Hududiy xalq ta’limi bo‘limlari xodimlari va direktorlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

Hududiy xalq ta’limi bo‘limlari xodimlari va direktorlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

Xalq ta’limi vazirligi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi xodimlari hamda umumta’lim muassasalar direktorlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish, mukofotlash hamda moddiy yordam ko‘rsatish tartibini belgilash maqsadida Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Ushbu hujjat loyihasi ilovasida «Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida» Nizomi tasdiqlanmoqda.

Shu bilan birga:

✅umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish hamda ishga joylashish ko‘rsatkichlari asosida, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasasi rahbarlari bir martalik to‘lovlari bilan rag‘batlantirish;

✅tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda 1, 2, 3 – o‘rinni egallagan umumta’lim muassasalari direktorlariga keyingi o‘quv yili davomida lavozim okladiga nisbatan mos ravishda har oylik 30, 20, 10 foizlik ustamalar belgilanadi shakllantirish;

✅umumta’lim muassasasi bitiruvchilarining 90 foiz va undan yuqori qismi oliy ta’lim muassasasiga har yil oliy ta’lim muassasalariga Qabul qilish davlat komissiyasi tomonidan belgilangan kvotalar doirasida yoki xalqaro tan olingan  OTM reytinglaridagi TOP-1000 talikka o‘qishga qabul qilingani uchun ushbu umumta’lim muassasasi direktoriga keyingi o‘quv yili davomida lavozim okladining 100 foiz miqdorigacha har oylik ustama haq belgilash;

✅umumta’lim muassasasi o‘qituvchilari sifat tarkibi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, o‘quv yili yakuni bo‘yicha umumta’lim muassasasi direktorlarini bir martalik moddiy rag‘batlantirish;

✅tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi xodimlarini, o‘z ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan vazifalarni tashabbuskorlik bilan hamda sifatli va vijdonan bajarilishidan kelib chiqib, lavozim okladiga har oylik ustamalar belgilash;

✅shuningdek, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi xodimlariga hisobot davrdagi ish natijalari bo‘yicha mukofotlash hamda ularga belgilangan holatlarga moddiy yordam ko‘rsatish belgilanmoqda.

Buyruq loyihasining muhokamasi 2021 yilning 7 yanvariga qadar davom etadi. Muhokamada ishtirok etmoqchi bo‘lganlar quyidagi havola orqali o‘z fikrlarini yozib qoldirishlari mumkin: https://regulation.gov.uz/ru/d/26372


Министерством народного просвещения утвержден проект приказа министра народного просвещения в целях определения порядка предоставления дополнительного материального поощрения, премирования и материальной помощи работникам районных (городских) отделов народного образования и директорам общеобразовательных школ.

В приложении к данному проекту документа утверждено Положение «О формировании и использовании средств Фонда стимулирования работников народного образования, не имеющих статуса юридического лица, при районных (городских) отделах народного образования». .

Однако:

✅ Льготы выпускникам общеобразовательных учреждений на основании зачисления и трудоустройства в учреждения высшего и профессионального образования, единовременные выплаты от руководителей общеобразовательных учреждений за счет средств фонда;

✅Разработка 30, 20, 10-процентных ежемесячных премий для директоров общеобразовательных школ, занявших 1, 2, 3 места в рейтинге района (города), в соответствии с окладом на очередной учебный год;

✅ 90% и более выпускников общеобразовательных учреждений ежегодно принимаются в высшие учебные заведения в пределах квот, установленных Государственной комиссией по приему в высшие учебные заведения или входящих в список ТОП-1000 международно признанных вузов.Назначить ежемесячную премию директору образовательного учреждения до 100% заработной платы на следующий учебный год;

✅Единовременное материальное поощрение директоров общеобразовательных школ в конце учебного года, исходя из качества учителей;

✅Назначение ежемесячных премий работникам районного (городского) отдела народного образования, исходя из инициативы и качественного и добросовестного выполнения поставленных в должностной инструкции задач, добившихся высоких результатов в своей работе;

✅А также награждение работников районного (городского) отдела народного образования по результатам их работы за отчетный период, а также оказание им материальной помощи в отдельных случаях.

Обсуждение проекта приказа продлится до 7 января 2021 года. Желающие принять участие в обсуждении могут оставлять свои комментарии по ссылке: https://regulation.gov.uz/ru/d/26372

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: