Ilg‘or dars jarayonida foydalanadigan dam olish daqiqalari uchun ta’limiy va ko‘ngilochar o‘yinlar

Darslarni samarali tashkil etishda foydalaniladigan o‘yinlar

Dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilar ba’zan zerikib qolishi, toliqishi mumkin. Shunday vaqtlarda dam olish daqiqalarni o‘tkazish ta’lim sifatini ham oshiradi.

O‘quvchilar ko‘p matn yozganda, yangi tushuncha beradigan murakkab mavzularni o‘rganish jarayonida toliqish his qilishadi. Shunday kezlarda biroz chalg‘ib olish va qiziqishni qayta uyg‘otish uchun dam olish daqiqalari boshqacha aytganda quvnoq daqiqalar o‘tqazish o‘rinli bo‘ladi. Uni qanday o‘tkazish har bir o‘qituvchining fantaziyasiga bog‘liq. Dam olish daqiqalari sifatida quyida beriladigan o‘yinlardan foydalanish mumkin.

So‘z o‘yini.

O‘qituvchi sinf taxtasiga biror so‘z yozadi va shu so‘z tarkibidagi harflardan so‘zlar hosil qilishni taklif etadi. Ko‘proq so‘z yasagan o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Masalan “O‘zbekiston” so‘zi yozilganda undagi harflardan foydalanib o‘z, bek, o‘zbek, non, son, iz, is, bo‘z, tob va hokazo so‘zlarni yaratish mumkin.

Bo‘g‘in o‘y’ini.

O‘qituvchi sinf taxtasiga bir bo‘g‘in yozadi. O‘quvchilar so‘z boyliklaridan foydalangan holda shu bo‘g‘in bilan boshlanuvchi so‘zlardan yozadilar. Masalan, lo- lobar, lochin, lola, loyiha, lotin, ki- kitob, kiyim, kino, kilo, kirim…

O‘rnini almashtir o‘yini.

O‘qituvchi so‘z tarkibidagi harflar o‘rni o‘zgargan gaplar yozilgan kartochkalardan tayyorlaydi. O‘yinda ishtirok etish uchun tayyorlagan kartochkalar soniga qarab o‘quvchilarni taklif etadi. Qaysi o‘quvchi harflarni o‘z o‘rniga qo‘yib gap shakliga tezroq keltirsa g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. Birinchi kartochka: nbuug baonrsa eshb ahbo idlo. To‘g‘irlanganda: Bugun Sanobar besh baho oldi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari harflarni emas, bo‘g‘inlarni o‘zgartirib kartochka tuzishlari mumkin. Yuqoridagi kartochkani bo‘g‘ini o‘zgartirilib quyidagicha yozilishi mumkin: gunbu nosabar besh hoba diol.

Imkonshou o‘yini.

O‘qituvchi bir necha qiziqarli savollarni tayyorlab keladi. O‘yinga qiziqishni yanada oshirish uchun ruchka, o‘chirg‘ich, faylpapka bloknot, kitob kabi kichik sovg‘alar o‘ynalishi kerak. O‘yinda ishtirok etishni istagan o‘quvchi tayyorlangan savolga javob beradi. Javob to‘g‘ri bo‘lsa, o‘qituvchi unga kichikroq qiymatdagi sovg‘a taklif etadi, agar ishtirokchi sovg‘ani olmay keyingi bosqichda ham o‘ynashni xohlasa yana savol beriladi. O‘quvchi bu gal ham topsa biroz kattaroq qiymatdagi sovg‘a taklif etiladi. Sovg‘a olinsa o‘yin tugaydi. O‘yinni 4 bosqichli qilib olinishi mumkin. Savollarni o‘z faningizdan va mantiqiy masalalardan tayyorlashingiz mumkin.

Xotira mashqi o‘yini.

O‘yin sharti oddiy. O‘qituvchi o‘zini sinamoqchi bo‘lgan o‘quvchiga 10 ta so‘zni ikki marta o‘qib beradi. Ishtirokchi qanchalik ko‘p so‘zni eslab qolgan bo‘lsa, rag‘batlantiriladi. O‘yinni faqat og‘zaki tarzda o‘qib beriladigan so‘zlardan emas, tayyorlab kelingan bir necha narsalarning suratini ko‘rsatib ham o‘ynash mumkin.

“Pir etdi” harakatli o‘yini.

O‘yin jarayonida barcha o‘quvchilar tik turgan holda bo‘ladilar. O‘qituvchi uchadigan jism yoki qushlar nomini aytganda o‘quvchilar “Pirr etdi, pirr etdi” deb qo‘llarini ko‘taradilar. O‘qituvchi uchadigan jism yoki qush nomini emas boshqacha so‘z aytganda “Ketdi, ketdi” deb o‘tirib turadilar. Bu o‘yin diqqatni to‘plashda va charchoqni chiqarishda qo‘l keladi.

Topqirlik o‘yini.

Bir necha o‘quvchilar doskaga chiqadilar. Birinchi o‘quvchi so‘z aytadi, ikkinchi o‘quvchi shu so‘zning tugagan harfi bilan boshlanuvchi so‘z aytadi. O‘yin shu tariqa davom etadi. Qaysi o‘quvchi topa olmasa o‘yinni tark etadi. O‘yin bir kishi qolguncha davom etadi. O‘quvchilar yoshiga qarab aytiladigan so‘zlar toifasini chegaralash ham mumkin. Ya’ni faqat ot so‘z turkumiga oid so‘zlar, faqat sifat turkumiga oid so‘zlar. Masalan, faqat ot so‘z turkumiga oid so‘zlarni aytiladigan bo‘lsa: anor, randa, ariq, qoplon, Narvon, nur, rom, mushuk, kuchuk, kino, olma… Sifat turkumiga oid so‘zlar: aqlli, issiq, qora, ajoyib, buyuk, komil, lanj, janjalkash, shuhratparast, tinchliksevar, rahmdil, lobar, razil…

Kun va tun o‘yini.

O‘qituvchi sinf taxtasiga bir necha so‘zlarni yozadi. O‘quvchilarga so‘zlarni o‘qib olishni, keyin esa ko‘zlarini yumib turishni taklif etadi. O‘quvchilar ko‘zlarini yumganda o‘qituvchi sinf taxtasiga yozilgan so‘zlarning birini harfini o‘zgartirib yozadi va ko‘zlarini ochib qaysi so‘z o‘zgarganligini so‘raydi. Masalan, yod, bob, dars, shox, avtobus, afzal, sur’at, asr. Ushbu so‘zlardan birini quyidagicha o‘zgartirish mumkin: Yot, bop, darz, shoh, aftobus, abzal, surat, asir. O‘zgaruvchi so‘zlar qancha bir-biriga o‘xshash bo‘lsa, o‘quvchilarni shunchalik ziyraklikka undaydi.

Egizaklar o‘yini.

Ushbu o‘yinda o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lingan holda o‘ynaydilar. Birinchi guruh tarkibida yonma-yon keladigan qo‘sh undoshlarga misollar topadi, ikkinchi guruh esa turli undoshlar ketma-ket keladigan qator undoshlarga so‘zlar topadi. Bunda qator kelayotgan undosh bir bo‘g‘in tarkibida bo‘lishi kerakligi tushuntiriladi. Birinchi guruh bir-biriga aynan o‘xshaydigan egizaklarga, ikkinchi guruh esa ko‘rinishi har xil bo‘lgan egizaklarga misol topayotgani bilan qiyoslash mumkin. Qo‘sh undoshlarga misollar: arra, karra, darra, alla, palla, malla, salla, tilla, mitti, ukki, qattiq, issiq, ayyor, tayyor… Qator undoshlarga misollar: traktor, krem, stakan, stol, go‘sht, musht, do‘st, daraxt, barg, pand, qirq, kompyuter, qadr, qasr, ko‘rk…

Tovushlar ko‘prigi o‘yini.

Ushbu o‘yin ham o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi va fikrlashga majbur qiladi. O‘qituvchi sinf taxtasiga avvaldan tayyorlab kelgan tovushlarni o‘rtada joy qoldirgan holda ikki tarafga yozadi. Tushunarli bo‘lish uchun birinchi qatorni o‘zi to‘ldirib beradi. O‘quvchilar o‘rtadagi bo‘shliqni to‘ldirishganda bu tovushlar birinchi so‘zning tugashi va ikkinchi so‘zning boshlanishiga ko‘prik bo‘ladi. Namunalar:
M A K — T A B — R I K
D U Sh — M A N — T I Q
T A N — B A L — D O Q
K A L — T A K — L I F
Q A Y — T I M — S O L
P O D — Sh O H — I D A

Uch tovushdan iborat ko‘prikni qurish qiyinchilik tug‘diradiganga o‘xshasa, ikki tovushlik, bir tovushlik ko‘prikdan iborat so‘zlar tayyorlasangiz bo‘ladi.

