Huquqshunos mulohazasi: Bir xil stipendiya to‘lash qonuniy emas

Huquqshunos mulohazasi: Bir xil stipendiya to‘lash qonuniy emas

Xushnudbek Xudoyberdiev “Bir xil stipendiya to‘lashga hozircha Hukumatning haqqi yo‘q. Talabalar bilan qayta hisob-kitob qilinishi kerak” – deb hisoblaydi.

huquqshunos, bloger, Respublika oliy ta’lim kengashi a’zosi bo‘lgan Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegramdagi kanalida xuddi shu masalada o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu daliliy fikrlarni to‘lig‘icha e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

Yodingizda bo‘lsa, yangi yildan avval talabalarga bir xil stipendiya to‘lash noqonuniy ekanligi haqida qisqacha yozgandim. Aslida niyatim bu mavzu bo‘yicha videorolik qilish hamda stipendiyaga oid masalalarni batafsil yoritish edi. Ammo bunga bo‘sh vaqtim va texnik imkoniyatim bo‘lmadi. Shuning uchun tinchgina matnli qilib tushuntira qolay dedim.

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik «stipendiyani yana avvalgi ko‘rinishga qaytaraylik» deb yozishadi. Huquqshunos sifatida bu fikrlarga qo‘shilmayman. Sababi O‘zbekistonda tabaqalashtirilgan stipendiya to‘lash hali bekor qilingani yo‘q, u hozir ham o‘z kuchida turibdi.

Bugungi kunda talabalarga stipendiya to‘lash tizimi 2004 yil 10 martda tasdiqlangan hamda Adliya vazirligidan 1339-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi. Ushbu Yo‘riqnomaning 3-bandida talabalarga tabaqalangan koeffisientlarni qo‘llash orqali stipendiya to‘lash belgilangan.

Ushbu Yo‘riqnomaga hozircha o‘zgarish kiritilgani yoxud mazkur Yo‘riqnomaning amal qilish muddati to‘xtatib turilgani yo‘q.

«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunning 35-moddasi hamda «Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari»ning 120-bandiga binoan, normativ-huquqiy hujjatning yoki uning qismining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin va bu tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan amalga oshiriladi.

Hozirgacha yuqoridagi Yo‘riqnomaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgani yo‘q yoki shunga oid birorta idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmadi (e’lon qilinmadi, ro‘yxatga olinmadi).

Unda sentyabr oyidan barcha talabalarga bir xil 400 ming so‘m stipendiya to‘landiku, bu qanday huquqiy asosga ega edi? Hech qanday!

Shunchaki, Moliya vaziri o‘rinbosari O.Isakov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari S.Buzrukxonovning OTM rektorlariga yo‘llagan qo‘shma xatini ko‘rdik xolos. O‘sha xatda stipendiya to‘lash tartibiga o‘zgarish kiritilayotgani sababli 1 sentyabrdan hammaga 400 ming so‘m stipendiya (va yana boshqa qoidalar asosida) to‘lashni ta’minlash so‘ralgan.

Vaholanki, ushbu xat asosida amalda o‘z kuchida bo‘lib turgan Yo‘riqnomadagi tabaqalashtirilgan stipendiya to‘lash tartibini inkor qilib, barchaga bir xil stipendiya to‘lash – noqonuniy edi! Vazir o‘rinbosarlarining xati normativ-huquqiy hujjat hisoblanmaydi va amaldagi NHHni to‘xtatib turish, boshqa yangi qoidalar belgilashga ularning haqqi yo‘q.

Xulosa

Qissadan hissa shuki, toki haligacha Hukumatning stipendiyaga oid yangi qarori rasman tasdiqlanmagan ekan, demak OTMlar talabalarga tabaqalashtirilgan stipendiya to‘lashga majbur. Hukumat zudlikda sentyabr oyidan boshlab talabalar bilan qayta hisob-kitob qilishi shart va zarur! Bu qonun talabi, men o‘ylab topgan yangilik emas.

P.S-1: lekin shaxsan men talabaga o‘qisa, o‘qimasa, darsga kelsa, kelmasa, biror narsani bilsa, bilmasa ham stipendiya to‘lashga mutlaqo qarshiman. Talabalar shunchaki olgan bahosi bo‘yicha emas (u bahoni qanday olgan Xudo biladi), balki ijtimoiy faolligi, ilmiy izlanishlari, fanga bo‘lgan qiziqishi, oilaviy sharoitiga qarab stipendiyalar to‘lanishi tarafdoriman. Hozirgi boqimandalik tizimini qayta ko‘rib chiqish kerak. Ammo bu narsa qonun doirasida bo‘lsin, amaldagi Yo‘riqnoma haliyam o‘z kuchidami, demak eng avvalo shunga rioya qilinsin. Shuningdek, xorijdagiga o‘xshab nodavlat tashkilotlar, fondlar turli stipendiyalar e’lon qilsa yaxshi bo‘lardi.

P.S-2: bir narsani unutmang, agar talabalar bilan sentyabrdan qayta hisob-kitob qilinsa, 1-kursdagi 100% talabalar hamda yuqori kursdagi semestrni “3” bahoga yopgan 62% talabalar uchun zarar bo‘ladi. Sababi ular aslida 370 ming so‘m stipendiya olishi kerak edi, ammo yangi tizimda ularga aslida qimmatroq — 400 ming so‘m stipendiya to‘landi. Demak, taxminan 200 mingdan ko‘proq talaba 120 ming so‘m (4×30.000) qarz bo‘ladi va qayta hisob-kitob qilinsa, shu pulni qaytarib to‘lashi kerak.


Хушнудбек Худойбердиев сказал: «Правительство пока не имеет права выплачивать такую ​​же стипендию. Студентов нужно переучитывать».

Своим мнением по этому же вопросу в Telegram-канале поделился юрист, блогер, член Республиканского совета по высшему образованию Хушнудбек Худойбердиев. Предлагаем вашему вниманию эти факты в полном объеме.

Если помните, перед новым годом я вкратце писал о том, что платить такую ​​же стипендию студентам незаконно. На самом деле, я собирался снять видео на эту тему и подробно осветить вопросы стипендии. Но у меня не было ни времени, ни технических возможностей для этого. Поэтому я сказал, что могу объяснить это простым текстом.

В социальных сетях многие пишут: «Давайте вернем стипендию в норму». Я как юрист не согласен с этим мнением. Причина в том, что в Узбекистане до сих пор не отменена выплата дифференцированной стипендии, и она действует до сих пор.

На сегодняшний день система выплаты стипендий обучающимся регулируется Инструкцией, утвержденной 10 марта 2004 года и зарегистрированной Минюстом № 1339. Пунктом 3 настоящей Инструкции предусмотрена выплата стипендий обучающимся с применением дифференцированных коэффициентов.

Настоящая Инструкция еще не изменена и не приостановлена.

В соответствии со статьей 35 Закона «О нормативных правовых актах» и пунктом 120 «Правил подготовки и принятия ведомственных нормативных правовых актов» срок действия нормативного правового акта или его части определяется органом или его полномочием. быть приостановлено вышестоящим органом на определенный срок или до наступления определенного события, что делается соответствующим ведомственным нормативным правовым актом.

До сих пор действие указанной Инструкции не приостановлено и каких-либо ведомственных нормативных актов не принято (не опубликовано, не зарегистрировано).

Итак, с сентября всем студентам выплачивается одинаковая стипендия в размере 400 000 сумов, на каком правовом основании это было? Нет!

Только что мы видели совместное письмо заместителя министра финансов О.Исакова и заместителя министра высшего и среднего специального образования С.Бузруханова ректорам вузов. В письме просили обеспечить, чтобы с 1 сентября всем выплачивалась стипендия в размере 400 тысяч сумов (и другие правила) в связи с изменением порядка выплаты стипендий.

Однако на основании этого письма было незаконно выплачивать всем одинаковые стипендии, отрицая порядок выплаты классных стипендий, действующий в Инструкции! Письмо заместителей министров не является нормативным документом, и они не имеют права приостанавливать действие действующего NHH или вводить другие новые правила.

Вывод

Вклад истории в том, что пока не будет официально утверждено новое решение правительства о стипендиях, это означает, что вузы должны будут выплачивать студентам дифференцированные стипендии. Правительству срочно нужен перерасчет со студентами с сентября! Это достойный поступок, и на этом все должно закончиться.

P.S-1: Но лично я категорически против выплаты стипендии студенту, учится он или нет, приходит на занятия или нет, знает он что-то или нет. Я за то, чтобы выплачивать стипендии студентам не только на основе их оценок (Бог знает, как они получили свои оценки), но и на основе их общественной активности, исследовательской деятельности, интереса к науке и семейных обстоятельств. Нынешняя система прожиточного минимума нуждается в пересмотре. Но пусть будет в рамках закона, что действующая Инструкция все еще в силе, и ее нужно выполнять в первую очередь. Также было бы хорошо, если бы неправительственные организации и фонды, например за рубежом, объявляли о различных стипендиях.

P.S-2: Помните одно, если пересчитать студентов с сентября, то это будет убытком для 100% студентов 1 курса и 62% студентов, закончивших семестр старшего курса с оценкой «3». Потому что они должны были получить стипендию в размере 370 тысяч сумов, а по новой системе им фактически выплачивалась более дорогая стипендия — 400 тысяч сумов. Это означает, что более 200 000 студентов будут должны 120 000 сумов (4х30 000) и должны будут вернуть эту сумму при перерасчете.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: