UYDA QOLING!

Ibrat vaqti: PROFESSORNING SABOG’I

Professor suv to’ldirilgan stakanni oldi. Qo’llarini oldinga uzatib talabalardan so’radi:

– Stakanning vazni qancha deb o’ylaysizlar?
Sinfga jon kirdi, har kim o’zicha taxmin qildi.
– Ikki yuz gramm chiqar-ov. Balki uch yuz grammdir. Bor-e, ana besh yuz gramm bo’lsin.
– Tortib ko’rmaguncha, aniq vaznini baribir bilib bo’lmaydi. Lekin hozir bu muhim emas. So’ramoqchi bo’lganim: agar idishni shu holda bir necha daqiqa ushlab tursam, nima bo’ladi?
– Hech narsa.
– To’g’ri, hech narsa bo’lmaydi, – dedi professor. – Deylik, ikki soat ushlab tursam-chi, unda nima bo’ladi?
– Qo’llaringiz og’rib ketadi.
– Bir kun tutib tursam-chi?
– Qo’llaringiz uyushib, tamom bo’ladi. Mushaklaringiz shikastlanishi ham mumkin. Balki davolanishingizga to’g’ri kelar.
– Kun bo’yi ushlab tursam, stakanning vazni o’zgaradimi?
– Aslo yo’q!
– Xo’sh, bu ahvoldan qutulish uchun nima qilishim kerak?
– Idishni qaytarib stol ustiga qo’ying!
– YAshanglar! – yuziga kulgi yugurib javob berdi professor. – Hayotda uchraydigan qiyinchiliklar ham shunga o’xshaydi. Agar muammolar haqida bir necha daqiqa o’ylasangiz, ular sizga yaqinlashadi. Fikringizni bir necha soat ular bilan band qilsangiz, tinkangizni qurita boshlaydi. Kun bo’yi shu muammolar dardi bilan yursangiz bormi, miyangiz falajlanib qolishi – to’g’ri qaror qabul qilolmaydigan holga kelishi aniq. Muammolar haqida o’ylayverish biron-bir yaxshi natijaga olib bormaydi. Bu bilan muammoning “vazn”i ham o’zgarib qolmaydi. Ular bilan kurashishning yagona yo’li – harakat qilish. Muammoni hal qiling yoki bir chetga surib qo’ying. YUragingizga yuk bo’lib tushadigan og’ir toshlarni – qayg’uli o’y-xayollarni ko’tarib yurish yaramaydi.

«Baxtli hayot sari» kitobidan

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Yuklanmoqda...