Dunyodagi eng zamonaviy kutubxonlar haqida

Dunyodagi eng zamonaviy kutubxonlar haqida

Yaxshi kitobni chiroyli kutubxonada oʻqish — bu, albatta, ideal uygʻunlik.

Tarixga nazar solsak, ilk kutubxonalar taxminan eramizdan 2600-yillar avval paydo boʻlgan ekan. Ammo afsuski u davrda maʼlumotlarning barchasini saqlab qoluvchi arxivlar mavjud boʻlmagan, boʻlsa-da bizgacha ular yetib kelmagan. Hozirgi zamonaviy kutubxonalar esa shu qadar qulay, oʻziga xos tarzda bunyod etilmoqdaki, ularni koʻrib barchaning koʻzi quvnaydi. Xoʻsh, zamonaviy kutubxonalar nimasi bilan ajralib turadi? Ularning noodatiy dizaynidan tortib, kitoblarning turli shakllarda chop etilganigacha eʼtiborni tortmay qolmaydi. Zamonaviy kutubxonalar yangicha arxitektura uslubida boʻlib, kitobxonlarni hayratga solishi tayin.

Eng yaxshi mudofaa — bu oʻzgaruvchanlik, mohiyatni saqlab qolgan holda yangi shaklga oʻtish qobiliyatidir. Bu kutubxonalarning mavjudligiga ham tegishli. Agar ular oʻzgarmasa, oddiy odamlar ular uchun tezda boshqa dasturni topadilar: kitoblarni oʻchoqqa uloqtirishadi, kutubxona binolarini esa tijorat muassasalariga aylantirishadi. Raqamli davrda kutubxonalar oʻzlarining mavjud falsafasini rivojlantirishlari, foydalanuvchilarning manfaatlarini taʼminlash, xizmat koʻrsatish va yangi ehtiyojlariga mos keladigan fondlarni yaratish sohasidagi oʻziga xosligini taʼkidlash kerak. Kutubxonalar oʻzgarishi kerak. Kelajak kutubxonasini yaratish kerak. Gʻarbda ham, Rossiyada ham bu tendensiya allaqachon namoyon boʻlmoqda va bugun men juda aniq misollardan foydalanib, haqiqiy oʻzgarishlarni koʻrsatmoqchiman. Kelajakning haqiqiy kutubxonalari yaratilmoqda. Ayrim shunday zamonaviy kutubxonalar haqida soʻz boradi.

“Book Mountain and Library Quarter” nomli kutubxona (Niderlandiya)


Gollandiya shaharlaridan birida joylashgan. Kub koʻrinishida barpo etilgan bu binoning tomiga xuddi piramida joylashtirilgandek koʻrinadi va bu noodatiyligi bilan shahardagi boshqa binolardan ajralib turadi.”Book Mountain” yaʼni “kitoblar togʻi” iborasi aynan kutubxona nomi uchun bejiz tanlanmagan. Sababi, bu binoning ichiga kirishingiz bilan zalning oʻrtasida kitoblardan togʻni yodga soluvchi shakl yaratilganining guvohi boʻlasiz. Kutubxonadagi kitoblar bir necha boʻlimlarga ajratilgan boʻlib, bu qidirgan kitobingizni tezda topish imkonini beradi. Yana shunisi ahamiyatliki, kutubxona binosi yorugʻlik toʻgʻridan-toʻgʻri tushuvchi yerda barpo etilgan. Shu sabab kunduz kunlari kutubxona uchun hech qanday chiroqning keragi yoʻq.

Birmingemdagi yangi kutubxona (Angliya)


Buyuk Britaniyaning eng katta kutubxonasi, Yevropaning esa eng katta maʼnaviy markazlaridan biri sanaladi. Ushbu kutubxona dizayni gollandiyalik arxitektorlar tomonidan yaratilgan. Binoning old tarafdan koʻrinishi noodatiy: oddiygina halqalar yordamida chiroyli koʻrinishga ega naqshlar yaratilgan va bu naqshlar binoga oʻzgacha chiroy baxsh etgan. Kutubxona bir necha qavatdan iborat boʻlib, bu yerda britaniyalik yozuvchilar kitoblari hamda jahon adabiyoti durdonalari bilan tanishish mumkin.

Vennesl kutubxonasi


Norvegiyaning madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Bu kutubxonani soʻzsiz eng zamonaviylaridan biri deya atash mumkin. Sababi bu yerda kutubxona bilan birgalikda kafe, bir qancha konferensiyalar zali va oʻquv markazi ham faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, bu yerda Norvegiyaning eng katta arxivi mavjud. Kutubxona doimo oʻz kitobxonlari uchun ochiq.

Sejon milliy kutubxonasi (Koreya)


Kutubxona joylashgan maydon 21000 kv. metrni tashkil qiladi. Bu bino 2013-yilda qurib bitkazilgan. Bir necha qavatdan iborat bu binoning birinchi va ikkinchi qavatlari dam olish hamda kitob oʻqish uchun moʻljallangan. Uchinchi qavatda turli konferensiya va seminarlar oʻtkazish rejalashtirilgan. Toʻrtinchi qavatda restoran joylashgan. Bu qavat orqali tomga chiqish imkoni mavjud boʻlib, bu yerda kichik bir bogʻ barpo etilgan.

Sammamish shahri kutubxonasi (Vashington)


Oʻzining ajoyib dizaynga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bu yerda kitob mutolaasi uchun qulay oʻquv zali mavjud. Shuningdek, bu yer tarixni yodga soluvchi isitish tizimi bilan jihozlangan, dizayning zamonaviyligi esa kitobxonlar uchun birmuncha qulaylik yaratadi. Tarixni unutmagan holda zamonaviy kutubxona barpo etish arxitektorlarning maqsadi edi va ular bunga erishdilar.

Almerdagi yangi kutubxona (Niderlandiya)


Bir necha qismdan tashkil topgan: kafe, internetga ega maxsus xona, oʻquv zali va multimedia xonasi. Bu yer bir qarashda savdo markazi yoki supermarketga oʻxshaydi. Kutubxona kitoblarning janri hamda sohasiga qarab bir necha boʻlimlarga boʻlingan.

Kvinslenddagi kutubxona (Avstraliya)


Maydoni 1650 kv. metr boʻlib, shahar markaziga yaqinda joylashgan. Bu bino yashil rangdagi tom bilan qoplangani sababli oʻzgacha ahamiyat kasb etgan. Kutubxona ichiga razm solsak, bu yerning dizaynida yorqin ranglardan va turli quvnoq shakllardan foydalanilgan.

Braziliyadagi yangi kutubxona


Maydoni taxminan 22000 kv. metr boʻlib, 2013-yilda barpo qilingan. Bu yerda 17000 dona eng kam nusxadagi noyob kitoblar jamlanmasi mavjud. mazkur kutubxona ham bir necha qavatdan iborat boʻlib, har bir qavat kitoblar uchun bir boʻlim sanaladi.

Kvinslend shtatida joylashgan yana bir kutubxona


Oʻzining noodatiy va zamonaviyligi bilan barchani lol qoldiradi. bu yer 2006-yilda qurib bitkazilgan. Qayta taʼmirlash paytida kutubxona maydoni 12000 kv. metrga yetgan, bu oldingisiga qaraganda ikki barobar kattadir.

Aberdin shahri kutubxonasi


U juda qadimiy boʻlib, 1495-yilda tashkil qilingan. Bu kutubxonada 250000 ga yaqin kitoblar va koʻlyozmalar mavjud. hozirda bu bino qayta taʼmirlanib, zamonaviy koʻrinishga keltirildi. Maydoni 15000 kv. metr.

Janubiy Koreya Milliy smart kutubxonasi


Endi Koreyaning eng zamonaviy kutubxonalaridan biriga sayohat qilamiz. Sejong shahrida joylashgan Milliy kutubxona Koreya milliy kutubxonasining birinchi filiali sanalib, u aynan Koreyaning multifunksional-adminstrativ shahrida qurildi.

Taniqli Samoo Architects & Engineers tomonidan barpo etilgan majmuaning tashqi qiyofasi varaqlanayotgan kitobning shaklini yodga soladi va oʻzining noodatiy dizayni tufayli osonlik bilan kitoblar makonini topib olish imkonini beradi. Shuningdek bino arxitektura dizayni koreyaliklarning oʻz qadimiy bino va inshootlarining dizaynini eslatadi deb oʻylayman. Bu esa Koreya xalqining oʻz tarixini unutmaganligini va qadimiy arxitektura bilan xay-tek uslublarini uygʻunlashtirib, yangicha yondashuvlardan foydalanishayotganligidan dalolat beradi.

Sejong kutubxonasi nafaqat turli-tuman sohalarga bagʻishlangan kitoblarni oʻzida jamlagan zamonaviy maskan, balki kitobxonlar qulayligi uchun eng ilgʻor raqamli texnologiyalarni oʻzida mujassam etgan mukammal majmua hisoblanadi. Shu sababli ham kutubxonaga “E-BRARY”, (yaʼni emotion –emotsiya, library – kutubxona) nomi berilgan.

Bu yerda odamlar hamisha gavjum boʻlib, foydalanuvchilar tashrifining keti uzilmaydi. Mahalliy aholi va talabalar uchun esa allaqachon sevimli maskanga aylanishga ulgurgan. Kutubxona ichida turli boʻlinmalarga boʻlingan keng va yorugʻ zonalar mavjud boʻlib, siz istalgan yerda kitob oʻqishingiz, ishlaringiz bilan mashgʻul boʻlishingiz mumkin. Shuningdek, koʻrgazmalar zalida kutubxona mehmonlari oʻz qoʻllari bilan ajoyib ijod namunalarini yaratishlari mumkin.

Kutubxonada Wi-Fidan foydalanish oson boʻlib, zamonaviy texnik qurilmalar orqali muhim ishlarni ham bitirish mumkin. Agarda zarur qoʻngʻiroq boʻlib qolsa, atrofdagilarga xalaqit bermaslik uchun maxsus telefon budkalari oʻrnatilgan. Ishonch hosil qilish maqsadida qoʻngʻiroq amalga oshirib koʻrdim va tashqaridagi doʻstim ovozimni umuman eshita olmaganligini aytdi. Bu budkalar tovush oʻtkazmaydigan qilib yasalgan.

Taʼkidlash joizki, koreyaliklar energotejamkorlikka va qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanishga juda katta eʼtibor berishadi. Shuning uchun, koʻpgina katta bino va inshootlarda quyosh panellaridan va kichik shamol parraklaridan elektr energiyasini ishlab chiqarishda foydalanishadi.

Kutubxona maʼmuriyati esa bino qancha elektr energiyasi ishlab chiqardi va qancha sarf etganligini onlayn rejimida koʻrsatib turuvchi tablo oʻrnatgan. Bu oʻz navbatida Koreyada davlat tashkilotlarining elektr energiyasi boʻyicha sarf-xarajatlarning shaffofligini koʻrsatib turish mexanizmi borligi va “yashil va smart iqtisodiyot”ga oʻtilayotganligidan dalolat beradi.

Bolajonlar uchun maxsus hudud mavjud boʻlib, turli mavzulardagi adabiyotlarni topib, oʻqish mumkin. Hattoki, ota-onalar ham farzandlari bilan kitob mutolaa qilib, vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga oshiqishadi.

Istanbuldagi Boyazid kutubxonasi


Endi esa, dunyoning eng chiroyli zamonaviy kutubxonasi haqida soʻz yuritamiz.

San-Fransisko va Londonda nashr etiladigan Wired ilmiy-ommaviy jurnali Istanbuldagi Boyazid davlat kutubxonasini eng chiroyli zamonaviy kutubxonalar ichida toʻrtinchi oʻringa qoʻydi.

1884-yilda “Umum Usmonlilar kutubxonasi” nomi bilan asos solingan kutubxonaning qayta tiklash va dizayn ishlarini Tabanlıoğlu Mimarlık kompaniyasi amalga oshirdi. Kutubxona kitobxonlarga millionga yaqin hujjatni taklif etadi, ulardan yarmi kitoblardir. Kutubxona fondida 11120ta qoʻlyozmalar saqlanadi, ularning ichida oʻta noyoblari ham bor.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi


Oʻzbekiston Respublikasining zamonaviy kutubxonalaridan biri – bu Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasidir.

Milliy kutubxona axborot va madaniy-maʼrifiy muassasa boʻlib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik va axborot faoliyatini olib boradi. Kutubxona fondi mazmunan universal milliy va xorijiy matbuotning noyob toʻplamidir. Kutubxona faoliyatining bosh maqsadi, butun insoniyat bilimini aks ettirgan, avvalo, Oʻzbekistonga va uning milliy manfaat lariga taalluqli hujjatlarning universal fondini yigʻish, saqlash hamda jamiyat foydalanishi uchun taaqdim etishdir.

Milliy kutubxona respublikamizdagi barcha kutubxonalarga kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohalari boʻyicha metodik rahbarlik qiladi.

Kutubxona oʻz nashriyot va bosmaxonasiga ega boʻlib, noshirlik hamda matbaa faoliyati bilan shugʻullanadi.

Mamlakatimiz rahbarining kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yaxshilash toʻgʻrisida kuyunib gapirayotganliklarida oʻziga xos chuqur falsafa bor. Eng avvalo, kitob insonni yerdan koʻkka koʻtaruvchi, uning maʼnaviy quvvatini oshiruvchi buyuk, moʻjizakor kuchdir. Qolaversa, kitob insoniyatning tarixiy xotirasi, oʻz maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin koʻrsatib berishga qodir mashʼala hisoblanadi.

Zero, kitob irodani toblaydi, boshqaruv mahoratini oshiradi. Bugungi tezkor va zamonaviy sharoitda intellektual salohiyati yuksak kadrlarni tayyorlashda yoshlarning kitobga munosabatini yana-da yaxshilash, huquq-tartibot organlari uchun yetuk kadr­lar tayyorlanadigan taʼlim mas­kanlarida mavjud kutubxonalar fondini eng yangi badiiy, ilmiy, sohaga doir, jumladan, davlat tilidagi kitob­lar bilan muntazam ravishda boyitib borish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Shaxnoza Tillashayxova,

Manba: XS.uz


Чтение хорошей книги в красивой библиотеке — это, конечно, идеальное сочетание.

Исторически первые библиотеки появились около 2600 г. до н.э. К сожалению, в то время не было архивов, в которых могла бы храниться вся информация, но до нас они не дошли. Сегодняшние современные библиотеки построены так удобно и уникально, что каждый рад их видеть. Так чем же отличаются современные библиотеки? От их необычного оформления до того, что книги издаются в различных формах, это не редкость. Современные библиотеки имеют новый архитектурный стиль, который поразит читателей.

Лучшая защита — это изменчивость, способность принимать новую форму, сохраняя суть. Это касается и наличия библиотек. Если они не изменятся, простые люди быстро найдут для них другую программу: бросят книги в печь и превратят здания библиотек в коммерческие заведения. В эпоху цифровых технологий для библиотек важно развивать свою существующую философию, служить интересам пользователей, предоставлять услуги и создавать фонды, отвечающие их новым потребностям. Библиотеки должны измениться. Необходимо создать библиотеку будущего. Эта тенденция уже проявляется как на Западе, так и в России, и сегодня я хочу на реальных примерах показать реальные изменения. Создаются настоящие библиотеки будущего. Есть несколько таких современных библиотек.

Книжная гора и квартал библиотек (Нидерланды)

Находится в одном из голландских городов. Построенное в форме куба, крыша здания напоминает пирамиду, что делает его необычным для других зданий города. Причина в том, что как только вы войдете в это здание, то увидите, что посреди зала есть фигура, напоминающая гору из книг. Книги в библиотеке разделены на несколько разделов, что позволяет быстро найти нужную книгу. Также важно отметить, что здание библиотеки расположено в месте, куда падает прямой свет. По этой причине освещение в библиотеке днем ​​не требуется.

Новая библиотека в Бирмингеме (Великобритания)

Это самая большая библиотека в Соединенном Королевстве и один из крупнейших духовных центров в Европе. Дизайн этой библиотеки был разработан голландскими архитекторами. Вид с фасада здания необычный: простые кольца создают красивые узоры, придающие зданию особую красоту. Библиотека состоит из нескольких этажей, где можно найти книги британских авторов и шедевры мировой литературы.Библиотека Веннесля

Это один из культурных центров Норвегии. Эту библиотеку можно назвать одной из самых современных. Помимо библиотеки есть кафе, несколько конференц-залов и учебный центр. Здесь также находится самый большой в Норвегии архив. Библиотека всегда открыта для своих читателей.

Национальная библиотека Седжон (Корея)

Площадь библиотеки составляет 21000 кв.м. метров. Здание было завершено в 2013 году. Первый и второй этажи многоэтажки предназначены для отдыха и чтения. На третьем этаже запланированы различные конференции и семинары. На четвертом этаже есть ресторан. Этот этаж имеет выход на крышу, где разбит небольшой сад.

Городская библиотека Саммамиша (Вашингтон)

Отличается отличным дизайном. Есть уютный читальный зал для чтения книг. Место также оснащено системой отопления, напоминающей об истории, а современный дизайн делает его более удобным для читателей. Перед архитекторами стояла цель построить современную библиотеку, не забывая об истории, и они ее добились.

Новая библиотека в Альмере (Нидерланды)

Он состоит из нескольких частей: кафе, отдельной комнаты с интернетом, читального зала и мультимедийного зала. На первый взгляд это место похоже на торговый центр или супермаркет. Библиотека разделена на несколько разделов в зависимости от жанра и площади книг.

Библиотека Квинсленда (Австралия)

Площадь 1650 кв.м. метров, расположенный недалеко от центра города. Здание имеет специальную зеленую крышу. Если заглянуть внутрь библиотеки, то в оформлении этого места использованы яркие цвета и разнообразные жизнерадостные формы.

Новая библиотека в Бразилии.

Площадь составляет около 22 000 квадратных метров. метров и построен в 2013 году. Имеется коллекция редких книг тиражом не менее 17 000 экземпляров. В библиотеке также есть несколько этажей, на каждом из которых находится книжный отдел.

Еще одна библиотека в Квинсленде

Он поражает всех своей необычностью и современностью. сайт был завершен в 2006 году. В ходе реконструкции площадь библиотеки составит 12 000 квадратных метров. метров, что вдвое больше предыдущего.

Городская библиотека Абердина

Он очень старый и был основан в 1495 году. Библиотека содержит около 250 000 книг и рукописей. В настоящее время здание отреставрировано и модернизировано. Площадь составляет 15 000 квадратных метров. метров.

Национальная интеллектуальная библиотека Южной Кореи

Теперь мы отправляемся в одну из самых современных библиотек Кореи. Национальная библиотека в Седжоне — первый филиал Национальной библиотеки Кореи, построенный в многофункционально-административном городе Кореи.Построенный известным Samoo Architects & Engineers, внешний вид комплекса напоминает форму перелистываемой книги и позволяет легко найти место для книги благодаря его необычному дизайну. Я также думаю, что архитектурный проект здания напоминает дизайн собственных древних зданий и сооружений корейцев. Это свидетельствует о том, что корейский народ не забыл свою историю и использует новые подходы, сочетая древнюю архитектуру с высокотехнологичными методами.

Библиотека Седжон — это не только современная коллекция книг в самых разных областях, но и совершенная коллекция современных цифровых технологий для удобства читателей. Именно поэтому библиотека называется «E-BRARY» (т.е. эмоция, библиотека).

Люди здесь всегда заняты и визиты пользователей не прерываются. Он уже стал излюбленным местом местных жителей и студентов. Внутри библиотеки есть просторные и светлые помещения, разделенные на различные секции, где вы можете читать книги и заниматься своими делами в любом месте. В выставочном зале гости библиотеки могут создавать свои творения своими руками.

Wi-Fi в библиотеке легко использовать, а важную работу можно выполнять с помощью современных технических устройств. Установлены специальные телефонные будки, чтобы не мешать окружающим в случае экстренного вызова. Чтобы убедиться, я позвонил, и друг снаружи сказал, что вообще меня не слышит. Эти кабины звуконепроницаемы.

Следует отметить, что корейцы уделяют большое внимание энергосбережению и использованию возобновляемых источников энергии. Поэтому во многих крупных зданиях и сооружениях для выработки электроэнергии используются солнечные батареи и небольшие ветряные турбины.

Администрация библиотеки установила онлайн-доску объявлений, на которой показано, сколько электроэнергии выработало здание и сколько оно израсходовало. Это, в свою очередь, указывает на то, что Корея имеет механизм для демонстрации прозрачности государственных расходов на электроэнергию и движется к «зеленой и умной экономике».

Для детей есть специальный раздел, где можно найти и почитать литературу на разные темы. Даже родители хотят проводить время со своими детьми.

Библиотека Боязидов в Стамбуле

Теперь поговорим о самой красивой современной библиотеке в мире.

Научные журналы Wired из Сан-Франциско и Лондона поставили Государственную библиотеку Боязида в Стамбуле на четвертое место среди самых красивых современных библиотек.Основанная в 1884 году под названием «Общая османская библиотека», реставрацию и дизайн библиотеки выполнил Табанлыоглу Мимарлык. Библиотека предлагает читателям около миллиона документов, половина из которых — книги. В библиотеке 11 120 рукописей, в том числе очень редкие.

Национальная библиотека Узбекистана имени Алишера Навои

Одной из современных библиотек Республики Узбекистан является Национальная библиотека Узбекистана имени Алишера Навои.

Национальная библиотека является информационным и культурно-просветительским учреждением, осуществляющим библиотечно-библиографическую, научно-исследовательскую, научно-методическую и информационную деятельность. Библиотечный фонд представляет собой уникальное собрание универсальной отечественной и зарубежной прессы. Основной целью библиотеки является сбор, хранение и предоставление в общественное пользование универсального фонда документов, отражающих знания всего человечества, в первую очередь связанные с Узбекистаном и его национальными интересами.

Национальная библиотека осуществляет методическое руководство всеми библиотеками страны в области библиотечного дела, библиографии и библиографии.

Библиотека имеет собственное издательство и издательство, занимается издательско-полиграфической деятельностью.

Есть глубокая философия в словах Президента нашей страны, который страстно говорит о повышении культуры чтения и чтения. Прежде всего, книга – это великая, чудодейственная сила, которая поднимает человека от земли к небу и увеличивает его духовную силу. Кроме того, книга является светочем исторической памяти человечества, укрепляя его духовную, образовательную и научную основу, светлое будущее.

Ведь книга лечит волю, совершенствует управленческие навыки. В сегодняшних быстро меняющихся и современных условиях еще больше улучшить отношение молодежи к книге при подготовке высокоинтеллектуальных кадров, постоянно обогащать имеющиеся библиотеки правоохранительных учебных заведений новейшими художественными, научными, полевыми книгами, в том числе на государственном языке.

Шахноза Тиллашайхова,

Источник: XS.uz.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: