DTM rasmiylaridan abituriyent savollariga javoblar

DTM rasmiylaridan abituriyent savollariga javoblar

Bugun, 2020-yil 15-iyul kuni AOKA huzuridagi shtabda Bilim va malakalarni baholash agentligi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan savollarga javoblar berildi.

Davlat ta’lim markazi rasmiy kanalida taqdim qilingan savol-javoblarni e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

Ushbu brefing videosini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz ushbu havolaga o‘ting.

Savol: Oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlar fanlar ketma-ketligiga mos yana beshta bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha uchta ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi)dan istalgan birini tanlashi mumkinmi? Yoki faqat kunduzgi ta’lim bo‘yicha hujjat topshiradimi?
Javob: Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq nomzodlarga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi.
Bunda nomzodlar beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini uchta ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi)dan istalgan biri bo‘yicha tanlashlari mumkin.

— — —

Savol: Men topshirayotgan yo‘nalishdan faqat ikkitagina universitet chiqayabdi qolganlari chiqmayabdi, nima qilishim kerak?
Javob: Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari ta’lim shakli, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlangan.
Abitur.dtm.uz saytida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish mazkur qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi.
Bunda oliy ta’lim muassasasi uchun qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa, dasturda avtomatik chiqadi.
Agar oliy ta’lim muassasasi uchun qabul parametrlari ajratilmagan bo‘lsa, dasturda chiqmaydi.

— — —

Savol: Otasi yo‘q, onasi bilan yog‘iz yashaydigan yoshlarga nisbatan imtiyozlar bormi?
Savol: Mening ota-onam vafot etishgan. Menga imtiyoz bormi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi
PQ-4296-son “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi.
Shuningdek, ular test sinovlari uchun to‘lovdan ham ozod etilgan.
Agar ular «Mehribonlik» uyi yoki Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lsa, mazkur imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.

— — —

Savol: Men IELTS dan 4 ball olganman, imtiyoz sifatida foydalansam bo‘ladimi?
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga muvofiq test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun milliy yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.
Bunda ingliz tilidan maksimal ball berish uchun IELTS 5,5 dan kam bo‘lmasligi lozim.

— — —

Savol: Abituriyent maqsadli qabulga topshirsa, lekin unda ichki ishlar farzandlariga beriladigan imtiyozi mavjud bo‘lsa imtiyoz hisobga olinmaydimi?
Javob: Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha uch foizli davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.
Qabul ko‘rsatkichlari oliy ta’lim muassasalari kesimida ajratilgan bo‘lib, abituriyent maqsadli qabulni tanlagan bo‘lsa ham imtiyozi saqlanib qoladi.

— — —

Savol: Men bu yil abituriyentman, lekin hozir fuqarolik pasportim yo‘q, yaqindagina 16 yoshga to‘lganlarga 10 kun ichida fuqarolik pasporti berilsin, degan qaror qabul qilingan edi. Pasport stolga borsam, karantin tufayli ishlamayapti, deyishdi. Men nima qilay?
Javob: Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020-2021-o‘quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanishi belgilangan.
Agar sizda pasport olishda muammolar yuzaga kelayotgan bo‘lsa, Ichki ishlar vazirligining 71 231 50 35 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

— — —

Savol: Men Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida yashayman. Maktabni bu yil bitirdim. Hozir menda pasport yo‘q. Pasport olishga 5 iyun kuni hujjat topshirdim, hali javobi kelmadi. Nima qilsam bo‘ladi?
Javob: Abituriyentlarda pasport bilan bog‘liq qandaydir muammo bo‘ladigan bo‘lsa, o‘z tumanidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qilishlari kerak.
Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligining 71 231 50 35 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari ham mumkin.

— — —

Savol: 6-iyul kuni onlayn hujjat topshirdim. To‘lovni 7-iyul kuni amalga oshirdim. Ro‘yxatga olingan, olinmaganligimni qanday bilsam bo‘ladi?
Javob: To‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganini “Shaxsiy kabinet”dagi “Qabul-2020” bo‘limiga kirib bilib olish mumkin.
Bunda, abituriyent qayd varaqasining quyi qismida “To‘lovingiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi!” degan xabar chiqadi.

— — —

Savol: To‘lovni qaysi kungacha amalga oshirish mumkin?
Javob: Abituriyentlar test sinovlari uchun to‘lovni ro‘yxatdan o‘tish yakunlangun (20-iyul)ga qadar amalga oshirishlari lozim.
Belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirmagan abituriyent ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

— — —

Savol: Har bir ta’lim yo‘nalishiga qancha odam ro‘yxatdan o‘tganini qanday bilish mumkin?
Javob: Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan qabul.dtm.uz sayti ishga tushirilgan bo‘lib, mazkur sayt orqali har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni va tanlov ko‘rsatkichini ko‘rish mumkin.

— — —

Savol: Abituriyentlar hozirda bitirganlik haqida diplomlarni qo‘lga olgani yo‘q, bu hujjat topshirish uchun to‘sqinlik qilyapti. Agar 20-iyulgacha diplomni olmasa nima bo‘ladi?
Javob: Yurtimizda karantin cheklovlari joriy etilganligi sababli, joriy yil bitiruvchilariga shahodatnoma va diplomlar elektron shaklda yetkazilishi, asl nusxalari esa epidemiologik vaziyat yaxshilanganidan keyin topshirilishi belgilandi.
Joriy yil bitiruvchilariga qulaylik yaratish maqsadida ularning tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlari tegishli vazirliklardan, ya’ni, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ma’lumotlari Xalq ta’limi vazirligidan, akademik litsey va kasb-hunar-kollejlari bitiruvchilarining ma’lumotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan olinmoqda.
Ular ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmaydi.

— — —

Savol: Qizim kasb-hunar kollejini bu yil bitirdi. Diplomiga xato ketgan ekan, uni to‘g‘irlashdi. Ammo onlayn ro‘yxatdan o‘tishda diplomning oldingi xato seriyasi kiritilgan. Diplomning yangi seriyasini kiritish muammo bo‘lyapti.
Javob: Yuqorida aytib o‘tilganidek joriy yil bitiruvchilari ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmaydi. Chunki ularning ma’lumotlari tegishli vazirliklardan olinmoqda.
Hozirda tugatgan ta’lim muassasasida xatolik mavjud bo‘lgan abituriyentlarning ma’lumotlari tegishli vazirliklar tomonidan tuzatilmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tish yakunlangunga qadar mazkur ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligi bazasiga qayta yuklanadi.


Сегодня, 15 июля 2020 года, в штаб-квартире АОКА состоялся брифинг с участием Государственного испытательного центра.
В ходе брифинга были даны ответы на вопросы граждан о порядке приема в высшие учебные заведения на 2020-2021 учебный год.
Предлагаем вашему вниманию вопросы и ответы, представленные на официальном канале Государственного образовательного центра.
Если вы хотите посмотреть это видео брифинга, перейдите по этой ссылке.
В: Могут ли соискатели высшего военного образования выбрать любую из трех форм обучения (очную, заочную, заочную) по пяти другим специальностям бакалавриата в соответствии с последовательностью предметов? Или вы просто подаете заявку на очное обучение?
Ответ: Согласно заключению Государственной комиссии № 1 невоенное высшее образование с тем же набором дисциплин и той же последовательностью испытаний, которые сдают кандидаты при поступлении в высшие военно-учебные заведения, имеют право выбирать до пяти степеней бакалавра.
При этом кандидаты могут выбрать до пяти степеней бакалавра в любой из трех форм обучения (дневная, заочная, заочная).
— — —
В: Есть только два университета вне области, в которую я подаю документы, а остальные нет, что мне делать?
Ответ: Согласно постановлению Государственной комиссии №1, в 2020-2021 учебном году параметрами приема в бакалавриат высших учебных заведений Республики Узбекистан на основе государственного заказа являются формы образование, направления образования и распределены по единицам языков.
На основе этих параметров приема осуществляется онлайн-регистрация абитуриентов на сайте Abitur.dtm.uz.
В этом случае, если будут выделены параметры приема в вуз, он автоматически отобразится в программе.
Если параметры приема в вуз не выделены, он не появится в программе.
— — —
В: Есть ли льготы для молодых людей, которые не имеют отца и живут с матерью?
В: Мои родители умерли. У меня есть привилегия?
Ответ: Президент Республики Узбекистан 22 апреля 2019 года.
Согласно Постановления № PQ-4296 «О дополнительных мерах по дальнейшему усилению гарантий прав ребенка» из общего числа поступающих в высшие учебные заведения для детей-сирот, являющихся выпускниками Дома милосердия и Детского городка дополнительно , выделяется до одного процента квоты приема на основе государственных грантов.
Они также освобождены от оплаты тестовых прогонов.
Если они являются выпускниками «Дома милосердия» или «Детского городка», они могут воспользоваться этими льготами.
— — —
В: Я получил 4 балла по IELTS, могу ли я использовать это как привилегию?
Ответ: В соответствии с Постановлением Кабинета Министров № 395 от 13 мая 2019 года уровень знания языка по национальной или международной экзаменационной системе для всех степеней бакалавра, входящих в комплект тестов (профессиональный (творческий) экзамен ), а абитуриентам с более высоким аттестатом будет выставлен максимальный балл, установленный по этому предмету без экзаменов.
При этом IELTS не должен быть ниже 5,5, чтобы дать максимальный балл по английскому языку.
— — —
Вопрос: Если абитуриент подает на целевое зачисление, но у него есть льгота для детей ОВД, льгота не учитывается?
Ответ: Постановлением № 1 Госкомиссии установлены нормы приема детей действующих сотрудников правоохранительных органов на основе дополнительной трехпроцентной государственной субсидии.
Стоимость приема делится по высшим учебным заведениям, и льгота сохраняется, даже если абитуриент выбирает целевое зачисление.
— — —
В: Я являюсь абитуриентом в этом году, но паспорта у меня сейчас нет, недавно было принято решение, что лицам, достигшим 16-летнего возраста, паспорт в течение 10 дней должен быть выдан. Когда я пришла в паспортный стол, мне сказали, что он не работает из-за карантина. Что я могу сделать?
Ответ: Согласно заключению Государственной комиссии № 1, при оформлении паспортов выпускниками школ, академических лицеев и профессиональных колледжей в возрасте от 16 лет в 2020-2021 учебном году МВД будет выдавать им паспорта в в установленном порядке.
Если у вас возникли проблемы с получением паспорта, вы можете позвонить в МВД по телефону 71 231 50 35.
— — —
Вопрос: Я живу в Кунградском районе Республики Каракалпакстан. В этом году я закончил среднюю школу. У меня сейчас нет паспорта. Я подал заявление на получение паспорта 5 июня и до сих пор не получил ответа. Что я могу сделать?
Ответ: Заявители должны обратиться в Управление по миграции и гражданству в своем районе, если у них есть какие-либо проблемы с паспортом.
Они также могут позвонить в Министерство внутренних дел по телефону 71 231 50 35.
— — —
В: Я подал заявку онлайн 6 июля. Оплатил 7 июля. Как узнать зарегистрирован я или нет?
Ответ: Об успешной оплате можно узнать в разделе «Прием 2020» «Личного кабинета».
В этом случае внизу формы заявки «Ваш платеж успешно произведен!» появляется сообщение.
— — —
Q: Как долго я могу сделать платеж?
Ответ: Абитуриенты должны оплатить тест до крайнего срока регистрации (20 июля).
Абитуриент, не внесший платеж в установленный срок, считается незарегистрированным и не сможет сдать тест.
— — —
В: Как узнать, сколько человек зачислено в каждую область обучения?
Ответ: Государственный центр тестирования запустил сайт kabul.dtm.uz, на котором можно посмотреть количество зарегистрированных абитуриентов в каждом из вузов по маршруту и результаты конкурса.
— — —
В: Абитуриенты еще не получили дипломы об окончании школы, что является препятствием для подачи заявления. Что будет, если не получить диплом до 20 июля?
Ответ: В связи с введением в нашей стране карантинных ограничений выпускники этого года получат сертификаты и дипломы в электронном виде, а оригиналы будут вручены после улучшения эпидемиологической ситуации.
Для удобства выпускников этого года информация об их выпускниках имеется в соответствующих министерствах, т. е. информация об выпускниках общеобразовательных школ имеется в Министерстве народного образования, выпускниках академических лицеев и профессиональных колледжей данные получены в Министерстве образования. Высшее и среднее специальное образование.
Они не включают информацию об аспирантуре на момент регистрации.
— — —
В: Моя дочь в этом году закончила профессиональное училище. Он сделал ошибку в дипломе и был исправлен. Однако ряд предыдущих ошибок в дипломе был включен в онлайн-регистрацию. Введение новой серии дипломов становится проблемой.
Ответ: Как было сказано выше, выпускники этого года не указывают при регистрации сведения об учебном заведении, которое они закончили. Потому что их информацию получают из соответствующих министерств.
В настоящее время данные абитуриентов, допустивших ошибки в законченном учебном заведении, корректируются соответствующими министерствами.
Пока регистрация не будет завершена, эта информация будет загружена в базу данных Государственного центра тестирования.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. muxlisa

    infarmatika yangi blok boladimi infarmatika uchun qaysi fandan tes topshiradi abiturientlar

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: