DTM harbiy tavsiyanomasi tasdiqlangan abituriyentlar tanlovi qanday o‘tkazilgani haqida ma’lumot berdi

DTM harbiy tavsiyanomasi tasdiqlangan abituriyentlar tanlovi qanday o‘tkazilgani haqida ma’lumot berdi
Telegram kanal подписаться

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan tavsiyanomasi tasdiqlangan 606 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan edi.

DTM ularning tanlovi qanday bo’lganligi haqida ma’lumot berdi.

Mazkur abituriyentlarning tanlov natijalarini hisoblashda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan 1-oliy ta’lim muassasasidagi imtiyoz doirasida o‘tish bali asos qilib olindi.

Misol uchun, Samarqand davlat universitetining kunduzgi ta’lim shaklida harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar uchun:

👉 davlat granti asosida o‘tish bali – 86,1 ballni;

👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘tish bali – 56,7 ballni tashkil etgan.

Agar abituriyent 86,1 yoki undan yuqori ball to‘plagan bo‘lsa, davlat granti asosida, 56,7 yoki undan yuqori ball to‘plagan bo‘lsa, to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi. 56,7 balldan kam ball to‘plaganlar esa talabalikka tavsiya etilmadi (quyida keltirilgan rasmga qarang).

Huddi shunday barcha abituriyentlarning tanlov natijalari o‘zlari tanlagan ta’lim shakli bo‘yicha birinchi oliy ta’lim muassasasi kesimida ko‘rib chiqilgan.

Buning natijasida Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan 128 nafar abituriyent davlat granti asosida, 478 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.

Bunda oldin talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ham huquqlari saqlanib qolingan bo‘lib, Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul parametrlari ajratildi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: