Informatika o‘qituvchilari uchun sertifikatlash milliy tizimi joriy etiladi

Informatika o‘qituvchilari uchun sertifikatlash milliy tizimi joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Informatika va axborot texnologiyalari fani” o‘qituvchilarining raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini aniqlash bo‘yicha sertifikatlash milliy tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda. Qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mazkur qaror loyihasida umumta’lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari fani” o‘qituvchilarining raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini aniqlash va sertifikat berish tartibi belgilanmoqda.
Loyiha ilovasi bilan o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini egallash darajasi bo‘yicha sertifikat 3 yil muddatga berilishi va sertifikatga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktablarning “Informatika va axborot texnologiyalari fani” o‘qituvchilariga bazaviy tarif stavkasi bo‘yicha foiz miqdorida har oylik ustama joriy etilishi nazarda tutilmoqda.
Unda, birinchi bosqich natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 70 foizini to‘plagan o‘qituvchilarni ikkinchi bosqichga tavsiya etish va ikkinchi bosqich natijalari bo‘yicha eng yuqori ballning:

40-49 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 10 foiz miqdorida;

50-59 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 20 foiz miqdorida;

60-69 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 30 foiz miqdorida;

70-79 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 40 foiz miqdorida;

80-100 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 50 foiz miqdorida ustama joriy etish nazarda tutilgan.

Shuningdek, o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish (nazariy va amaliy) ko‘nikmalarini aniqlash uchun topshiriqlar formati (fan mazmuni tarkibi, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt me’yori), baholash mezonlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tavsiya etilgan professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilishi, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlanishi va saytiga joylashtirilishi belgilangan.
Bildirilishicha, “Informatika va axborot texnologiyalari fani” o‘qituvchilarining raqamli ko‘nikmalarni egallash darajasini aniqlash bo‘yicha milliy tizim joriy etilib, nazariy va amaliy sinovlarni kompyuter (onlayn platforma)da o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
Raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan nazariy va amaliy sinovlar uchun o‘qituvchidan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.


Обнародован проект постановления Кабинета Министров «О введении национальной системы аттестации учителей информатики и информационных технологий на определение умения пользоваться цифровыми технологиями».

Об этом сообщает Kun.uz. Проект постановления разработан Государственным испытательным центром при Кабинете министров.
Проект постановления определяет порядок определения и аттестации квалификации учителей «Информатики и информационных технологий» в общеобразовательных школах.
Заявка проекта предусматривает выдачу сертификата об уровне квалификации учителей по использованию цифровых технологий сроком на 3 года и ежемесячно для учителей профильных школ «Информатика и информационные технологии» с процентом от базовой ставки предусмотрено введение прецедента.
Он рекомендует учителям, набравшим не менее 70% баллов на первом этапе, перейти на второй этап, а учителю, набравшему наибольшее количество баллов, на второй этап:

10 процентов для учителей, набравших 40-49 процентов;

20 процентов для учителей, набравших 50-59 процентов;

30% для учителей, набравших 60-69%;

40 процентов для учителей, набравших 70-79 процентов;

Учителя, набравшие 80-100 процентов, получат 50-процентную премию.

Также формат заданий (содержание науки, количество вопросов, вид заданий, нормы времени), критерии оценивания, рекомендованные Министерством развития информационных технологий и коммуникаций для определения навыков учителей в использовании цифровых технологий (теоретические и практические), разработанные преподавателями, утвержденные Государственным центром тестирования и размещенные на сайте.
Отмечалось, что будет внедрена национальная система определения уровня цифровых навыков учителей «Информатики и информационных технологий», которая позволит проводить теоретические и практические испытания на компьютере (онлайн-платформа).
Теоретические и практические испытания для определения умения пользоваться цифровыми технологиями начисляются преподавателю в размере полуторакратного размера базового расчета на день подачи заявки.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 5
  1. Аноним

    :twisted:

  2. Аноним

    :oops: :oops:

    1. Аноним

      :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea:

      1. incognito

        :lol: :lol:

  3. Ilyosbek

    men qandey qilib miliy serfikatga tayorlansam boladi savolar bilankasi bormi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: