ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi qancha maosh oladi?

ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi qancha maosh oladi?
Telegramda o'qish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-sonli farmoniga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab har bir umumta’lim muassasasida “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi” lavozimi joriy etilishi haqida xabar berilgan edi.

Mazkur farmonda ushbu lavozimiga tayinlangan taniqli shoir, yozuvchi, jurnalist va ijodkorlarning mehnatiga — umumta’lim muassasalaridagi «Yoshlar yetakchisi» lavozimining 0,25 shtat birligi hisobidan haq to‘lanishi nazarda tutilgandi. Farmonda esa bu lavozim joriy qilinsa, yoshlar yetakchilarining oylik maoshlariga qanday ta’sir qilishi bo‘yicha aniq tushuntirish berilmagandi.

25 dekabr kuni Xalq ta’limi vazirligining bir necha vazirliklar bilan o‘zaro kelishilgan holda imzolangan, «Pedagog xodimlarning lavozim maoshlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori tasdiqlandi.

Qarorda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimining bazaviy tarif stavkasi miqdori yoshlar yetakchisi bazaviy tarif stavkasiga tenglashtirilishi aytilgan.

Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar yetakchilar kabi 1 mln 900 ming 363 so‘m miqdorda oylik oladi. Ya’ni ularning oylik maoshlari bir-biriga umuman daxl qilmaydi.

ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimiga kimlar tayinlanishi mumkinligi haqida ushbu manzilidan maqolada o’qing: MAKTABLARDA YANGI TASHKIL ETILATIGAN LAVOZIMGA KIMLAR TAYINLANADI?

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: