Ich kiyimlarga minitelefon o‘rnatib abituriyentlarga sotayotgan samarqandlik yigit ushlandi

Ich kiyimlarga minitelefon o‘rnatib abituriyentlarga sotayotgan samarqandlik yigit ushlandi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Samarqand viloyatida ichki kiyimlarga o‘rnatilgan yashirin aloqa vositalarini abituriyentlarga sotayotgan shaxs aniqlandi.

Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 5 sentyabr kuni Samarqandda viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida abituriyentlar test sinovlari jarayonida foydalanishi uchun qo‘lbola usulda maxsus yasalib, ichki kiyimlarga o‘rnatilgan aloqa vositalarini sotayotgan U. ismli shaxs aniqlangan.
Qayd etilishicha, 29 yoshli shaxs qo‘lbola aloqa vositalarini 100—200 dollardan sotishni rejalashtirgan.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: