Ilm olishning eng kuchli va samarali usulini bilasizmi?

Ishlatgan sari yanada ko’payadigan narsa — bu ilmdir!

Ko’pchilik buni bilsada ammo hayotda qo’llashga kelganda deyarli qo’llamaydi. Bilmadim, esdan chiqib qoladimi yoki boshqa sababmi, ilmning bu ajoyib xususiyatidan hamma ham foydalanvermaydi.
Biror ilmni tez va puxta o’rganishni xoxlasangiz — uni
boshqalarga ham o’rgating. Sizda savol paydo bo’lishi mumkin: o’zim bilmagan narsani qanday qilib boshqalarga o’rgatishim mumkin? Xulosa chiqarishga shoshilmang!
Gap shundaki, ilmni o’rganishda ikki xil yondoshuv bor va ular bir-biridan juda katta farq qiluvchi mutloq ikki xil natijaga olib keladi. Bu yondoshuvlar quyidagicha:

    1-yondoshuv. Ilmni o’zingiz uchun, o’z ehtiyojingiz uchun o’rganish. Bunda Siz o’rganganlaringizni kimgadir o’rgatishni niyat qilmagan bo’lasiz. Shunchaki hozirdagi ehtiyojingizdan kelib chiqib o’rganasiz.

    2-yondoshuv. Ilmni ham o’zingiz uchun ham boshqalarga o’rgatish uchun o’rganish. Bunda avval boshdanoq o’zingiz o’rganmoqchi bo’layotganlaringizni boshqalarga ham o’rgatishni niyat qilgan bo’lasiz. Bu yondoshuvda Siz ko’zlagan manzil ancha balandroqda turibdi. Harakatingiz ham shunga yarasha bo’ladi.

Buni quyidagi oddiy misol bilan tushuntirish mumkin.
Tasavvur qiling, Siz Toshkentdan Samarqandga mashinada borishga qaror qildingiz va bordingiz ham. 300 km lik masofa Sizni yaxshigina toliqtiradi. Endi esa boshqa holatni tasavvur qilib ko’ring, Siz Toshkentdan Termezga borishni niyat qilgansiz. Bu niyat bilan Samarqandga kelganda o’zingizni qanday tutasiz? Albatta ancha yengil, hali charchoqni his qilmagan bo’lasiz. Chunki oldinda hali yana 400 km masofa turibdi. Miyangiz tanangizni oldindan shunga tayyorlagan bo’ladi.
Ikkala niyat orasidagi farqni his qildingizmi? Ilm o’rganishda ham tezroq va samaraliroq o’rganishni istasangiz maqsadni kattaroq qo’yish kerak — ya’ni, boshqalarga ham o’rgatishni niyat qilish kerak. Ana shunda miyangiz butkul boshqacha, juda samarali ishlay boshlaydi. Chunki hammasi niyatga bog’liq. Endi Siz oddiy holatda ko’rmagan jihatlarini ko’ra boshlaysiz. Diqqat-e’tiboringiz ham ancha kuchli bo’ladi. Tushunyapsizmi?!
2- yondoshuvning samaradorligi turli tadqiqotlar natijasida ham o’z tasdig’ini topgan. Shaxsan men o’zim ham buni o’z tajribamda juda ko’p marta sinovdan o’tkazganman. Ustiga ustak boshqalarga o’rgatish jarayonida shunday xilma-xil, biri-biridan ajablanarli savollar, xayolingizga ham kelmagan jihatlari kelib chiqadi-ki, oddiy holda bular xayolingizga ham kelmagan bo’lardi. Natijada bilimingiz keng qamrovli, turli jihatlarini ko’rgan holda shakllanadi. Bunday sifatli ta’limni boshqa hech bir joyda ololmaysiz! Boshqalarga o’rgatish jarayonida o’zingizni ustozdek tutishingiz kerak bo’ladi — bu esa bir oz vaqt o’tgach tabiiy holga aylanadi. O’zingiz ham bunga ishona borasiz va haqiqatdan ham bu narsalarni yaxshi biladigan ustozga aylanganingizni sezmay qolasiz!

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!