Tilsim o‘yini.

o‘qituvchi o‘z bilimiga ishongan bir necha o‘quvchilarni taklif etadi. Ular bir qator bo‘lib o‘qituvchi tomonga qarab turib olishadi. Ularga tezkor va javobi oddiy savollar beriladi. Qaysi o‘quvchi birinchi va aniq javob bersa bir qadam yuradi. Qaysi o‘quvchi to‘rt qadam yurib o‘qituvchiga yaqinlashguncha o‘yin davom etadi va shu bilimdonni g‘olib deb e’lon qilinadi.
Mavzu nomi o‘yini
Ushbu o‘yin o‘quvchilarning matematik bilimlarini sinovdan o‘tkazishda va o‘tilgan mavzuni yanada eslab qolishda asqotadi. Doskaga o‘yinda ishtirok etish uchun o‘quvchilar taklif etiladi. Ular qator bo‘lib turib olishadi. Birinchi o‘quvchi “Bir”, ikkinchisi “Ikki” deydi, uchinchi o‘quvchi esa mavzu nomini aytadi. To‘rtinchi o‘quvchi “To‘rt”, beshinchisi “Besh” oltinchi o‘quvchi esa mavzu nomini aytadi. Ya’ni har uchinchi o‘quvchi mavzu nomini aytishi kerak. Raqamlar aylanishda davom etadi. Adashgan o‘quvchi o‘yinni tark etadi va yakunda qolgan bir o‘quvchi g‘oliblikni nishonlaydi.

Boshqa usullar.

Albatta, darslarni jonlantirish, lirik chekinish qilish maqsadida faqat boshqotirmali topshiriqlar emas, boshqa usullardan ham foydalanish mumkin. Vatan, ota-ona, do‘stlik va boshqa mavzularda she’rlar so‘rash, adiblarning,aktyor va davlat arboblarining suratini ko‘rsatib kim ekanini topishga undash, kartochkalarga tayyorlab “Tez aytish”lar uyushtirish, ayrim o‘quvchilar chizgan eng chiroyli rasmlarni ko‘rsatish, o‘quvchilar qo‘l mehnati bilan yasagan buyumlarni namoyish qilishga imkon berish dam olish daqiqalarini maqsadli o‘tkazishga xizmat qiladi.


Студентам иногда может быть скучно в классе. Проведение минут в такое время также улучшает качество образования.

Когда студенты пишут много текста, они устают в процессе изучения сложных тем, которые дают им новые идеи. В таких случаях целесообразно провести несколько минут отдыха, другими словами, счастливых моментов, чтобы отвлечься и вызвать интерес. Как это сделать, зависит от фантазии каждого учителя. Следующие игры можно использовать в качестве минут отдыха.

Игра в слова.

Учитель пишет слово на доске и предлагает составить слова из букв этого слова. Поощряется учащийся, составивший наибольшее количество слов. Например, при написании слова «Узбекистан» из букв можно составить собственные слова, бек, узбек, нон, сын, из, ис, боз, тоб и т. д.

Совместная игра.

Учитель записывает ссылку на доске. Студенты используют словарный запас, чтобы написать слова, которые начинаются с этого слога. Например, ло-лобар, сокол, тюльпан, проект, латынь, книга, одежда, кино, кило, доход…

Заменить игру.

Учитель подготавливает буквы в слове из карточек со словами в них. Предлагает учащимся принять участие в игре в зависимости от количества подготовленных ими карточек. Выигрывает тот ученик, который расставит буквы на свои места и быстрее доведет их до формы предложения. Первая карта: нбууг баонрса эшб ахбо идло. Исправлено: Сегодня Санобар получил пять оценок. Учителя начальной школы могут создать карточку, меняя слоги, а не буквы. Приведенную выше карту можно записать следующим образом: гунбу носабар беш хоба диол.

Игра «Возможность».

Учитель готовит интересные вопросы. Небольшие подарки, такие как ручки, ластики, папки с файлами, блокноты, книги, следует разыгрывать, чтобы повысить интерес к игре. Студент, который хочет участвовать в игре, отвечает на подготовленный вопрос. При правильном ответе воспитатель предлагает ему подарок меньшей стоимости, а если участник не получает подарок и хочет играть в следующем туре, ему задается другой вопрос. Еще раз, студент получит подарок чуть более высокой стоимости. Игра заканчивается, когда вы получаете подарок. В игру можно играть в 4 этапа. Вы можете подготовить вопросы из вашей собственной науки и логики.

Игра на запоминание.

Условия игры просты. Учитель дважды читает 10 слов ученику, который хочет проверить себя. Чем больше слов запоминает участник, тем больше его поощряют. В игру можно играть не только словами, прочитанными вслух, но и картинками нескольких заготовленных вещей.

Пир сделал экшн.

Все учащиеся во время игры стоят. Когда учитель произносит название летающего предмета или птицы, учащиеся поднимают руки и говорят: «Пиррди, пиррди». Другими словами, учитель не имя летающего предмета или птицы, а «Ушел, ушёл». Эта игра помогает сосредоточиться и снять усталость.

Игра на изобретательность.

У доски несколько учеников. Первый ученик говорит слово, а второй ученик говорит слово, которое начинается с последней буквы этого слова. Игра продолжается так. Любой студент, который не может найти его, выбывает из игры. Игра продолжается до тех пор, пока не останется один человек. Также можно ограничить категорию произносимых слов в соответствии с возрастом учащихся. То есть только слова, относящиеся к категории существительных, слова, относящиеся только к категории прилагательных. Например, если упомянуты только слова, относящиеся к категории лошади: гранат, ранда, ручей, тигр, лестница, свет, ром, кошка, собака, кино, яблоко… Слова, относящиеся к категории качества: умный, горячий, черный , чудесный, великий, совершенный, ленивый, сварливый, честолюбивый, миролюбивый, сострадательный, лобарный, гнусный…

Дневная и ночная игра.

Учитель записывает на доске несколько слов. Предложите учащимся прочитать слова, а затем закрыть глаза. Когда ученики закрывают глаза, учитель меняет букву в одном из слов, написанных на доске, и открывает глаза, чтобы спросить, какое слово изменилось. Например, йод, глава, урок, гудок, автобус, преферанс, скорость, век. Одно из этих слов можно изменить следующим образом: Йот, боп, кряк, король, шина, инструмент, картина, пленник. Чем более похожи переменные слова, тем более внимательными будут учащиеся.

Игра близнецов.

В этой игре учащиеся играют двумя группами. Первая группа находит примеры смежных двойных согласных, а вторая группа находит слова для ряда согласных. Это объясняет, почему согласная в ряду должна быть в одном слоге. Первую группу можно сравнить с однояйцевыми близнецами, а вторую группу можно сравнить с однояйцевыми близнецами. Примеры двойных согласных: пила, карра, дарра, алла, палла, малла, салла, тилла, карлик, укки, твердый, горячий, хитрый, готовый… Примеры согласных: трактор, сливки, стакан, стол, мясо, кулак, друг , дерево, лист, панд, сорок, компьютер, достоинство, башня, великолепие…

Игра Звуковой мост.

Эта игра также очень интересна для школьников и заставляет их задуматься. Учитель записывает уже подготовленные звуки на доске с обеих сторон, оставляя место посередине. Заполняет первую строку, чтобы было понятно. Когда учащиеся заполняют пропуски, эти звуки соединяют конец первого слова и начало второго слова. Примеры:
М А К — Т А Б — Р И К
Д У Ш — М А Н — Т И К
Т А Н — Б А Л — Д О К
К А Л — Т А К — Л И Ф
Q A Y — T I M — S O L
П О Д — Ш О Х — И Д А

Если вам трудно построить мост из трех звуков, вы можете составить слова из двухзвукового моста из одного звука.

Тильсимская игра.

учитель приглашает нескольких учеников, которые верят в свои знания. Встают в шеренгу лицом к учителю. Им задают быстрые и простые вопросы. Тот ученик, который даст первый и самый точный ответ, делает один шаг. Игра продолжается до тех пор, пока каждый ученик не подойдет на четыре шага ближе к учителю, и этот ученик объявляется победителем.
Игра с названием темы
Эта игра помогает проверить математические знания учащихся и помочь им лучше запомнить тему. Учащимся предлагается принять участие в игре на доске. Они выстраиваются в очередь. Первый учащийся говорит «Один», второй говорит «Два», а третий учащийся называет тему. Четвертый учащийся говорит «Четыре», пятый учащийся говорит «Пять», а шестой учащийся называет тему. То есть каждый третий учащийся должен сказать название темы. Цифры продолжают вращаться. Проигравший ученик выходит из игры, а оставшийся ученик празднует победу.

Другие методы.

Конечно, можно использовать не только задания-головоломки, но и другие приемы, чтобы оживить уроки, сделать лирическое отступление. Выпрашивание стихов о Родине, родителях, дружбе и на другие темы, показ картинок писателей, актеров и государственных деятелей, побуждение их узнать, кто они такие, подготовка «Скороговорок» на карточках, самых красивых рисунков, сделанных некоторыми учащимися с показом картинок, позволяя учащимся продемонстрировать свои изделия ручной работы, они помогут целенаправленно провести остаток минуты.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 3
  1. Mardon

    Metodlar yaxshi, saytning dizayniga ham gap yo‘q

  2. Аноним

    :idea: :idea: :idea: :idea:

  3. Аноним

    :idea: :idea:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: