O’qing va hayotning qadriga yeting.
• 2 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, maxsus taglikdan chiqib toza yurishini boshlaganingizdir.
• 3 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, qoshiqni qanday ushlash kerakligini o’rganib, oqizmay – tomizmay ovqat yeya olishingizdir.
• 4 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, kiyimlaringizni ho’l qilib qo’ymasligingizdir.
• 5 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, uyingiz manzilini to’g’ri topib kela olishingizdir.
• 12 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, do’st – oshnali bo’lishingizdir.
• 18 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, moshina boshqarishga ruxsatnoma olishingizdir.
• 23 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, oliygohni tamomlashingizdir.
• 25 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, biror bir ishning boshini ushlashingizdir.
• 30 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, oila qurgan bo’lishingizdir.
• 45 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, yoshlik ko’rinishingizni saqlab qola olishingizdir.
• 50 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, farzandlaringizga bergan tarbiyangiz o’z samarasini berishidir.
• 55 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, oilaviy munosabatdagi vazifalaringizga qodir bo’lishda davom etayotganingizdir.
• 60 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, ulov haydashga qiynalmay, yordamsiz o’zingiz boshqarishingizdir.
• 65 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, kasal bo’lmay yashashingizdir.
• 70 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, farzandlarga qaram bo’lish nima ekanligini sezmasligingizdir..
• 75 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, ulfatingiz, hamsuhbat, oshnali bo’lishingizdir.
• 80 yosh.. Bu yoshdagi yutug’ingiz, adashmasdan uyingizni topib kelishingizdir..
• 85 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, yotgan joyingiz, kiyimlaringizni ho’llab qo’ymasligingizdir..
• 90 yosh… Bu yoshdagi yutug’ingiz, tagliksiz pokiza o’tirishingiz, qoshiqni to’g’ri ushlab oqizmay -tomizmay ovqatlana olishingizdir!
«Avval qanday yaratgan bo’lsak, shunday holga qaytaramiz». (Anbiyo: 104 oyat).
«Kimning umrini uzoq qilsak, uni xilqatida nochor qilib qo’yurmiz» (YOsin: 68 oyat)
Biz sevgan dunyo shu qadar haqir! Shuning uchun ham oxirat hayotimiz go’zal bo’lishiga intilmog’imiz lozim. Zero, haqiqiy yutuq oxiratdagisidir.
Ummu Abdulloh tarjimasi..