Elektron kitoblarni yuklab olish uchun eng yaxshi kutubxona saytlarini izlayapsizmi? Biz sizga eng katta va eng yaxshilarini aytib beramiz.
«KITOBLARNI YOQISHDAN KO’RA YOMONROQ JINOYAT HAM BOR.
MASALAN, ULARNI O’QIMASLIK»
✍Rey Bredberi
E’tiboringizga biz uchun eng yaxshi ko’ringan onlayn internet kutubxonalarning top 6 taligi bilan tanishtiramiz.
Biz ta’rifini keltirayotgan ushbu kutubxonalar ilmni rivojlantirish yo’lida tashkil etilgan bo’lib, ulardagi barcha kitoblarni bepul ko’chirib olib mutolaa qilishingiz mumkin. PDF shaklidagi kitoblarni kampyuteringizda o’qish uchun ushbu dasturni, smartfoningizda mutolaa qilish uchun ushbu ilovani o’rnatgan bo’lishingiz kerak. Demak, boshladik.
1. Ziyonet ta’lim kutubxonasi
Ushbu kutubxona barcha yo’nalishdagi ta’lim muassalari (maktab, litsey, kollej, universitet) o’qituvchi va o’quvchilari uchun juda katta kitoblarni o’zida mujassamlashtirgan. Saytning o’ziga xos jihatlardan yana biri unga o’zingiz ham electron kitoblarni joylab borsangiz bo’ladi. Saytda quyidagi yo’nalishlarda electron kitoblarni toppish mumkin:
Tabiiy-ilmiy, Gumanitar ta’lim, Texnika va texnologiyalar, Madaniyat va san’at, Iqtisod va boshqaruv, Tibbiyot va farmasevtika, Harbiy ish, Badiiy adabiyot, Chet tillari, Buxgalteriya, Qishloq xo’jaligi, Tirik organizm faoliyati xavfsizligi, Turizm, Boshqaruv va axborot texnologiyalari, Оммавий ахборот воситалари, Yo’l harakati qoidalari, Huququshunoslik, Informatika, Pedagogika, Boshlang’ich ta’lim va boshqa sohalarga oid 110 000 mingdan ortiq kitoblar, o’quv qo’llanmalar, dissertatsiyalar, diploma va kurs ishlari, monografiya va o’quv darsliklarni yuklab olish mumkin.
Sayt manzili: Ziyonet.uz kutubxonasi
2. Ziyo istagan qalblar uchun internet kutubxonasi.
Mazkur onlayn internet kutubxonasi ko’p yillardan buyon mushtariylarga kitoblarni electron shaklga keltirgan holda hadya etib kelmoqda. Ushbu internet kutubxonada quyida keltirilgan mavzulardagi kitoblarni mutlaqo bepul toppish va oson yuklab olish mumkin:
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
O‘zbek mumtoz adabiyoti
Alisher Navoiy asarlari
O‘zbek zamonaviy she’riyati
O‘zbek nasri
O‘zbek dramaturgiyasi
O‘zbek adabiy tili
O‘zbek tilining izohli lug‘ati
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Jahon xalqlari og‘zaki ijodi
Sharq mumtoz adabiyoti
Jahon nasri
Jahon she’riyati
Jahon dramaturgiyasi
Bolalar kutubxonasi
Islomiy kitoblar
Tasavvufga oid kitoblar
Axloq-odobga oid kitoblar
Hikmatlar xazinasi
Tarixga oid kitoblar
Prezident asarlari
Ilmiy-tarixiy, adabiy maqolalar, risolalar
Adabiyotshunoslik
Adabiy antologiya
Adabiy, tarixiy bukletlar
Adabiy esdaliklar, xotiralar
Hajviyot
Tarjimashunoslik
Eski o‘zbek yozuvi
Lug‘atlar
Chet tillari
Tibbiyotga oid risolalar
Publitsistika
Pazandalik
Falsafa
Aniq fanlar
Jurnalistika
San’atshunoslik
Statistika
Hunarmadchilik
Uzbek literature (in English)
Sport.
Bundan tashqari ushbu satda audio shaklidagi kitoblar, jurnallar, oily va maxsus o’rta ta’lim muassasalari darsliklari, maktab darsliklari, mobil kitoblar, rus va qoraqalpoq tilidagi kitoblar, bibleografik nashrlar ham o’rin olgan.
Sayt manzili: Ziyouz.com kutubxonasi
3. Talabalar uchun axborot izlash markazi
Ushbu sayt abituriyentlar, talabalar, o’quvchilar, o’qituvchilar uchun katta manbalarni to’plagan. Unda turli fanlarga oid kitoblar, dars ishlanmalar, testlar, uslubiy qo’llanmalar, tarqatmali materiallar, metodik tavsiyalar, referatlar, prezentatsiyalar, va boshqa materiallarni toppish mumkin. Eslatib o’taman, ushbu saytdagi materiallarni yuklab olish uchun saytdan ro’yhatdan o’tib olishingiz talab etiladi.
Sayt manzili: Aim.uz axborot izlash markazi
4. Xalq ta’limi vazirligining axborot ta’lim portali
Mazkur sayt orqali darsliklarning electron variantlari, pedagog va amaliyotchilar tajribasidan materiallar, fanlarga oid videodarslar, videoroliklar, ma’ruzalar, virtual laboratoriya ishlari, testlar, animatsiyalar, darsda kerakli fotolar, o’rgatuvchi ta’limiy o’yinlar, prezentatsiya va tekst shaklidagi dars ishlanmalari, o’quv reja va dasturlarni toppish mumkin. Shuningdek ushbu saytdan ertaklar, hikoyalar, topishmoqlar, she’rlar, rivoyatlar, ta’limga oid electron dasturlar ham o’rin olgan. Saytimizda ushbu ta’lim portaliga joylangan maktab o’quv darsliklarini qulay tarzda yuklab olish imkoniyati ham yo’lga qo’yilgan. Saytimizning elektron darsliklar sahifasigao’tib tanishib chiqishingiz mumkin.
Sayt manzili: Eduportal.uz Xalq ta’limi portali
5. Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi
Ushbu sayt Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasining internet nashri bo’lib, quyidagi yo’nalishlardagi sifatli kitoblarni yuklab olish imkoni mavjud:
Falsafa, Psixologiya, Logika, Etika, Estetika, Dinshunoslik, Ijtimoiy Fanlar(Sotsiologiya,Siyosat, Huquq, Pedagogika…), Filologiya Va Tilshunoslik, Matematika Va Tabiiy Fanlar, Tibbiyot, Qishloq Xo’jaligi, Texnika, San’at Va Sport, Adabiyotshunoslik Va Badiiy Adabiyot (Chet El Adabiyoti), O’lkashunoslik, Geografiya Va Tarix.
Ushbu internet nashri orqali kutubxona yangiliklaridan ham boxabar bo’lib borishingiz mumkin.
Sayt manzili: Pedkutubxona.uz internet kutubxonasi
6. Respublika bolalar kutubxonasi
Ushbu internet kutubxonada bolalar va yoshlar uchun ko’plab resurslarni uchratish mumkin. Jumladan quyidagi mavzudagi kitoblartaqdim etilgan:
O’zbek adabiyoti
Jahon adabiyoti
Tarixga oid kitoblar
Psixologiyaga oid kitoblar
Axborot texnologiyalari
Madaniyat va san’atga oid kitoblar
Taniqli odamlar biografiyasi
Darsliklar
Dostonlar
Bundan tashqari saytda ko’plab audio kitoblar, hikoyalar, va foydali ma’lumotlarni toppish mumkin.
Sayt manzili: Kitob.uz bolalar kutubxonasi
Internet kutubxona sifatida rivojlanib kelayotgan saytlar, nashrlar ko’p. Biz ulardan eng saralarini aytib berishga harakat qildik. Maqolada electron kitoblarni pullik taqdim etadigan saytlarni chetlab o’tdik. Agar siz biladigan, bizning nazarimiz hali tushmagan yaxshi internet kutubxonlarni bilsangiz fikr bildirish formasida yozib qoldirishingiz mumkin.