Dunyoning eng katta kutubxonalari haqida bilasizmi?

Dunyoning eng katta kutubxonalari haqida bilasizmi?
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

E’tiboringizga dunyoning eng katta kutubxonalar 10 taligini taqdim etamiz.

Internet ommalashgani sayin kutubxonalar nazardan qolayotgandek. Lekin, kutubxona kitobni qadrlovchilar uchun har doim ziyo maskani bo’lib qolaveradi. Qolaversa, kutubxonalarda saqlanayotgan tarixiy ma’lumotlarning barchasini ham internet tarmog’ida topishning iloji yo’q. Yirik kutubxonalarda zamonaviy kitoblar bilan bir qatorda qadimiy asarlar ham saqlanadi.

10.Rossiya fanlar akademiyasining Ilmiy axborot instituti kutubxonasi (Moskva, 14,2 millionta nashr)

9.Garvard universiteti kutubxonasi (Kembridj, 16 millionta nashr)

8.Nemis milliy kutubxonasi (Frankfurt, Leypsig, Berlin, 25 millionta nashr)

7.Rossiya fanlar akademiyasi kutubxonasi (Sankt-Peterburg, 26 millionta nashr)

6.Kanada milliy kutubxonasi va arxivi (Ottava, 26 milliondan ortiq nashr)

5.Xitoy milliy kutubxonasi (Pekin, 27,8 millionta nashr)

4.Rossiya davlat kutubxonasi ( Moskva, 44 millionta nashr)

3.Nyu-York ommaviy kutubxonasi (Nyu-York, 53 millionta nashr)

1895 yilda asos solingan, xususiy notijorat tashkilot. Davlat va xususiy sektor tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu kutubxona xizmatidan yiliga 18 million kishi foydalanadi.

2.Britaniya kutubxonasi ( London, 150 million nashr)

1972 yilda Britaniya parlamenti tomonidan tashkil etilgan. Mamlakatda bosilgan har bir bosma mahsulot mazkur kutubxonaga yuboriladi. Bu yerda Leonardo da Vinchi qo’lyozmalari, buddaviylarning ko’hna bitiklari saqlanadi. Kuniga 16 ming kishiga xizmat ko’rsatadi.

1.Kongress kutubxonasi (Vashington, 155 milliondan ortiq nashr)

Dunyodagi eng katta kutubxona. 1800 yil 24 aprelda asos solingan. Avvaliga undan faqatgina prezident, vise-prezident, senat va kongress a’zolari foydalana olgan. 470 tilda 30 milliondan ortiq kitob, 58 millionta qo’lyozma saqlanadi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: