Internet haqida tushuncha va turli foydali saytlar

Internet haqida ma’lumotlar va ba’zi foydali saytlar

Internet haqida tushuncha

Internet… Biz bu so’zni hayotimizning har bir kunida takror va takror eshitamiz. Eshitish barobarida masofalarni yaqin qiluvchi, axborotlarni saqlovchi va tezlik bilan yetkazib beruvchi shu tarmoqdan foydalanamiz ham. hatto o’zaro sozlashuvlarimiz, ishlarimiz, kundalik yumushlarimiz ham shu tizmga bog’lik. Internet tarmog’i shu qadar kattaki… Buni qanday izohlasam ekan, agar uni biror jismga qiyoslaydigan bo’lsak, biz foydalanuvchilar shu jismning eng kichik zarralariga oxshaymiz, balki undan ham kichikroq. Bu tizmni ilk bor xayollarida maketini ishlab chiqib, keying tajribada sinab korgan insonlar ham, tarmoqning keyinchalik bu qadar rivoj topishi-yu, insoniyat hayitining bir qismiga aylanib, unga chambarchas bog’liq bo’lishini tasavvur ham qilmagan bolsalar kerak.
Har bir hodisa va har qanday kashfiyot oz tarixiga ega bolgani kabi, internet ham o’zining o’tmishiga ega. Bu tarmoq aslida sovuq urush maxsuli bolib, uni yadro qurollari bilan ta’sir o’tkazilganda ham zararlanmaydigan maxfiy xarbiy aloqa vositasi sifatida tashkil etishgan. Loiha 1970-yillarda aqsh xarbiy vazirligi, «pentagon» tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab to’rttagina kompyuterni maxsus sim bilan ulab, unda ma’lumot almashinuvi taminlangan. Keyinchalik texnologiyalarning rivoj topishi, telefon tizimining takomillashishi hamda modem qurilmasining yaratilishi bu tarmoqning xarbiy-maxfiy faoliyatiga chek qoydi. Aksincha u butun insoniyat uchun xizmat qiluvchi vositaga aylantirildi va hali hanuz rivojlanishdan to’xtamayapti. Rostini aytsam, bugungi kunda internet nimaligini bilmaydigan, undan foydalanmaydigan, bu ulkan ma’lumotlar omboriga kunda bir mo’ralamaydigan odamlar yo’q hisobi. Bu tarmoq haqida ko’p so’zlash kaminaga biroz erish tuyilyapti. Qisqacha qilib aytsak, internet butun dunyoda joylashtirilgan milionlab, miliardlab kompyuterlarning o’zaro ulangan katta majmuasidir. Bu tarmoq ishlamay qolishi uchun yo dunyodagi barcha kompyuterlar birdaniga ishdan chiqishi, yo hamma joyda elektor tizimi yo’qolishi kerak. Ammo hech kim bu ikki holatni tasavvuriga sig’dira olmaydi deb o’ylayman. Internet bir vaqtning ozida ma’lumotlarni saqlaydi, yuboradi va qabul qila oladi. Biz bu tizmni yuqorida ombor deb atadik. Ha, haqiqatda ombor, go’yo labirind deysiz. Ombor shu qadar kattaki uni qanday ma’lumotlarni saqlashii, insoniyatga qay soha bo’yicha xizmat korsata olishiga qarab turli katta-kichik xonalarga bolingan. Bu xonalarning umumiy nomi esa, web saytlardir. ularning esa turi-yu xili juda ko’p. Bizning yurtimizda ham bu tarmoqning yanada rivoj topishi, keng tarqalishi uchun anchayin sayi harakatlar olib borilmoqda. Modomiki so’z internet va biz uchun foydali saytlar xususida borar ekan, yurtimizdagi bu tarmoqning ishlash uslubi bo’yiicha gapirmay iloj yo’q. Bizning yurtimizda bu tarmoq sal boshqacharoq tashkil etilgan. O’z faoliyatini hamma joyda tinchgina olib borayotgan internet, o’zbekistonga qadam qo’yishi bilan amudaryo-sirdaryoga o’xshab ikkiga bo’linadi. Bular ichki internet «Tas-ix» va tashqi internet. Ya’ni biz o’zimizning yurtimizda faoliyat ko’rsatadigan o’z ichki internet tizimimizga egamiz. Tashqi internet esa bizga o’zbekistondan tashqaridagi saytlarga ulanish imkoniyatini beradi. O’zbekistondagi deyarli barcha internet provayyderlarida ichki internet uchun foydalanuvchi hisobidan megabayt yechib olinmaydi. Bu esa o’zbekiston ichidagi saytlar bepul degani. Biz faqatgina tashqi internet uchun haq to’laymiz. Internetdan o’tuvchi har bir ma’lumot megabayt birligida o’lchanadi. Agarda saytlar nomiga bir e’tibor qilsangiz, ularning avvalida doim WWW xarfini ko’rasiz. Tabiiyki savol tug’iladi. Bu Uch W nimani anglatadi? Manbaalarda WWW qisqartmasi ingliz tilidagi «World Wide Web»- xalqaro o’rgimchak to’ri degan ma’noni bildiradi. Tom ma’nodagu b o’rgimchak to’ri biz ko’zi ojiz internet foydalanuvchilarini ham chetlab otmadi.
Bundan sakkiz-o’n yil avval ko’zi ojiz insonlarning ham kompyuter ishlata olishi, o’zlari istagan saytlarga kirib ma’lumotlarni oqib, ulrni kochira olishi ko’pchilikka go’yoki fantastikaday tuyulardi. ammo jaws va nvda kabi yordamchi dasturlar, hamdda nutq sintizatorlari ko’magida xozirgi kunda milionlab ko’zi ojiz kompyuter foydalanuvchilarining borligi, ular nafaqat kompyuter, eng so’ngi rusmli android va Ios tizimida ishlovchi qurilmalardan ham keng foydalanayotganliklari hech kimga sir emas. Bunday foydalanuvchilar yurtimizda ham asta-sekinlik bilan ko’payib bormoqda. Yurtimizdagi ko’zi ojiz kompyuter foydalanuvchilarining ham bu rivojlanishlardan chetda qolmaslikka harakat qilishlari, intilishlari quvonarlidir. Ammo kompyuter sohasida erishiladigan natijalar, yutuqlar-u bilimlar, birdaniga yuzaga kelib qolmaydi. Ilk bor qo’liga kompyuter olgan odam birdaniga internetdagi saytlarga kirib, ma’lumot ko’chirib keta olmaydi. Buning uchun yetarlicha malaka, hamda tajriba talab etiladi. Internetga ilk bora kirayotgan foydalanuvchilarda doimiy savollar tug’iladi. Qaysi saytlardan ma’lumot topib ko’chira olaman, qaysi saytlar harakatlainish uchun qulay, internetda bemalol ishlay olish uchun nimalar qilish kerak? Vahokazo… Bu savolllar tabiiy albatta. Chunki ba’zi saytlar tuzilishi, ko’rinishi jihatidan ko’zi ojiz foydalanuvchilarining harakatlanishiga biroz noqulaylik tug’diradi. Ortiqcha reklamalar ishlashga halal beradi. Keling shu savollarga birga javob qidirib ko’ramiz.
Matematikadda bo’lgani kabi internet ham o’z akseomasiga ega. Bu shundan iboratki, barcha saytlar nomlari har doim lotin alifbosida kiritiladi va oxiriga nuqta belgisi qo’yilib sayt domeni yoziladi. uz, ru singari. Men internetda ilk marotaba ishlayotgan odamning birinchi navbatda agar u yetarlicha ko’nikmaga ega bo’lsa, o’z pochta manzilini yaratishi zarur deb bilaman. Agar foydalanuvchi buni o’z xohishi bo’yicha amalga oshirmasa, saytlar bunga uni albatta majbur qilishadi. Negaki aksariyat saytlarda ro’yxatdan otish joriy qilingan bo’lib, undagi to’ldirilishi lozim bo’lgan qatorlardan birida albata pochta manzilini kiritish talab etiladi. Bugungi kunda Gmail, Mail, Yandex pochtalari internetda keng tarqalgan. agr foydalanuvchi shulardan birida o’z pochta manzilini yaratsa, saytlardan ma’lumotlarni hech qanday to’siqsiz yuklay oladi. Buning uchun shu pochta qutilarini yaratishga moljallangan saytlarga kirib pochta yaratishga yonaltirilgan silkaga bosish yetarli. Undan keyin talab etilgan ma’lumotlar kiritiladi va pochta manzili tayyor. Bundan keyin istalgan saytlardan hech qanday to’siqlarsiz ro’yxatdan o’tish mumkin. Internetda ma’lumotlar qidirishning usullari juda ko’p. Har bir foydalanuvchi bunda o’z uslubiga ega. Agar foydalanuvchi o’ziga kerak bo’lgan biror ma’lumotni o’zi biladigan saytlardan topa olmasa, bu holda qidiruv mashinalariga murojat qilgani maqqul bo’ladi. ma’lumotlarni izlab, ularni tezlik bilan foydalanuvchiga taqdim etish bo’yicha dunyoda Google va Yandex qidiruv mashinalari yetakchilik qiladi. Buning uchun shu saytlarga kirib, qidiruv maydonchasiga topilishi kerak bolgan ma’lumot yoziladi va entr tugmasi bosilishi bilan mashina darrov internetdagi ma’lumotlarni ipga tizganday tizib beradi. Ammo har doim ham ma’lumotlarni bu mashinalardan izlash qo’l kelavermaydi. Ba’zida bu hatto vaqtni ham olib qo’yadi. Agar biz o’zimizga qanday ma’lumotlar kerakligini boshidan belgilab olsak, shu ma’lumotlar bilan ishlovchi saytlarni topishimiz kerak bo’ladi. Masalan: biz audio yoki elektron kitoblarni ko’chirmoqchi bo’lsak, aynan shu bo’yicha ishlovchi satlarni topib, ularga kirishimizlozim. Shunda qidiruv mashinalariga sarflaydigan vaqtimizni birmuncha tejagan bo’lamiz. Endi ana shunday kerakli saytlarni ko’rib chiqsak. Ularni qanday ma’lumotlarni saqlashiga ko’ra bo’limlarga bo’lib ko’rishimiz anchayin qulay bo’ladi.

Audio va elektron kitoblarga oid saytlar

Audio kitoblar haqidagi tushunchalar barchamizda yetarli. biz bu kitoblarni kunda eshitamiz. Kitobxonlar orasida ham yanada ko’proq audio kitob mutolaasi uchun internetdan kitob izlab ko’rganlari topilsa kerak. Ammo o’zbek kutubxonachiligining eng og’riqli muammosi shundaki, hali hanuz o’zbekcha audio kitoblarni o’zida jamlagan biror bir sayt internetda faoliyat yuritmayapti. Umid qilamizki yaqin shu yillarda kutubxona o’zining bu muammosiga chek qo’yib, o’zbek kitobxonlariga internetda ham qulaylik yaratib berishadi. Kitobxonlarimiz ichida rus tilida mutolaa qiluvchilari ham yetarlicha. Rus tilida esa audiokitoblar bo’yicah juda katta sayt faoliyat yuritadi. «av3715.ru». Bu sayt aynan ko’zi ojiz kitobxonlarga mo’ljallangan bo’lib, hozirgi kunda saytda 37526 dan ortiq audiokitob mavjud. Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tishim mumkinki, bu saytning ishlashida ko’zi ojiz foydalanuvchilar xizmat qilishadi. Bu esa ko’zi ojiz insonlarning ham internetda sayt yarata olishlariga yaqqol misoldir. Sayt harakatlanish uchun juda qulay, shuning bilan undan ro’yxatdan o’tish talab etiladi. Kitoblarni janor bo’yicha, mualliflar bo’yicha, yo qidiruv berish yo’li bilan topish mumkin. Sayt mamuriyati o’z foydalanuvchilariga qulaylik yaratish maqsadida, kitoblarni tinglash uchun android va ios tizimida ishlovchi qurilmalar uchun saytning maxsus dasturini ham ishlab chiqishgan. Dastur ham aynan bizga mo’ljallangan. Ishlash uchun juda qulay. Bu saytga ortiq tarif berib o’tirmayman va o’zingiz tanishib chiqishingizni maslahat beraman.
Modomiki o’zbek tilidagi audio kitoblar uchun bunday sayt yo’q ekan, demak elektron kitoblarga murojat qilishimizga to’g’ri keladi. Hayriyatki o’zbek tilidagi elektron kitoblarni o’zida jamlagan saytlar yetarlicha topiladi. Shulardan biri, «kutubxona.com» saytidir. Bu saytdan ro’yxatdan o’tish talab etilmaydi. Jahon va o’zbek adabiyotining go’zal namunalarini shu saytdan topib o’qishimiz mumkin. Kitoblarni janor, muallif nomi, yozilish yo’nalishiga qarab ko’rib chiqish mumkin. Saytda harakatlanish ko’zi ojiz inson uchun qiyinchilik tug’dirmaydi. Shunday saytlardan yana biri, «ziyouz.com». Bu saytda ham juda ko’p elektron kitoblar jamlangan bo’lib, bundan tashqari o’zbek va jaxon adabiyotiga tegishli yangiliklar doimo berib boriladi. Bu saytning qolganlaridan farqi shundaki, unda badiy kitoblar bilan birga ilmiy kitoblar, darsliklar, lug’atlar ham mavjud. Kitoblarni fanlar, mavzular, mualliflar, yo’nalishlar bo’yicha ko’rib chiqish mumkin. Adabiyot xazinalaridan internet foydalanuvchilarini bahramand etuvchi ajoyib saytlardan yana biri, «kh-davron.uz». Bu sayt ham adabiyotning eng sara asarlarini o’zida jamlagan. Bundan tashqari saytda doimo yosh ijodkorlarning asar namunalari ham berib boriladi. Adabiy, ilmiy, tanqidiy turli maqolalar ham yetarlicha. Muximi sayt doimo to’ldirilib, yangilanib boriladi.

Dasturlarga oid saytlar

Biz kompyuterni ishlatar ekanmiz, har doim qandaydir dasturga extiyoj sezamiz. Har doim ham bu dasturlar o’zimizda yo yaqinlarimizda topilavermaydi. Shunday paytda tabiiyki internetga yuzlanamiz. Dasturlar juda ko’p, ammo uarning katta qismini o’zida jamlovchi va ko’zi ojizlarga qulay bo’lgan saytlar kam. Shunday bo’lsa-da, ulardan biri «megasoft.uz» sayti. bu sayt O’zbekistonda dasturlarni o’zida jamlagan saytlar ichida eng yiriklaridan hisoblanadi. Sayt juda qulay, dasturlar o’z ishlashiga, qay yo’nalish uchun yaratilganligiga ko’ra turlarga, bo’limlarga ajratilgan. Masalan: driverlar, opiratsion tizmlar, sistema, internet, brauzerlar, pochta, ijtimoiy tarmoqlar kabi. Saytdan ro’yxatdan o’tish shart emas. Bu sayt dasturlarning oxirgi versiyalari bilan birga barcha eski versiyalarini ham o’zida saqlaydi. Foydalanuvchi o’ziga qay biri qulay bo’lsa, shuni ko’chirib olishi mumkin. Saytda kompyuter uchun kerakli bo’lgan deyarli barcha driverlar hamda dasturlar mavjud. Uning yana bir qulayligi, sayt biz yuqorida aytgan tas-ix tizimiga kiradi.
Shu tizmga kiruvchi saytlardan yana biri, «ttt.uz». Bu sayt ham o’zida dasturlar, qo’llanmalar, katta driver bazalarini saqlaydi. Dasturlarni bo’limlarga bo’lib ko’rish imkoni mavjud. Saytdan har bir dasturni alohida ko’chirmaslik, hamda doimo internetga murojat qilib o’tirmaslik uchun tayyor dastur to’plamlarini ko’chirib olish imkoni bor. To’g’ri, bunday to’plamlarning ba’zilari 40 gb ni tashkil etadi. Lekin bunday to’plam ko’chirilsa, dastur uchun saytlarga ketkaziladigan vaqt juda tejaladi. Bundan tashqari saytda barcha driverlarni o’zida jamlagan driverpacklar ham mavjud. Agar bular ko’chirib olib foydalanilsa, kompyuteringizdagi driver bo’yicha yuzaga keladigan muammolarni tez va osson xal qilishingiz mumkin.
«nvda.ru». Bu biz sevib ishlatadigan nvda skrinriderining web sahifasi bo’lib, bunda nvda dasturi uchun yordamchi plaginlar, hamda nvdaning eng so’ngi versiyalari, dastur yangiliklari bo’ladi. Bundan tashqari bu saytda ko’zi ojizlar o’zlari bemalol o’rnata oladigan gapiruvchi operatsion tizimlar, windowslar ham mavjud. Saytda harakatlanish u qadar qiynchilik tug’dirmaydi.
Yana bir sayt borki, kamina uni ham shu bo’limga kiritishni istadim. «tiflocomp.ru». ushbu sayt ko’zi ojizlar uchun yaratilgan ilk va katta manfaat keltirgan saytlardan hisoblanadi. Bu saytda Texnologiya olamida ko’zi ojiz foydalanuvchilariga tegishli bo’lgan barcha axborotlar berib boriladi. Bundan tashqari saytda ma’lumot almashish, o’zining qiziqqan savollariga javob olish, kompyuter va uning dasturlarini muhokama qilishga mo’ljallangan forumlar ham bor. Saytda ko’zi ojizlarga tegishli deyarli barcha dasturlar bo’lib, hatto ularni o’rganish uchun audio qo’llanmalar ham yetarlicha. Saytni ko’zi ojiz insonlar hamda ko’zida nuqsoni bo’lgan kishilar ishga tushurishgan va hanuz ishlatishmoqda. Ko’zdagi bu nuqsonlarga qaramay, sayt faoliyatini qiynalmay olib borishmoqda. Bu esa foydalanuvchilarning imkoniyatlari kengligidan, barcha insonlar kabi kompyuterda to’siqlarsiz ishlash mumkinligidan dalolat beradi. Buning uchun esa, juda katta ko’nikma va ancha yillik tajriba lozim.

O’yinlarga oid saytlar

Dunyo foydalanuvchilarining orasida so’ngi o’n yil ichida bir toifa shakillandi. Bu toifa vakillari geymerlar deb ataladi. Ya’ni, o’yinchilar. Bu toifaga kompyuter o’yinlarini sevib o’ynovchi foydalanuvchilar kirishadi. Ko’zida nuqsoni bor biz kabi foydalanuvchilar orasida ham shunday toifa asta-sekinlik bilan shakllanib bormoqda. Mana o’n yil bo’ldiki ko’zi ojiz insonlar uchun mo’ljallangan o’yinlar yaratilmoqda. Yanada qizig’i bunday o’yinlarni ko’zi ojiz insonlarning o’zlari dasturlab yaratayotganliklaridir. BU o’yinlarda tovush, ovoz juda katta ahamiyat kasb etadi. Ekranda hech qanday tasvir bo’lmaydi. Kamina ham shunday o’yinlarning juda ko’pini o’ynab, tajribada sinab ko’rganman. Ko’rish imkoni garchi bo’lmasa-da, juda ko’p foydalanuvchilarni yig’a olgan ko’zi ojiz o’yin yaratuvchilaridan ba’zilarini taniyman, suhbatlashganman ham. Hozirgi kunda bizga mo’ljallangan o’yinlarning ko’pligi, ularni har qayerdan qidirib yurmasligimiz uchun alohida saytlarga jamlangan. Shunday saytlardan biri «blind.games». BU sayt rus tilida va juda ko’p oyinlarni o’zida saqlaydi. O’yinlarning ham turi ko’p, saytda ularni bo’limlarga bo’lib ko’rish imkoni bor. Masalan: Poyga, jangari, 3d, birgalikda o’ynaladigan onlayn o’yinlar, sport va hokazo. Saytdan ro’yxatdan o’tish talab etiladi. Harakatlanish qiyin emas. Bu yerda o’yinlarni qanday qilib o’ynashni tushuntiruvchi audio qo’llanmalar, o’yinlar xususida gaplashishga mo’ljallangan forumlar ham mavjud. Sayt to’lib ko’z ojizlarga mo’ljallangan va uni aynan shunday inson boshqaradi.
O’z o’yinlari bilan ko’pchilikda qiziqish uyg’otgan yana bir sayt, «tiflo.space». Bu sayyt o’yinlari qolganlardan farqli o’laroq, shu o’yinlar uchun mo’ljallangan dastur ichida o’ynaladi. Ya’ni aval saytdan ro’yxatdan o’tish lozim. Keyin OnToys dasturi ko’chirib olinib, saytda kiritgan login parol kiritiladi. Shundan keyin dastur ishga tushib, o’yinlar ro’yxatini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu sayt faoiliyatini ham ko’zi ojiz insonlar olib borishadi. O’yinlarni yaratishda ham ularning hissasi katta. Dastur o’z ichida 40 dan ortiq qiziqarli o’yinlarni jamlagan. Ular juda tushunarli va qulay. Dasturdan tashqari saytda yana tanishish, yozishmalar olib borish, boshqa insonlarning yozganlariga izoh qo’shish, musiqalar yuklash, maqolalar qoldirish mumkin. Yurtimizda ham bu o’yinlarni o’ynovchi insonlar bor va ko’paymoqda.
o’yinlarning katta bir bazasini o’zida jamlagan yana bir sayt, «audiogames.net». Bu sayt to’liq inglis tilida. Foydalanish uchun yetarlicha tajriba va inglis tili bo’yicha ozgina bilm zarur.

Umumiy saytlar

Yuqorida korsatilgan saytlar aynan bir yo’nalish bo’yicha faoliyat yuritadi. Ba’zan bizda musiqa tinglash va ko’chirish, turli filmlarni tomosha qilish istagi ham paydo bo’ladi. Har kimda qiziqish turlicha. Bu bo’limda umumiy qiziqishlar hisobga olinib, shunga tegishli saytlar beriladi. O’zbekistondagi eng katta vidio portallardan «mytube.uz», «utube.uz» saytlari kiradi. Musiqa bo’yicha «muz.uz» sayti o’zbekistonda yetakchilik qiladi. Dunyodagi eng yiri vidio portali esa, «youtube.com» sayti hisoblanadi. Dunyo va yurtimizda bo’layotgan yangiliklar, o’zgarishlarni kuzatib borish uchun eng qulay saytlar, «kun.uz» va «daryo.uz» web sahifalaridir.
Imkon qadar o’zimizga qulay va kerak bo’luvchi saytlarni ko’rib chiqishga harakat qildik. Agarda foydalanuvchi o’z qidirgan ma’lumotlarini saytlardan topa olmasa, hech ikkilanmay qidiruv mashinalariga murojat qilishi lozim. bunda ular ma’lumotlarni topishimizda katta ko’mak beradi. Saytlarda harakatlanish paytida o’zimiz ishlatadigan skrinridorni qanchalik bilishimizga qarab, tezlikka, yanada qulaylikka erishishimiz mumkin. Chunki jaws dasturida ham, nvdada ham saytlarda yurishga mo’ljallangan alohida xarflar mavjud. Bularni o’rganishimiz va amalda qo’llashimis maqsadga muvofiq bo’ladi. Har bir ish bajarilishidan oldin qiyinday tuyiladi. Ammo harakat va izlanish natijasida bu qiyinchiliklar bora-bora bilinmay ham ketadi. Men bu saytlardan foydalangan, kompyuterni o’rganib, yurtimizda ham huddi shunday saytlarni, dasturlar-u o’yinlarni yarata oladigan foydalanuvchilar yetishib chiqishiga ishonaman va umid qilaman. Tan olish kerakki, it sohasida yurtimiz hali biroz oqsayapti. Ba’zi davlatlar bilan solishtirilsa bu yaqqol sezilib qolyapti. Biz bu haqiqatdan ko’z yuma olmaymiz. Lekin Boshqa yurtdagi o’zimiz singari insonlarning amalga oshirayotgan ishlarini kuzatib, ular yaratgan saytlardan va o’yinlar-u dasturlardan foydalanib o’zimizda ham shunday yaratuvchanlik qobiliyatini shakillantirishimiz, it olamida biz ham o’z rivojlanish o’rnimizga ega bo’lamiz deya ishonaman. Chunki bunga ishonmasam, o’zim ham bu soha bo’yicha biror narsani amalga oshirishim qiyinday tuyiladi. Shuni unutmaslik kerakki, taraqqiyot va rivojlanishning kaliti tinimsiz izlanish, bilm, hamda mahoratdir.

Mirali G’iyosov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat universiteti Filologiya fakulteti II bosqich talabasi

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!