Internet orqali pul topadigan mutaxassislar diqqatiga!

Shermatov Sherzod Xotamovich

Karantin vaqtida internet orqali qonuniy pul topishni o‘rgata oladigan tajribaga ega mutaxassislar taklif etiladi.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod shermatov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida internet orqali qonuniy pul topadigan mutaxassislarni hamkorlikka chaqirdi.

Hozirgi vaqtda ko‘pchilik uyda ekanini inobatga olib, uyidan turib internet orqali pul topishni o‘rganish juda muhim. Ko‘pchilikka bu juda qiyindek ko‘rinishi mumkin.

Lekin, internet orqali pul topish mumkin bo‘lgan platformalardan biri upwork.com ga kirib ko‘rsam, ushbu platforma orqali O‘zbekistonda yashab 10 ming dollar va undan yuqori bo‘lgan summani shu vaqtgacha topgan insonlar anchagina ekan.

Ular nafaqat Toshkentda, balki respublikamizning turli hududlarida yashab, hozirgi kunda bemalol uyidan turib, chet elga o‘z xizmatlarini ko‘rsatmoqdalar. YA’ni bu qo‘shimcha daromad bilan birga O‘zbekistonga valyuta olib kelishga ham xizmat qiladi. Mana, ularni ba’zilarining shu vaqtgacha aqliy mehnati orqali qancha mablag‘ ishlaganini profillaridan ko‘chirmalarda ko‘rishingiz mumkin.

Ish yo‘nalishlarini tahlil qilinsa, yaxshi daromad topadiganlar albatta AKT sohasi mutaxassislari ekanligi ko‘rinadi. Lekin shu bilan birga dizaynerlar, tarjimonlar, iqtisodiy tahlilchilar kabi qator mutaxassislar O‘zbekistonda yashab, internet orqali o‘z xizmatlarini eksport qilayotganligini kuzatish mumkin.

Bu platforma albatta ingliz tilidan tashqari biron sohada yuqori malakaniyam talab qiladi, lekin undan boshqa kamroq malaka talab qiladigan (shunigdek kamroq daromad topadigan) platformalar ham anchagina, masalan www.mturk.com www.clickworker.com va boshqalar orqali yuqori malaka talab qilmaydigan sodda ishlarni bajarib qo‘shimcha daromad olish mumkin.

SHuning uchun, bu kabi tizimlarda ishlab tajribaga ega bo‘lgan insonlar tomonidan onlayn dars sifatida videorolik tayyorlamoqchi edik. YAxshi videodars chiqsa, uni «onlayn-maktab» kanallarimizdagi darsdan tashqari efir orqali keng tarqatardik.

Buning natijasida uyda o‘tirgan internetga ulangan yoshlarimizning qaysidir qismi vaqtini bekor ketkazmay, juda bo‘lmasa 300-400 dollar oyiga qo‘shimcha daromad topishni boshlasa juda yaxshi ish bo‘lar edi. Bugungi selektorda Davlatimiz Rahbari tomonidan nafaqat karantin choralarini ko‘rish, balki aholi daromadlarining keskin pasayib ketishini oldini olish zarurligi haqida ham alohida vazifalar belgilab berildi. Ushbu yo‘nalishda qanday imkoniyatlar bo‘lsa, hammasini safarbar etishimiz, yaxshi tajribalar bo‘lsa ularni o‘rtoqlashib, boshqalarga o‘rnak sifatida kengroq yoyishimiz kerak.

Agar orangizda kimningdir shunday tajribasini videodars sifatida yoritishga qiziqishi bo‘lsa, marhamat, ushbu e’longa topshirishi mumkin:
https://www.upwork.com/…/ap…/1248612377679630336/job-details (faqat upwork orqali haqiqatda pul topganlar topshira oladi va albatta ushbu videodars uchun pul to‘lanadi)

yoki hozirgi kunda yana boshqa qonuniy yo‘llar orqali internetda qo‘shimcha daromad topayotgan bo‘lsangiz va o‘z tajribangiz bilan bo‘lishmoqchi bo‘lsangiz, ushbu postga izoh sifatida qoldirsangiz ham bo‘ladi. Sizning tajribangizni kengroq ommaga yoyishga harakat qilamiz.

PS. YAxshi bilim va ko‘nikmaga ega insonlar har qanday sharoitda ham yaxshiroq daromad topa olishiga bu yana bir misol, shuning uchun yoshlarimiz uyda vaqtini bekor o‘tkazmay darslarini qilib, chet tillari va AKTni o‘rganishga harakat qilishlari zarur.

” – deydi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.
Agar siz shunday mutaxassis bo‘lsangiz ushbu sahifaga o‘tib batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.


Во время карантина приглашаются опытные профессионалы, которые научат вас зарабатывать деньги в Интернете.

Министр народного образования Шерзод Шерматов на своей странице в Facebook призвал к сотрудничеству профессионалов, которые легально зарабатывают в Интернете.

Учитывая, что многие сейчас сидят дома, важно научиться зарабатывать в Интернете, не выходя из дома. Многим это может показаться сложной задачей.

Однако, когда я зашел на upwork.com, одну из площадок, где можно заработать деньги в Интернете, там было много людей, которые жили в Узбекистане и заработали на этой платформе 10 000 долларов и более.

Они живут не только в Ташкенте, но и в разных уголках страны, и теперь могут комфортно оказывать услуги за границей, не выходя из дома. Помимо этого дополнительного дохода ЕС также сможет привозить в Узбекистан валюту. Здесь вы можете увидеть в выдержках из их профилей, сколько денег некоторые из них уже заработали умственным трудом.

Анализ направлений работы показывает, что те, кто хорошо зарабатывают, это, безусловно, специалисты в области ИКТ. Но в то же время ряд профессионалов, таких как дизайнеры, переводчики и экономические аналитики, живут в Узбекистане и экспортируют свои услуги в Интернете.

Эта платформа, конечно, требует высоких навыков в любой области, кроме английского, но есть много других платформ, требующих меньших навыков (а также меньшего дохода), таких как www.mturk.com, www.clickworker.com и другие. таким образом можно получить дополнительный доход.

Поэтому мы хотели сделать видео как онлайн-урок от людей, имеющих опыт работы на подобных системах. Если выходил хороший видеоурок, мы транслировали его на наших школьных онлайн-каналах вне уроков.

В итоге было бы здорово, если бы кто-нибудь из нашей молодежи, подключенной к интернету дома, мог начать зарабатывать хотя бы 300-400 долларов в месяц, не теряя времени. В сегодняшнем селекторе Президент поставил конкретные задачи не только по проведению карантинных мероприятий, но и по недопущению резкого падения доходов населения. Нужно мобилизовать все возможности в этом направлении, делиться хорошим опытом и распространять его в пример другим.

Если кто-то из вас заинтересован в том, чтобы рассказать об этом опыте в виде видеоурока, отправьте его в это объявление:
https://www.upwork.com/…/ap…/1248612377679630336/job-details (только те, кто действительно зарабатывает деньги с помощью upwork, могут отправить и, конечно же, оплатить этот видеоурок)

или если вы в настоящее время получаете дополнительный доход в Интернете другими законными способами и хотели бы поделиться своим опытом, вы также можете оставить комментарий к этому посту. Мы постараемся распространить ваш опыт на более широкую аудиторию.

PS. Это еще один пример того, как хорошо образованные и квалифицированные люди могут получать более высокий доход в любой ситуации, поэтому наша молодежь должна стараться изучать иностранные языки и ИКТ, выполняя домашнюю работу, не теряя времени дома.

Об этом сообщил министр народного образования Шерзод Шерматов.
Если вы такой эксперт, вы можете посетить эту страницу для получения дополнительной информации.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: