UYDA QOLING!

Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar

Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar

Dunyoda juda ko’p millatlar mavjud va ularning barchasi turli tillarda gapirishadi.

Bundan tashqari, bitta mamlakat ichida o’nlab va hatto yuzlab turli millatli odamlar bor, shuning uchun mahalliy aholi qo’shnilari bilan aloqa qilish uchun birdaniga bir nechta tillarni bilishi kerak. Tillar ham bir joyda to’xtamaydi, juda tez rivojlanadi. Ushbu mqolamiz orqali tillar haqidagi faktlarimizni sizlarga taqdim etamiz!
Barcha davlatlar orasida tillar soni bo’yicha birinchi o’rin Papua-Yangi Gvineyaga tegishli. Taxminiy hisob-kitoblarga ko’ra, mahalliy aholining aksariyati ibtidoiy turmush tarziga yaqin yashaydi va 700 ga yaqin turli tillarda gaplashadi. Deyarli har bir qishloqning o’z shevasi bor.
Adabiy ingliz tilida qariyb 600000 so’z mavjud.
Sinonim so’zlar soni bo’yicha ham birinchi o’rin ingliz tiliga tegishli.
An’anaviy xitoy alifbosida taxminan 40 ming ieroglif mavjud.

«O» harfi sayyoramizda mavjud bo’lgan eng qadimgi harf hisoblanadi.
Arab tilida 28 tadan ko’p harflar mavjud bo’lib, ular so’zlar pozitsiyalariga qarab turlicha yoziladi.
Olti til BMTda rasmiy maqomga ega, ulardan biri rus tilidir.
Ko’p insonlar fikriga ko’ra eng keng tarqalgan til Ingliz tili. Biroq unday emas. Birinchi o‘rinni xitoylarning ( mandarin lahjasi) egallaydi. Undan keyin hind va ispan, so’ngra esa ingliz tili egallagan.
Ko’plab amerikalik xitoylar xitoy tilini yozma ravishda tushunishlari mumkin, ammo og’zaki tilda tushunishga qiynaladilar. Boisi AQShda ularning aksariyati boshqa xitoy lahjasida gaplashadigan viloyatlardan kelgan muhojirlarning avlodlaridir.

Bougainville orolining tub aholisi atigi 11 ta harfdan iborat o’z tili va alifbosiga ega.
Frantsiya va Buyuk Britaniya o’z tarixlari davomida baxslashib kelishgan, frantsuz tiliolti asr davomida oxirgi rasmiy til bo’lib qoldi.
Dunyoning ko’pgina tillarida tinish belgilari yo’q. Masalan Tay hamda Xitoy tillarida.
Vetnamning ba’zi mintaqalarida Sedang deb nomlangan til keng tarqalgan bo’lib, alifbosida elliktagacha unli tovushlari mavjud.

Afrikada gapiriladigan berber tillarining aksariyati yozma shaklga ega emas.
Hindiston rasmiy tillarning eng ko’p soniga ega mamlakatdir.
Lotin tiliVatikanda rasmiy tildir.
Chex tilida faqat undoshlardan tashkil topgan so’zlar mavjud.
Asl lotin alifbosida «W» yo’q edi. Ingliz va nemis tillarida mavjud, lekin ispan, portugal va italyan tillarida mavjud emas.
Ingliz alifbosidagi eng ko’p ishlatiladigan harf – «E».

Saytimizdan shuningdek, til haqida she’rlar to’plami va maqollarni topishingiz mumkin

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: