Ibrat uchun: Imtihonda yiqilgan talaba voqeasi

Nils Bor fizik olim
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Bu voqea Kopengagen universitetida sodir bo’lgan.

Fizika o’qituvchisi imtihonda talabalarga shunday savol beradi: “Ko’p qavatli binoning balandligini barometrdan (bosim o’lchaydigan asbob) foydalanib qanday topish mumkin?”
Talabalardan biri javob beradi: “Barometrning uchini ipga bog’lab, binoning eng yuqorisidan pastga tushiramiz. Asbob yerga tekkanda ip va barometrning uzunliklarini qo’shsak, bino balandligi kelib chiqadi”.
Bu javobdan achchiqlangan o’qituvchi talabani imtihondan yiqitadi. Talaba esa o’z navbatida ma’muriyatga shikoyat qiladi. Vaziyatni o’rganib chiqish va hal qilish uchun boshqa o’qituvchi tayinlanadi.
Yangi o’qituvchi talabaning aslida to’g’ri javob berganini, lekin bu yerda fizik qonuniyatdan foydalanilmaganini, bu esa o’z navbatida talabaning fizikadan bilimi pastligini ko’rsatadi, deya xulosa qiladi.
Xulosasini tasdiqlash uchun domla talabaga yana o’sha savol bilan murojaat qilib olti daqiqa muhlat beradi. Besh daqiqa o’tsa hamki javob bo’lavermaydi. O’qituvchi talabaga uning bir daqiqa vaqti qolganini aytadi.
Shunda yigit masalaning bir necha javobi mavjudligini, biroq qaysi birini tanlashda ikkilanayotganini bildiradi va vaqt tugagach shunday javob beradi:

    “Birinchi javob: barometrni binoning eng tepasidan tashlab yuborib, uning tushish vaqtini o’lchaysiz. Keyin (H=gt²/2) formulasi orqali balandligini hisoblaysiz. Lekin bu barometr uchun yaxshi natija emas (chunki u sinadi)”.

    “Ikkinchi javob: agar havo ochiq bo’lsa, barometrni yerga tik qo’yib soyasini o’lchaymiz va o’zining uzunligiga bo’lamiz. Keyin bino soyasi uzunligini o’lchab, chiqqan nisbatga bo’lsak, uning uzunligi kelib chiqadi”.

    “Uchinchi javob: barometrning uchiga ip bog’lab uni mayatnik kabi tebratasiz. Oldin yerda, keyin esa binoning eng tepasida. Balandlikni (T=2π√I/g) formulasidan foydalanib g ning farqidan topa olasiz”.

    “To’rtinchi javob: agar bino yonida yong’in holatida chiqish uchun o’rnatilgan narvon bo’lsa, barometrni chizg’ich o’laroq ishlatib balandligini aniqlash mumkin”.

    “Beshinchi javob: agar klassik olim yoki ortodoks bo’lsangiz, albatta barometr bilan yer sirtidagi va bino tepasidagi bosimni o’lchab, bosimning balandlikka bog’liqlik formulasidan hisoblab topa olasiz”.

    “Oltinchi va eng oson javob: bino qorovulining eshigini taqillatib, uning yangi barometrga ehtiyoji borligini so’rash va buning evaziga undan binoning balandligini aytishni talab qilish bo’ladi”.

Endi o’zingiz xulosa qiling, bu talaba imtihondan o’tishi kerakmi yoki yiqilishi?
Ha, aytgancha, talabaning ismi Nils Bor. Fizika fani bo’yicha Nobel mukofotini qo’lga kiritgan yagona daniyalik olim.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: