DTM Harbiy imtiyoz to‘g‘risidagi maqolalarga munosabat bildirdi

DTM Harbiy imtiyoz to‘g‘risidagi maqolalarga munosabat bildirdi

Joriy yilda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlari jarayonlariga oid holatlar ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa, internet nashrlarida keng muhokama qilindi.

Bu davrda ularning xizmatlari, hamkorligi, shubhasiz, Bilim va malakalarni baholash agentligi uchun katta bo‘ldi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz.

Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda va internet nashrlarida harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar huquqlari hamda harbiy imtiyozni tasdiqlash mavzularini muhokama qilish davom etmoqda.

Bu borada jamoatchilikka quyidagilarni ma’lum qilamiz:

👉 joriy yilda onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi (harbiy imtiyoz) to‘g‘risidagi ma’lumotlar abitur.dtm.uz tizimiga abituriyentlar tomonidan kiritilgan;

👉 ro‘yxatga olish yakunlangandan so‘ng, ularning ma’lumotlari mas’ul vakolatli organlarga yuborilib, ular tomonidan tekshirilgan va tasdiqlangan;

👉 bugungi kunda dastlab imtiyozi tasdiqlanmagan abituriyentlarning ma’lumotlarini mas’ul vakolatli organlar tomonidan qayta tekshirish va tasdiqlash ishlari yakunlangan;

👉 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan harbiy tavsiyanomasi tasdiqlangan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballari asosida tanlov natijalari Davlat komissiyasiga taqdim etilgan;

👉 Davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng, bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi hamda abituriyentlar shaxsiy kabinetlari orqali natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha turdagi ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlik qilish va haqiqatga asoslangan ma’lumotlarning e’lon qilinishidan manfaatdor ekanligini eslatib o‘tadi.


Ситуация с процессом вступительных испытаний на бакалавриат в высшие учебные заведения, проводимых Государственным центром тестирования в этом году, широко обсуждалась в СМИ, особенно в интернет-изданиях.

Можно с уверенностью сказать, что их услуги и сотрудничество в этот период были, конечно, большими для Государственного испытательного центра.

В последние дни в социальных сетях и интернет-изданиях продолжается обсуждение прав претендентов на военную рекомендацию и подтверждение военных льгот.

Мы хотели бы сообщить об этом общественности:

👉 При онлайн-регистрации в этом году поступающими в систему abitur.dtm.uz были внесены сведения о рекомендации командования воинской части (воинской привилегии);

👉 По завершении регистрации их информация отправляется в компетентные органы, проверяется и утверждается ими;

👉 На сегодняшний день ответственными органами завершена повторная проверка и утверждение данных заявителей, чьи первоначальные пособия не были утверждены;

👉 Результаты конкурса представлены в Государственную комиссию на основании тестовых баллов абитуриентов, военная рекомендация которых утверждена Государственным центром тестирования;

👉 После принятия соответствующего решения Госкомиссии будет предоставлена ​​дополнительная информация и абитуриенты смогут узнать результаты через личный кабинет.

В Государственном испытательном центре отмечают, что заинтересованы в тесном сотрудничестве со всеми видами СМИ и публикации фактической информации.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: