta’sirchanligini oshishiga xizmat qiladi. O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish muammolariga mas’uliyat bilan yondashish iqti[1]dorli bolalar orqali komil insonni tarbiyalab, voyaga yetkazish bugungi kun talabiga aylanmoqda.

Jamiyatning umumiy rivojiga insoniyat sivilizatsiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi komillik mezoni insonni, shaxsni barkamol qilish orqali jamiyatni baxtli saodatli qilish[1]dan iborat bo’lib kelgan.

Barkamol avlodni tarbiyalash bugungi kun o’qituvchilarning oldiga juda katta mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Ta’lim muassasalarida yoshlarga ta’lim-tarbiya be[1]rishda eng avvalo, iqtidorli bolalarga e’tiborimizni qaratishimiz kerak. Chunki ular o’quvchilarga namuna shuningdek, tengdoshlarini o’z ortidan ergashtira oladigan yoshlar vakili hisoblanadi.

Shu o’rinda “iqtidor sohiblari kimlar?” degan savol paydo bo’ladi. “Iqtidor” arabcha: “qodir bo’lmoq”, “qila olmoq” shaxsning ijodiy xususiyati va aqliy faoliyatini anglatadi[1]gan tushuncha.

Iqtidorli yoshlar O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti[1]ning hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati hisoblanadi. Shunday ekan, iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularning qobiliyatini ro’yobga chiqarishda ta’lim muassasalarining o’rni beqiyosdir.

Iqtidorli yoshlar maqsadga intilish, qat’iyatlilik va mehnatsevarlik kabi fazilatlari, hamda ijodiy faoliyati bilan shug’ulanish istagi bilan ajralib turadi.

Iqtidorli o’quvchilarni izlash, aniqlash va tayyorlashning asosiy maqsadi bu respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intelektual salohiyati bor yoshlarni tayyorlash, yordam berish, iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivoj[1]lantirish ulardagi noyob iste’dodini ro’yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratishdir.

Ta’lim muassasalarida iqtidorli o’quvchilar maxsus psixologik va pedagogik test o’tkazish orqali aniqlanadi. Bunday o’quvchilarni maqsadli tayyorlashda ta’lim muas[1]sasalari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

– iqtidorli o’quvchilarni intellektual salohiyatini chuqur bilim olishga va qobiliyatla[1]rini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;

– malakali o’qituvchilarni iqtidorli o’quvchilar bilan individual (yakka tartibda) ish[1]lashga jalb etish;

– ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha ilmiy jamiyat ishlariga iqti[1]dorli o’quvchilarni qamrab olish;

– iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashda maktab banki va monitoringini shakllantirish;

– maxsus o’quv dasturlari va progressiv (taraqqiy etgan) pedagogik texnologi[1]yalarini ishlab chiqish;

– oliy o’quv yurtlari, o’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi va litsey talablariga javob beruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlar bilan hamkorlik qilish.

Maktabda bilmli o’quvchilarni izlash, o’qishning dastlabki kunlaridan kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish jarayonida amalga oshiriladi. Iqtidorli o’quvchilarning boshlang’ich bilimlarini hisobga olgan holda, psixologik va pedagogik testlar o’tkazish orqali qobiliyatini rivojlanganlik darajasiga qarab aniqlanadi.

Aniqlangan iqtidorli o’quvchilarni maqsadli tayyorlash quyidagi o’quv-ijodiy, tarbi[1]yaviy masalalar va yo’nalishlardan iborat:

– kengaytirilgan o’quv rejasi bo’yicha o’qish va qo’shimcha malakaga ega bo’lish (tanlangan yo’nalish bo’yicha);

– maqsadli dastur bo’yicha yakka tartibda (individual) o’qitish;

– chuqurlashtirilgan dastur bo’yicha o’qitish (fundamental fanlar, umumkasbiy fanlar);

– oliy o’quv yurtlari, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi va litsey talablariga asoslan[1]gan holda maktabda iqtidorli o’quvchilarning kasbiy, o’quv-ijodiy va tarbiyaviy tayyor[1]garligining qo’shimcha yo’nalishini va ta’lim xizmatlarini joriy etish.

Iqtidorli o’quvchini maqsadli tayyorlash dasturlarida quyidagi omillar nazarda tu[1]tiladi:

– fanlarni yuqori darajada o’zlashtirish;

– kompyuter bilimdonligi hamda dasturlashtirish;

– chet tillaridan birini puxta egallash;

– ilmiy-ijodiy ishlarni bajarish jarayonida mustaqil fikrlash, yangi fikr va mulohaza[1]larni bildirish;

– soha bo’yicha mustaqil bilim olishga yo’naltirish va ilm-fan sohasidagi yangi[1]liklarini tezkorlik bilan egallash xususiyatlarini shakllantirish;

– davlatning ichki va tashqi siyosatini to’g’ri tushunadigan va uni qo’llab-quvvat[1]laydigan, vatanparvar, barkamol inson etib shakllantirish.

Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashda rahbar o’qituvchilar tanlash juda muhimdir.

Bu jarayonga o’quvchilarni maqsadli tayyorlash dasturi bo’yicha yetarli bilimga ega bo’lgan o’qituvchilar jalb etiladi. Bunday qobiliyatli o’quvchilarga ilmiy rahbar etib ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega bo’lgan o’quv-uslubiy va ilmiy faoliyati bo’yicha reytingi yuqori bo’lgan o’qituvchilar tayyorlanadi.

Iqtidorli o’quvchilarning ilmiy rahbarlariga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

– iqtidorli o’quvchilarni maqsadli tayyorlash dasturini tuzish va uni amalga oshi[1]rishga rahbarlik qilish;

– iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash bo’yicha yetakchi xorijiy davlatlardagi ilg’or tajribalarni o’rganish va ularni o’z faoliyatida qo’llash;

– yangi pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga tatbiq qilish;

– kompyuter texnologiyasi va video, audio texnikalarini elektron darsliklarni keng qo’llash;

– maqsadli dasturni muvaffaqiyatli bajarayotgan iqtidorli o’quvchilarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish bo’yicha takliflar kiritish.

Iqtidorli o’quvchilarni o’qitishni yakka tartibda tashkil etish, o’quvchilarni intellek[1]tual salohiyatini va qobiliyatini, imkoniyatlarini bilim olishga yo’naltirish, o’quvchilar qo[1]biliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash[1]ning shakl va uslublarini belgilaydi.

Ta’lim muassasalarida iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash bo’limi yoki “Maktab kichik akademiyasi” tashkil etilishi, unga rahbarlikni maktab jamoasida hurmatga ega, o’quvchilar bilan uzviy hamkorlikni o’rnatgan, salohiyati jihatidan yuqori o’rinda turuv[1]chi direktor o’rinbosari ma’sul etib tayinlanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashni sifatli tashkil etish maqsadida maktabda uslub birlashmalarga quyidagi ish qog’ozlarini yuritish tavsiya etiladi:

– iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash bo’yicha yo’riqnoma;

– iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashnig yillik rejasi va jadvali;

– yillik hisobotlar;

– iqtidorli o’quvchilarga oid maktab direktori buyruqlari;

– uslub birlashmalar bo’yicha iqtidorli o’quvchilar ro’yxati;

– o’qituvchilarning iqtidorli o’quvchilarga bergan tavsiyalari va unga ilova qilgan hujjatlar va fotosuratlar, o’quvchilarning yaratayotgan ishlari va maketlari;

– konferensiyalar, fan olimpiadalari, “Bilimlar bellashuvi”, tanlov, musobaqalar o’tkazilishiga oid hujjatlar.

Umumta’lim maktablarida o’quvchilarni maqsadli tayyorlashning o’quv-ijodiy va tarbiyaviy dasturi malakali o’qituvchi tomonidan tanlanadi va uning bajarilish bo’yicha nazorat muddatlari ko’rsatilgan, shaxsiy reja va ilmiy ijodiy ishlar rejasi tuziladi hamda birlashma tavsiyasiga binoan direktor buyrug’i bilan tasdiqlanadi.

Ta’lim muassasalarida iqtidorli o’quvchilar bo’limi yoki maktab “Kichik aka[1]demiyasi”ni tashkil etish bo’yicha vazifalarni quyidagicha belgilash mumkin:

– iqtidorli o’quvchilarni aniqlashni tashkil etish;

– ta’lim olayotgan iqtidorli o’quvchilarning intellektual salohiyatini muntazam ra[1]vishda aniqlab berish;

– iqtidorli o’quvchilarning moyilligiga qarab ularni maqsadli tayyorlashni o’zgartirish;

– chet tili va kompyuterni mukammal egallash maqsadida mashg’ulotlarni tashkil etish;

– fundamental ilmiy-tadqiqot ishlariga, ilmiy to’garaklarga va seminar yig’ilishlarga jalb qilishni uyushtirish;

– iqtidorli o’quvchilarni ilmiy maqolalar yozishga o’rgatish hamda ularning ilmiy ish va ilmiy ishlanmalar tayyorlashiga ko’maklashish;

– Respublika va xalqaro miqyosda o’tkaziladigan anjumanlarda ishtirok etilishini ta’minlash;

– ilm va fan arboblari, ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari va yirik mutaxassis[1]lar bilan uchrashuvlarini tashkil etish.

– iqtidorli o’quvchilar uchun ixtisoslashuvi bo’yicha kasb o’yinlarini tashkil etish;

– iqtidorli o’quvchilar o’rtasida muntazam ravishda kichik tadqiqotlar o’tkazib tu[1]rish;

– zamonaviy axborot tizimidan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish;

– ijtimoiy qo’llab-quvvatlash.17

Ta’lim muassasalarida iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash bo’limi, iqtidorli o’quvchilar bilan samarali ishlashni yo’lga qo’yish vazifalarini amalga oshirishda quyidagi boshqa[1]ruv faoliyati olib boriladi:

– uslubiy birlashmalarda iqtidorli o’quvchilar bilan olib borilayotgan ishlarni tashkil qilish, nazorat qilish va boshqarish;

– o’quvchilar ilmiy jamiyati maktab “Kichik akademiya” faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, yo’naltirish va boshqarish;

– o’zlashtirishda yuqori natijalarga erishgan iste’dodli o’quvchilarni rag’batlantirish chora-tadbirlarini ko’rish – “Eng yaxshi o’quvchi ilmiy ishi” tanlovini tashkil etish va o’tkazish;

– iqtidorli o’quvchi faoliyati bo’yicha ma’lumotlar bankini yaratish va davriy ra[1]vishda yangilab borish;

– faoliyati bo’yicha bo’lim monitoringini olib borish. Iqtidorli o’quvchilar bilan ish[1]lash orqali ta’lim muassasalari oldiga qo’ygan vazifalarni, ya’ni yoshlarni mustaqil fi[1]krlashga bo’sh vaqtlarini tashkil etishga, ularni birorta kasb-hunarni egallashi uchun poydevor yaratish.

Iqtidorli yoshlarni rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish bevosita, iqtidorli, ijodkor o’quvchilarni rag’batlantirish ishlari mahalla hamkorligida amalga oshirish orqali iqtidorli o’quvchilar safini kengaytirishga erishiladi.

Bir so’z bilan aytganda, ta’lim muassasalarida o’quvchilar shaxsining rivojlani[1]shiga, ularning qiziqishlariga, iqtidorlariga, mustaqil bilim olishlariga va ijodiy mehnat

qilishlariga shart-sharoit yaratish lozim.

Shuning uchun ham “Davlat iste’dodli yoshlarni alohida qo’llab-quvvatlaydi”.

“Birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlan[1]tirish, o’zlaridagi noyob iste’dodni ro’yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yarati[1]ladi”.

Ta’lim muassasalarida iqtidorli o’quvchi-yoshlarni tanlash va ularning iqtidorini ro’yobga chiqarish quyidagi jarayonlarda amalga oshiriladi:

– uzluksiz ta’lim jarayonida;

– ixtisoslik fanlarini o’qitish va dars jarayonida;

– sinfdan tashqari ta’lim-tarbiya jarayonlarida, tadbirlarda, olimpiadalarda, “Bilim[1]lar bellashuvi”da, to’garaklarda, musobaqalarda;

– kompyuter texnikasidan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, axborot portal[1]laridan samarali foydalanish jarayonida;

– kasb-hunar kolleji, akademik litsey va oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik jarayo[1]nida;

– ota-onalar va mahalla hamkorligida;

– iqtidorli o’quvchilarning ilmiy izlanishlarining samaradorligini oshirish maqsa[1]dida buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan kashfiyotlarning mazmun-mohiyatini o’rganish va jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi bilan tanishish jarayonida;

– iqtidorli, iste’dodli, qobiliyatli o’quvchi-yoshlarni qo’llab-quvvatlash va rag’bat[1]lantirish jarayonida.

Ta’lim muassasalarida iqtidorli o’quvchilarning intellektual salohiyatini muntazam ravishda aniqlab borish, iqtidorli o’quvchilarning moyilligiga qarab ularni maqsadli tay[1]yorlanishini uyushtirish, iqtidorli o’quvchilarni ilmiy maqolalar yozishga o’rgatish hamda maktab “Kichik akademiya”sida ularning ilmiy ishlarini va ilmiy tashkiliy ishlanmalarini tayyorlashda ko’maklashish, iqtidorli o’quvchilarni ilm va fan arboblari, ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari, yirik mutaxassislar bilan uchrashuvlariga ko’maklashish, zamonaviy axborot tizimidan foydalanishga shart-sharoitlar yaratish maqsadga mu[1]vofiq bo’lar edi.

Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash lozimki, iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va

ularning iqtidorini ro’yobga chiqarishda jahon miqyosidagi buyuk kashfiyotlarni jami[1]yatimizning asoslarini, uning negizini tashkil etgan ulug’ allomalarimiz merosiga tayan[1]gan holda bugungi zamon talablaridan kelib chiqib, xalq farovonligiga xizmat qiladigan buyuk kashfiyotlar yaratish ko’nikma va malakalarini hosil qilish muhim ahamiyat kasb etdi.

Bilimli iqtidorli bola nafaqat o’zining balki xalqning, millatning ham kelajagini belgi[1]laydi. Shu bois, yuqori aqliy imkoniyatlarga ega bo’lgan iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va iqtidorini ro’yobga chiqarish hamda yoshlar iste’dodini rivojlantirish borasidagi ishlar ko’lamini kengaytirish pedagoglarni doimo izlanishga, zamon bilan hamnafas bo’lishga chorlaydi. Shu bilan birga, o’qitishning izchilligi bola psixologik, fiziologik imkoniyatla[1]rini chuqur o’rganish, bola bilan individual ishlash tamoyilini yo’lga solish muhim jihat[1]lardan biridir.

Foydalanilgan adabiyot
Malika ABDULLAYEVA, Toshkent shahar Sergeli tuman 300-DIU maktabining o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
IQTIDORLI O’QUVCHILAR BILAN ISHLASH
MASALASIGA DOIR MULOHAZALAR
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 1-son

 

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!