Haqiqiy muhabbat 7 bosqichdan so‘ng boshlanadimi?

Haqiqiy muhabbat 7 bosqichdan so‘ng boshlanadimi

Nega oilalar bir-biriga xiyonat qiladi va janjallashadi? Qanday qilib yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarni sezish va ularning oldini olish mumkin? Psixologlar bu haqda nima deydi? Baxtli nikohga erishishning kaliti nimada? Bu kabi savollarga oilaviy hayot davomida ko‘pchilik duch kelishi aniq. Quyida psixologlarning bu boradagi fikrlari bilan tanishamiz

1. Shirin hayot.

Psixologlarning fikricha, bu bosqich taxminan 18 oy davom etadi. Erkak va ayol bir-birini uchratib, yoqtirib qolsa, ularning organizmida dunyoni yorqin ranglarda ko‘ra oladigan gormonlar ishlab chiqarilishi boshlanar ekan. Bu vaqtda insonning ko‘ziga butun dunyo chiroyli ko‘rinadi. Tanlagan insonining tashqi ko‘rinishi, ovozi, hamma jihati juda ajoyib ko‘rinadi. Fe’l-atvoridagi kamchiliklar ham bilinmaydi. Bu davrda inson sarmast holatda bo‘lar ekan. Shunday damda taqdirni o‘zgartiradigan jiddiy qarorlar qabul qilmaslik kerak, chunki ertami-kechmi, sarmastlik holati tugaydi va hamma narsa asl rangida ko‘rina boshlaydi.

2. Zerikish.

Hissiyotlar to‘lqini tinib, yoningizdagi insonnnig ijobiy va salbiy tomonlari yaqqol ko‘rinadi va ularni baholay boshlaysiz. Bu davrda erkak va ayol bir-biriga moslashib qolganligi uchun o‘zini asl holicha, ancha tabiiy va erkin tuta boshlaydi.

3. Nafrat.

Erkak va ayol o‘rtadagi munosabatlar davom etishi uchun bir-birini majbur deb hisoblaydi. Ikkala tomonning ham kamchiligi yaqqol namoyon bo‘la boshlagach, janjal, tortishuvlar boshlanadi. Nafrat yuzaga keladi. Bunday paytda ko‘pchilik eng oson va yomon yo‘lni tanlashni ma’qul ko‘radi -xayrlashish yoki ajrashish. Lekin bunda shoshilmaslik kerak. Siz bir-biringizni sinagan, birga o‘tkazgan shirin damlaringizdan osongina voz kechdingiz. Bundan tashqari, yangi inson bilan tanishib qolsangiz, birinchi bosqichdagidek, shirin hayotni boshlab yuborasiz va hammasi yana shu taxlit davom etadi.

4. Sabr.

Janjallar va xafalashishlar erkak va ayol o‘rtasida bo‘lib turadi, lekin ular o‘tkinchi, kelishmovchiliklar unutilib, munosabatlar yana davom etadi. Agar er-xotin ikkalasi ham buni anglab, sabr qilishga o‘zida kuch topa olsa, o‘z-o‘zidan aql bilan ish yuritishni ham boshlaydi. Bu tabiat qonuni. Va bu bosqichda er-xotin munosabatlarida aql va vazminlik ustunlik qiladi.

5. Burch va hurmat bosqichi.

Bu sevgining birinchi bosqichi, desak ham bo‘ladi. Bungacha bo‘lgan munosabatlarni muhabbat deb ayta olmaymiz. Chunki, ayni shu bosqichda har bir ayol va erkak o‘ziga nima kerakligini emas, sevimli insoni uchun nima qilishi lozimligini o‘ylay boshlaydi. O‘zining majburiyatlarini tushunish insonni mukammallashtiradi.

6. Do‘stlik.

Siz bir-biringiz uchun yaqin va qadrdon insonlarga aylandingiz. O‘rtangizda eng yaqin do‘stlar orasida bo‘ladigan ishonch ham paydo bo‘ldi. Do‘stlik, bu — muhabbat uchun jiddiy tayyorgarlikdir.

7. Sevgi.

Haqiqiy sevgiga erishish oson emas. Unga uzoq muddatli yo‘l orqali boriladi. Aytish mumkinki, muhabbat ilmi hayotiy vaziyatlar va uzoq davom etadigan yaqin munosabatlar asosida o‘rganiladi. Haqiqiy muhabbat bu kallaga nima kelsa, uni qilish degani emas. Sof sevgiga erishish uchun inson avvalo xudbinlik va turli bid`atlardan voz kechishi, kamolga erishishi lozim.

Xulosa. Har bir inson o‘ziga umr yo‘ldoshni o‘zi tanlaydi. Oilaviy hayotda haqiqiy sevgiga erishish uchun avvalo yaqindan tanishib, keyin do‘stlashish, undan so‘ng

esa sevgi munosabatlarini o‘rnatish lozim. Ko‘pchilik juftlar birinchi tanishgan davrini sevgi davri deb hisoblaydi. Aslida esa romantika davri tugab, ko‘zingizdan rangli ko‘zoynak echilgan zahotiyoq ziddiyatlar, tushunmovchiliklar boshlanadi. Ko‘pchilik bunday paytda “tamom, hammasi tugadi, sevgi yo‘q ekan”, degan xulosaga keladi. Shuni unutmangki, sevgida faqat mazali emas, boshqa ta’mlar ham bor: shirin, achchiq, sho‘r, nordon, taxir. Sadoqat va sabr-toqat muhabbatning asosiy talabidir. Agar siz bir marta janjallashganingizda munosabatlaringizda sevgi tugadi, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, ishoning, u hali hatto boshlanmagan ham… Haqiqiy sevgi barcha bosqichlardan o‘tganingizdan keyin boshlanadi.
Internet ma’lumotlari asosida Mohitobon tayyorladi.


Почему семьи предают друг друга и ссорятся? Как обнаружить и предотвратить потенциальные конфликты? Что по этому поводу говорят психологи? Что является залогом счастливого брака? Понятно, что такие вопросы часто задают в семейной жизни. Ниже знакомимся со взглядами психологов на этот счет…

1. Сладкая жизнь.

По мнению психологов, этот этап длится около 18 месяцев. Когда мужчина и женщина встречаются и нравятся друг другу, в их организме начинают вырабатываться гормоны, способные видеть мир в ярких красках. В это время весь мир выглядит прекрасным для человеческого глаза. Внешность, голос и все аспекты избранника поражают. Недостатки характера также неизвестны. В этот период человек находится в состоянии растерянности. В этот момент не стоит принимать серьезных решений, которые изменят вашу судьбу, ведь рано или поздно состояние безумия закончится и все начнет выглядеть по-старому.

2. Скука.

Когда волны эмоций спадают, становятся очевидными плюсы и минусы человека рядом с вами, и вы начинаете их ценить. В этот период мужчина и женщина начинают вести себя более естественно и свободно, так как стали более совместимы друг с другом.

3. Ненависть.

Мужчины и женщины чувствуют себя обязанными продолжать отношения. Когда недостатки обеих сторон становятся очевидными, начинаются ссоры и споры. Возникает ненависть. В этом случае многие предпочитают выбрать самый легкий и худший путь – расставание или развод. Но торопиться некуда. Вы легко отказались от сладких моментов, которые пытались провести вместе. Также при знакомстве с новым человеком у вас начинается сладкая жизнь, как и на первом этапе, и продолжается все тот же анализ.

4. Терпение.

Между мужчинами и женщинами случаются конфликты и обиды, но они временны, разногласия забываются, а отношения продолжаются. Если пара осознает это и найдет в себе силы набраться терпения, они начнут действовать мудро самостоятельно. Это закон природы. И на этом этапе в отношениях пары преобладают интеллигентность и хладнокровие.

5. Стадия долга и уважения.

Это первая стадия любви. Мы не можем назвать прежние отношения любовью. Потому что на этом этапе каждая женщина и мужчина начинает думать не о том, что ему нужно, а о том, что он должен сделать для любимой. Понимание своих обязанностей делает человека совершенным.

6. Дружба.

Вы стали близкими и родными людьми друг другу. Между вами существует доверие, которое является одним из самых близких друзей. Дружба – это серьезная подготовка к любви.

7. Любовь.

Добиться настоящей любви непросто. Это долгий путь. Можно сказать, чтоНаука любви изучается на основе жизненных ситуаций и длительных близких отношений. Настоящая любовь не означает делать то, что приходит на ум. Чтобы обрести чистую любовь, нужно сначала отказаться от эгоизма и различных ересей и достичь совершенства.

Заключение. Каждый выбирает себе супруга. Чтобы добиться настоящей любви в семейной жизни, необходимо сначала познакомиться, потом подружиться, а уж потом

и любовь. Период первого знакомства многие пары считают периодом любви. На самом деле период романтики закончился, и как только вы снимаете цветные очки, начинаются противоречия и недопонимания. Многие приходят к выводу, что «все кончено, кончено, любви нет». Помните, что любовь не только вкусна, но имеет и другие вкусы: сладкий, горький, соленый, кислый, горький. Верность и терпение — основные требования любви. Если вы когда-то думали, что любовь в ваших отношениях закончилась, поверьте, она еще даже не началась… Настоящая любовь начинается после того, как вы пройдете все этапы.
Подготовлено Мохитобон на основе данных Интернета.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: