Fizika fanini o’qitishda yangi pedogogik texnologiyalardan samarali foydalanishda hamkorlikda ishlashning ahamiyati

Fizika fanini o'qitishda yangi pedogogik texnologiyalardan samarali foydalanishda hamkorlikda ishlashning ahamiyati
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida maktab -internatlarida, akademik- litsey va kollejlarda fizika ta’limining ahamiyati, uning fan-texnika taraqqiyotiga, ishlab chiqarish sohalariga va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan belgilanadi.

Maktabda fizika o’qitish ta’limining umumiy maqsadlarga xizmat qilishi, ya’ni o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy tafakkur qila olish qobilyatini, aqliy ruvojlanishini, o’z- o’zini anglash salohiyatini shakllantirilishi va o’stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirilishi, hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantirilishi lozim.
Maktabda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda, o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishda har bir dars mavzusiga jiddiy yondashishda noan’anaviy darslar ahamiyati beqiyosdir. Bunda o’quvchilar bilan hamkorlikda ishlash yaxshi samara beradi. Hamkorlikda o’qitish, asosan o’quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, tavsiya etilgan hamkorlikda o’qitish, ko’proq o’quvchilar tomonidan o’quv materialini qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o’quv bahsi va munozaralar o’tkazishni nazarda tutadi.
Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi – o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qish, o’rganishdir. Hamkorlikda o’qitish o’quvchida kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatishni, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalashni, o’z kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchini mustahkamlashni ko’zda tutadi.
Fizika o’qitishda o’quv materiallariga qiziqish uyg’otishning vazifalaridan biri -o’rganilayotgan ilmiy- ommaviy ahamiyatini o’quvchilarga ochib ko’rsatish. Bu maqsadda o’rganiladigan hodisa va fikrlarni ta’sirli va obrazli qilib bayon etish maqsadga muvofiqdir. Bu maqsadlarni hal etish darajasi maktabning hamma o’quv va tarbiyaviy ishlarini tashkil etishga bog’liq, ammo bu ishlarning natijalari sifatida asosiy rolni dars, xususan, unda foydalaniladigan o’qitish metodlari o’ynaydi.
Darsda quyidagi dars o’tish metodlari va usullari qo’llaniladi:
An’anaviy dars o’tish metodlari, noan’anaviy dars o’tish metodari, umumiy o’qitish metodi, innovatsiyon usullar, o’quvchilar bilimini tekshirish va baholash metodlari.
Hozirgi paytda fizika fanini oqitishga yangi pedagogik texnologiya kirib keldi. Fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish samarali natijalar bermoqda. «Pedagogik texnologiya bu – ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o’zaro ta’sirini inobatga olib, o’qitish va bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash. Yaratish va qo’llashning tizimli metodidir» deb ta’riflanadi.
O’quvchilarda yetarli darajada bilim va ko’nikmalar shakllanishi uchun ular tegishli fizik hodisa va qonuniyatlar bo’yicha o’z mustaqil fikrlarini bildirishlari, o’qituvchi yoki boshqa o’quvchilar bilan fikr almashishlari zarur bo’ladi. Darsda o’rganiladigan mavzuning mazmunini e’tiborga olgan holda o’quvchilarning kichik guruhlarda mustaqil ishlashlari, o’zaro suhbatlar tashkil etish, aqliy hujum, didaktik o’yinlar, o’z-o’zini baholash, mustaqil ravishda masalalarni yecha olishlarini yo’lga qo’yishdan iboratdir.
Mamlakatimiz umumta’lim maktablarida fizika fanini o’qitishda ta’limn ing zamonaviy texnologiyalari- interfaol metodlar qo’llanilmoqda. Fizika darslarida yangi pedagogik texnologiyaning quyidagi metod va usullaridan foydalanish mumkin.
Aqliy hujum, O’tirishlar metodi, Yumaloqlangan qor, Qarorlar shajarasi, Fontamima, Namoyish qilish, Debatlar, Har kim har kimga o’rgatadi, Muayyan holatni o’rganish, Bingo, Klaster, Modellashtirish, Kichik guruhlarda ishlash, Nuqtai nazaring bo’lsin, O’yinlar, Axborot texnologiyalari (kompyuter) yordamida,

Modifikatsiyalangan ma’ruza, Baholovchi munozara, Faol ma’ruza. Bu metodlardan foydalanishda dars mavzusiga e’tibor berishimiz kerak.
Zararli tomoni
«Qarorlar shajarasi»: o’quvchilar bilimlarini jamlash va baholash imkonini beradi. O’quvchilar bu metoddan foydalanar ekanlar potensial qarorlarning mumkin bo’lgan barcha variantlarini, shuningdek ularning har biri bilan bog’liq ijobiy va salbiy tomonlarini mufassal tahlil qiladilar. Mashg’ulotlar vaqtida o’quvchilar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni to’ldiralar. Masalan 7-sinfda Tabiatda va texnikada ishqalanish, «Tabiatdagi kuchlar va ular ta’sirida jismlar harakati» bobini takrorlashda, 6-sinfda Musiqiy tovushlar va shovqinlar. Tovush va salomatlik kabi mavzularda bu metoddan foydalanish mumkin..
Ishqalanish kuchlarning
Foydali tomoni
Qaror
O’tkazish usuli:
1. Mashg’ulot boshlanishidan oldin o’qituvchi tahlil mavzusi bo’lishi lozim bo’lgan muammoni belgilaydi, guruhlar uchun ko’rib chiqilayotgan muammoning chizilgan jadvallari beriladi. Bu muammo quyidagicha: Elastiklik, butun olam tortishish, ishqalanish kuchlarining foydali va zararli tomonlarini yozing.
2. O’qituvchi sinfni 4-6 kishilik guruhlarga ajratadi. Ularga mashqni bajarish uchun vaqt (10-20 minut) va plamaster beriladi.
3. Guruhdagi o’quvchilarga kuchlarning foydali va zararli tomonlarini yozish topshiriladi va belgilangan vaqt tugaguncha davom ettirishadi.
4. Vaqt tugagandan keyin guruh sardorlari jadvallarini doskaga ilishadi va o’z guruhlari ishining natijasini qiyoslaydilar, qarorlar qabul qiladilar. O’ qituvchi guruhlarning jadvallarini qiyoslaydi, guruhlarni rag’batlantiradi.

Bu metodlar va usullar orqali oquvchilarning shu fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish mumkin.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi har bir o’quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini to’liq va sifatli bajarishga, o’quv materialini puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam uyushtirishga zamin tayyorlaydi.

Vaisova Zaynab , Xorazm viloyati 10-son IMI oliy toifali fizika fani o’qituvchisi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: