«Farishtali» yoki xarizmali inson bo‘lishning 3 omili

Farishtali yoki xarizmali inson bo‘lishning 3 omili

Nega bilimi va salohiyati bir xil insonda ikki xil taqdir yo‘lini ko‘rish mumkin? Biri taniqli siyosatchi yoki yirik biznesmen, boshqasi esa oddiy, o‘zining kundalik yumushlari bilan band inson. Ularni taqdir yo‘llari ba’zida ularning qarorlari bilan bog‘liq bo‘lsa, shu bilan birga bunda fe’l-atvorlaridagi xislatlar, xususan odamlarning diqqatini jalb qila olish qobiliyatlari muhim o‘rin egallaydi.

Biz o‘zbeklarda «farishtali inson» degan tushuncha bor. Bu kabi insonlar odamlarning ko‘ngliga yo‘l topib, jozibasi bilan maftun qiladi. Biz shunday insonlarga talpinamiz. ulardan ijobiy quvvat tarqayotganini his qilamiz va bunday kayfiyat ulardan bizgayam yuqadi. G‘arbda esa bunday insonlarni «xarizmali inson» deyishadi. Odatda bunday xususiyatli insonlardan buyuk yo‘lboshchilar, jamoat va davlat arboblari, biznesmenlar va yaxshi do‘stlar yetishib chiqadi. Sababi, ular vaziyatga to‘g‘ri baho beradilar va o‘z yon-atrofidagilarning e’tiborini qozonib, ularga ta’sir o‘tkaza oladilar.
Diniy manbaalarda yozilishicha, insonga bu xususiyat Yaratgan tomonidan in’om qilinar ekan. Aslida bunday qobiliyat hammada bor, ammo ko‘pchilik uni qo‘ldan boy berib qo‘yadi.
Ba’zida insonlarni xatti-harakatimizga ishontirish, ularni o‘zimizga ergashtirish uchun bilim yoki tajribaning o‘zi kamlik qiladi.
Buning uchun insondagi shaxsiy xarizma, ya’ni fe’li va o‘zini tutishdagi jozibadorlik, boshqalarni u tomonga tortadigan kuchning o‘rni yuqori.
Xarizma insonning nutqida, mimikasi, oddiy harakatlari va odobining natijasi. Uning yordamida muhokamalarda ikki guruhning boshini bir maqsad atrofida birlashtirish, noqulay vaziyatning oldini olish va yopiq eshiklarni ham ochish mumkin.
Olivia Foksning «Xarizma afsonasi» kitobida yozilishicha, bu kabi insonlarda 3 xislatning o‘rni yuqori bo‘ladi. Bular — insonlarga hurmat, salohiyat va iliqlik.

Insonlarga hurmat


E’tiborli bo‘lish. Bugun inson hayoti elektron qurilmalarga to‘la vaqtda suhbatlashayotganlarga ko‘zingiz tushsa, aksariyat holda ularning har ikkalasi ham suhbat chog‘ida dam-badam qo‘l telefoniga tikilishi, xayoli parishonligi, aslida suhbatdoshiga tikilgan nigohi, e’tibori soxta ekanligiga amin bo‘lasiz. Agar kimdir siz bilan ham shu tarzda suhbatlashsa, qattiq ranjiysiz.
Ortiqcha harakatlar qilmang. Bir kishi yoki guruh bilan suhbatlashayotgan vaqtda imkon qadar o‘zingizni ularga yaqin oling. Suhbatni bo‘ladigan harakatlar qilmang. Hayotingizning o‘sha damlarini shu odamlarga bag‘ishlang. Axborot texnologiyalari asri odamlarining eng katta kamchiligi aslida suhbatdoshining qarshisida jismonan hozir bo‘lsa ham, aslida uning fikri-zikri onlayn olamda bo‘lmoqda.
Bo‘lar-bo‘lmas xatti-harakatlar qilib, qo‘lingiz yoki gavdangizni hadeb harakatlantirmang, smartfonni barmog‘laringiz orasida aylantirmang, atrofga alanglamang. Bu suhbatdoshni noqulay ahvolga soladi va sizni asabiy kishi deb o‘ylashi mumkin.
Suhbatdoshni tinglash. Xarizmali inson boshqalarni o‘zi tomonga qaysidir fikrni singdirib, majburlab og‘dirib olmaydi. Aksincha, inson jozibali xulqi bilan boshqalarni uning yonida o‘zlarini xotirjam his qilishlariga yordam beradi, uni tinglab, suhbatdoshining e’tiborini jalb qiladi.
Ruhiy va hissiy quvvatning kimgadir yo‘naltirilishi odamlarga e’tiborli bo‘lishni, o‘z navbatida, ularning e’tiborigi tushishni kafolatlaydi.
Me’yorni unutmang. Xarizma insondagi ochiq yoki yopiq fe’l bilan hisoblashmaydi. «Xarizma afsonasi» kitobida misol sifatida amerikalik taniqli tadbirkor Elon Mask keltirilgan. U tabiatan kamgap va o‘ta aqlli inson. U odamlarning diqqatini tortadigan, begona insonni ham uni tinglashga majbur qiladigan xarizmaga boy xulq-atvorning egasi. Garchi, Elon Mask yopiq fe’lli bo‘lsa ham, kezi kelganda diqqat va e’tibori yordamida tashqi olam bilan muvozanatini me’yorida yoshlab turadi. U har kimning yoniga borib gap sotishni emas, kamchilik bo‘lsa ham, unga yaqin insonlarning diqqatini qozonishni istaydi. Xarizmada son emas, sifat muhim.
Soxtalikdan qoching. Nimadandir umid qilib, kimningdir ishonchiga kirish, unga go‘yoki soxta jozibador xulq-atvor bilan muomala qilishning iloji yo‘q. Insoniylikni soxatalashtirib bo‘lmaydi. Bu aksincha suhbatdoshning nafratiga sabab bo‘ladi.
Diqqatingizni jamlang va jismingiz qayerda bo‘lsa, ong va shuuringizni ham shu yerga keltiring. Elektron vositalarni o‘chirib qo‘ying. Buni suhbatdoshga sezdirsangiz ham bo‘ladi. Shunda uning o‘zingizga nisbatan yaxshi taassurotiga erishasiz.
Ko‘z yordamida aloqa qilish. Ruhiy tadqiqotlar ko‘zi yordamida ham aloqaga kirishuvchi insonlarda samimiylik, rostgo‘ylik, halollik, chuqur bilim va mulohaza, o‘ziga ishonch, hissiy barqarorlik yuqori bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Ko‘z yordamida ham suhbatdoshda ijobiy taassurot uyg‘otish mumkin. Suhbat chog‘ida atrofdagi odamlarning nigohiga qarang, ammo juda qattiq tikilmang.
Gavda tilidan foydalanish. Nafaqat ko‘z yordamidagi aloqa, gavda tili bilan aloqa ham samaralidir. Suhbat asnosida bosh irg‘ab, qarshingizdagi odamni tinglayotganingizni bildirib turing. Ammo juda me’yoridan oshirmang. O‘rni kelganida dilizdagini yuz ifodasi bilan ayting.
Savollar berish. Suhbat asnosida biror nimani tushunmay qolsangiz, suhbatdoshga vaziyatga oydinlik kirituvchi savollar bilan murojaat qiling.
Stefan Koveyning «Sermahsul kishilarning 7 odati» kitobida o‘ziga xos uslubda savol berish taklif qilingan. Ya’ni, suhbatdoshdan «Sizni to‘g‘ri tushunyapmanmi?» deb so‘rash ham juda muhim.
Suhbatdosh fikrini bo‘lmang. Suhbat chog‘ida kimnidir tinglab turganingizda uning fikriga nisbatan xulosa yoki munosabatni gapirayotgan odam so‘zini tugatganidan keyin bildiring. Insonda boshqalarning fikrini bo‘lib qo‘yadigan odatning borligi uning muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Shu sababli, suhbatdosh so‘zini tugatgach, 3-4 soniya fikringizni jamlang va munosabat bildiring.

Salohiyat


Salohiyat insonga o‘zidagi kuch-qudratga bo‘lgan ishonch uchun kerak. Buning quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ling. Ko‘p narsa to‘g‘risida oz-ozdan bilish. Hayot va ish taqozosi bilan biz turli davralarga tushamiz. Kezi kelganida samo haqida, kezi kelganida dehqonchilik to‘g‘risida bilimlar bizning keng qirrali ekanimizni ko‘rsatadi. Ko‘proq kitob o‘qing, izlaning, har kuni yangi biror ilmiy maqola mutolaa qiling.
Kelishgan qad-qomat. Ha, bu juda muhim. Ilk uchrashuvda sizning salobatli, kelishgan qad-qomatli ekaningiz hali so‘z boshlamasingizdan turib, sizni tinglashlari uchun zarur sharoitni yaratadi. Bunday qomat boshqalarning miyasiga sizning o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz haqida xabar yuborib turadi.
The Wall Street Journal nashrining amerikaliklar o‘rtasida o‘tkazgan tadqiqoti ozg‘in insonlar gavdali odamlarga qaraganda $8,437 dollar kamroq pul ishlab topishlarini ko‘rsatmoqda.
Militsiya yoki prokuror formasidagi kishi oldida ming gunohsiz bo‘lsak ham, hayajonlanib qolishimiz bor gap. Demak, «farishtali inson»ning kiyimi ham ahamiyatga ega ekan. Tadqiqotlarda vaziyatga qarab, munosib kiyinish qisqa fursatda e’tiborga tushishning, ishonchni qozonishning qulay usuli ekanligi isbotlangan. Ammo muvaffaqiyatli insonlarning o‘z hayotiy qoidalari bor. Misol uchun, Stiv Jobs qora sviter kiyishni ma’qul ko‘rgan bo‘lsa, Mark Zukerberg jamoatchilik qarshisida kulrang futbolkada namoyon bo‘ladi. Insonning o‘z shaxsiy qoidalarini hurmat qilish, uning intizomli odam sifatida boshqalarning ishonchini qozonishiga ham yordam beradi.
O‘zingizga e’tiborli bo‘ling. Xarizmali odamlar o‘zlariga nisbatan ishonchlari bo‘lishi uchun sog‘lom, xotirjam bo‘lishlari kerak. Vaqtida dam oling, salomatlikka befarq bo‘lmang, kiyinish madaniyatiga e’tiborli bo‘ling.

Iliq munosabat


Kimgadir qilingan tabassum iliq munosabatning elchisi. Insonlar tabassum qilishni o‘rganganlaridan so‘ng yana ham samarali muloqotga erishganlari aniq. Tabassum qilishga odatlaning. Jilmayish, nim tabassum ham sizning yaxshi inson ekaningiz haqida xabar yetkazadi. Zero, dilida kiri bor inson tabassum qilishni ham eplay olmaydi.
Odamlarga minnatdorchilik bildirishga odatlaning. Minnatdorchilik izhor qilish orqali insonning o‘zi ham baxtiyor bo‘ladi. Ruhiy tadqiqotlar boshqalarga rahmat aytgan, tashakkurini izhor qilgan odamlar kun davomida samarali mehnat qilib, yaxshi kayfiyatda yurishlarini isbotlagan.
Insonlarning og‘ir kunlarida ularga hamdardlik bildiring. Inson taftini inson oladi, degan gap to‘g‘ri. Bu orqali og‘ir damda ham ularning chinakam do‘sti ekanimizni isbotlagan bo‘lamiz.
Ko‘proq kitob o‘qing. So‘nggi izlanishlar kitob o‘qish inson ruhiyatini tarbiyalar ekan. Shu sababli ham, kitob o‘qiydigan insonlar boshqalarni tezroq tushunadilar.


Почему в человеке с одинаковыми знаниями и потенциалом можно увидеть два разных пути судьбы? Один — известный политик или крупный бизнесмен, а другой — простой человек, занятый своей повседневной работой. Их судьба иногда определяется их решениями, но большую роль играют черты их характера, особенно умение привлекать внимание людей.

У нас, узбеков, есть понятие «ангельский человек». Такие люди проникают в сердца людей и очаровывают их. Мы стремимся к таким людям. мы чувствуем, что от них исходит положительная энергия, и такое настроение передается от них и нам. На Западе таких людей называют «харизматичными людьми». Из таких людей получаются отличные лидеры, общественные деятели, бизнесмены и хорошие друзья. Это потому, что они умеют правильно оценивать ситуацию и завоевывать внимание и влияние окружающих.
Согласно религиозным источникам, этим качеством наделил человека его Творец. На самом деле эта способность есть у всех, но многим ее не хватает.
Иногда не хватает знаний или опыта, чтобы убедить людей в нашем поведении и заставить их следовать за нами.
Для этого личная харизма человека, то есть привлекательность его поступков и поведения, играет немалую роль в привлечении к нему окружающих.
Харизма – это результат речи человека, мимики, простых действий и манер. С его помощью можно объединить глав двух групп вокруг общей цели в обсуждениях, предотвратить смущение и даже открыть закрытые двери.
Согласно «Легенде о харизме» Оливии Фокс, в таких людях важны эти три качества. Это уважение, потенциал и тепло для людей.

Уважение к людям

Будь осторожен. Сегодня, если вы посмотрите на людей, постоянно разговаривающих по электронным устройствам, то в большинстве случаев они оба во время разговора время от времени смотрят в свои мобильные телефоны, их отвлекает то, что они на самом деле пристально смотрят на собеседника, их внимание фальшивое. Если кто-то разговаривает с вами таким же образом, вы очень расстраиваетесь.
Не перестарайся. Разговаривая с человеком или группой, будьте как можно ближе к ним. Не пытайтесь говорить. Посвятите эти моменты своей жизни этим людям. Самый большой недостаток людей в век информации заключается в том, что они хоть и физически присутствуют перед своим собеседником, но на самом деле его мысли находятся в онлайн-мире.
Не двигайте руками или телом, не вращайте смартфон между пальцами и не смотрите по сторонам. Это может смущать и заставлять вас нервничать.
Слушание собеседника. Харизматичный человек не может заставить других принять идею.Наоборот, человек с привлекательной манерой поведения помогает окружающим чувствовать себя с ним непринужденно, прислушивается к нему и привлекает внимание собеседника.
Сосредоточение умственной и эмоциональной энергии на ком-то гарантирует, что люди обращают внимание и, в свою очередь, привлекают их внимание.
Помните правило. Харизма не считается открытым или закрытым глаголом в человеке. В качестве примера в книге «Легенда о харизме» приводится известный американский бизнесмен Илон Маск. По натуре он очень умный человек. У него харизматичная манера поведения, которая привлекает внимание людей и заставляет слушать его даже незнакомца. Хоть Илон Маск и замкнутый человек, когда приходит время, он использует свое внимание и внимание, чтобы сохранить баланс с окружающим миром. Она не хочет идти и продавать, она хочет привлечь внимание близких ей людей, даже если это недостаток. В харизме важно качество, а не количество.
Избегайте подделок. Нельзя доверять кому-то в надежде на что-то, относиться к ним с ложно-привлекательным отношением. Человечество нельзя обмануть. Это, в свою очередь, приводит к ненависти к собеседнику.
Сконцентрируйтесь и перенесите свой ум и сознание туда, где находится ваше тело. Выключите электронные устройства. Вы можете сообщить другому человеку. Таким образом, вы будете чувствовать себя хорошо.
Зрительный контакт. Психологические исследования также показывают, что люди, общающиеся глазами, обладают высоким уровнем искренности, честности, порядочности, глубоких знаний и мышления, уверенности в себе и эмоциональной устойчивости. Глаза также могут произвести положительное впечатление на другого человека. Смотрите на людей вокруг вас во время разговора, но не смотрите слишком пристально.
Использование языка тела. Больше всего требуется не только хорошее общение, но и его бдительность и самоотверженность. Во время разговора кивайте головой и дайте собеседнику понять, что вы его слушаете. Но не переусердствуйте. Когда это уместно, используйте выражения лица.
Задавать вопросы. Если вам что-то не понятно во время интервью, задавайте интервьюеру вопросы, проясняющие ситуацию.
Книга Стивена Кови «7 навыков продуктивных людей» предлагает задавать вопросы уникальным способом. То есть «Правильно ли я вас понимаю?» Также важно спросить.
Не будь притчей во языцех. Когда вы слушаете кого-то в разговоре, сделайте вывод или реакцию на мнение человека после того, как вы закончили говорить. Привычка разделять мнения других может негативно сказаться на успехе человека. Поэтому, закончив говорить, сконцентрируйтесь на 3-4 секунды и прокомментируйте.

потенциал

Потенциал нужен для уверенности в себе. Иметь следующие особенности. Узнайте немного о многом.С требованиями жизни и работы мы попадаем в разные круги. Знание неба в какой-то момент и сельское хозяйство в другое время показывает, что мы универсальны. Читайте больше книг, ищите, читайте новую научную статью каждый день.
Красивый рост. Да, это очень важно. При первой встрече тот факт, что вы сильны и хорошо сложены, позволит им выслушать вас еще до того, как вы начнете говорить. Эта форма посылает сообщение уверенности другим.
Исследование, проведенное The Wall Street Journal среди американцев, показывает, что худощавые люди зарабатывают на 8 437 долларов меньше, чем обычные люди.
Даже если мы невиновны перед полицейским или прокурором, мы все равно взволнованы. Так что одеяние «ангельского мужчины» тоже имеет значение. Исследования показали, что, в зависимости от ситуации, правильная одежда является удобным способом привлечь к себе внимание и доверие в краткосрочной перспективе. Но у успешных людей есть свои правила жизни. Например, если Стив Джобс предпочитает носить черный свитер, Марк Цукерберг появится на публике в серой футболке. Уважение к собственным правилам также помогает завоевать доверие других как дисциплинированному человеку.
Береги себя. Харизматичным людям нужно быть здоровыми и спокойными, чтобы иметь уверенность в себе. Отдыхайте вовремя, будьте здоровы и следите за своим дресс-кодом.

Теплое отношение

Улыбка, сделанная кому-то, является послом теплых отношений. Когда люди учатся улыбаться, они более эффективно общаются. Привыкайте улыбаться. Улыбка, даже полуулыбка, говорит о том, что вы хороший человек. Ведь человек с грязным сердцем не может даже улыбаться.
Привыкайте благодарить людей. Благодарность делает человека счастливым. Психологические исследования показали, что люди, которые благодарят других, продуктивно работают в течение дня и гуляют в хорошем настроении.
Выражайте сочувствие людям в трудную минуту. Это правда, что человеческий талант приобретается человеком. Таким образом, мы сможем доказать им, что мы их лучший друг, даже в трудные времена.
Читайте больше книг. Недавние исследования показывают, что чтение книг может улучшить психику человека. Вот почему люди, читающие книги, быстрее понимают других.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: