Duduqlanish nima? Turlari, paydo bo’lish sabablari

Duduqlanish asab kasalligimi?

Duduqlanish bu nutqning tempi, ravonligi, harakatining buzulishi bo‘lib, nutq apparatining turli hil joyidagi tutqanoq natijasida kelib chiqadigan buzulishdir.

Duduqlanayotgan bolada biz nutqning to‘xtab qolishi yoki nutq davomida ayrim tovushlarni bir necha bor qaytarib borishini kuzatishimiz mumkin.
Duduqlanish ko‘pincha ikki yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Bolaga o‘z vaqtida yordam berish uchun duduqlanishning eng asosiy alomatlarini ota-onalar vaqtida ko‘ra bilishlari lozim. Ular:
Bola birdan gapirmay jim bo‘lib qoladi. Bu sukunat ikki soatdan bir kungacha cho‘zilib ketishi mumkin bo‘lib, undan keyin bola duduqlanib gapirishni boshlaydi. Agar ayni shu paytda mutaxassisga uchrashsangiz bolaga tez yordam berish mumkin bo‘ladi;

Duduqlanish turlari va sabablari
Duduqlanish bu nutq apparati muskullarining tortishishi natijasida nutqning sur’at ohangining buzilishidir.
Duduqlanish sabablari hozirgi vaqtda 2 guruhga bo‘linadi: moyillik sababi va keltirib chiqaruvchi sabablardir.
Moyillik sababiga quyidagilar kiradi:

    Ota-onalarning nevropatik kasallanishi.

    duduqlanuvchining o‘zidagi nevropatik xususiyatlar.

    nasliy buzilish.

    bosh miyaning turli davrlardagi rivojlanishida, ko‘plab salbiy omillar ta’sirida shikastlanishi.

Keltirib chiqaruvchi sabablar guruhida anatomik-fiziologik ruhiy va sotsial sabablarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: