Imtihon vaqtlari kechiktirilishi mumkin

Imtihon vaqtlari kechiktirilishi mumkin

2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari muddati 1 avgustdan boshlanishi rejalashtirilgan. Biroq hozirgi vaziyatning qancha va qanday davom etishi test boshlanishi muddatiga ham ta’sir qilishi mumkin.

Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan onlayn brifingda DTM bo‘lim boshlig‘i Farhod Mirzayev joriy yil kirish imtihonlarini tashkil etish borasidagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi.
Bu haqda Kun.uz nashri xabar qildi.
Farhod Mirzayev kirish imtihonlari 1 avgustdan boshlanishi rejalashtirilayotgani, biroq karantin vaziyatiga qarab imtihonlar kechikishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.
«2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari muddati 1 avgustdan boshlanishi rejalashtirilgan. Biroq hozirgi vaziyat qancha va qanday davom etishi test boshlanishi muddatiga ham ta’sir qilishi mumkin. Bunda karantin cheklovlari davomiyligi va abituriyentlarning ro‘yxatdan o‘tish ko‘rsatkichi hisobga olinadi», dedi DTM vakili onlayn brifingda.
Brifingda imtihon o‘tkaziladigan binolarning tayyorlanishi haqida ham ma’lumot berildi. Ma’lum qilinishicha, har bir binoda bir smenada ko‘pi bilan 754 nafar abituriyent uchun joy ajratiladi, binolar kun davomida 4 marta dezinfeksiya qilinadi.
Bundan tashqari, imtihonlar uchun nazoratchilarni saralab olish jarayoni haqida ham ma’lumot berildi.
«Hozirga qadar guruh nazoratchiligi uchun 5300dan oshiq nazoratchilar taklif etilgan, ularning 2000ga yaqini masofaviy tarzda o‘qitildi. Imtihon boshlanguncha 3000 nafar nazoratchi saralab olinishi rejalashtirilgan», deya qayd etdi Farhod Mirzayev.
Bundan avvalroq bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev bu yil kirish imtihonlari 1 avgustdan boshlanishi rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qilgandi.


Вступительные экзамены на 2020-2021 учебный год начнутся 1 августа. Однако продолжительность и продолжительность текущей ситуации также могут повлиять на сроки начала теста.

На онлайн-брифинге в Национальном пресс-центре начальник отдела DTM Фарход Мирзоев рассказал о новостях по организации вступительных экзаменов в этом году.
Об этом сообщает Kun.uz.
Фарход Мирзоев сообщил, что вступительные экзамены планируется начать 1 августа, но из-за ситуации с карантином экзамены могут быть отложены.
«Вступительные экзамены на 2020-2021 учебный год запланированы на 1 августа. Однако продолжительность и продолжительность текущей ситуации также могут повлиять на сроки начала теста. Он учитывает продолжительность карантинных ограничений и количество зарегистрированных заявителей», — сказал представитель DTM на онлайн-брифинге.
На брифинге также была представлена ​​информация о подготовке экзаменационных залов. Сообщается, что каждое здание будет принимать максимум 754 заявителя в смену, а дезинфекция корпусов будет проводиться 4 раза в день.
Также была предоставлена ​​информация о процессе отбора руководителей для сдачи экзаменов.
«На данный момент для групповой супервизии приглашено более 5300 супервайзеров, из них около 2000 прошли дистанционное обучение. Перед экзаменами планируется отобрать 3000 супервайзеров», — сказал Фарход Мирзоев.
Ранее вице-премьер Бехзод Мусаев сообщил, что вступительные экзамены начнутся 1 августа текущего года.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: