DTM: 2020-2021 test topshiriqlari bo‘yicha o‘zgarishlar

DTM: 2020-2021 test topshiriqlari bo‘yicha o‘zgarishlar

2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida test topshiriqlari bo‘yicha o‘zgarishlar

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test topshiriqlarini soddalashtirish, abituriyentlarga yengillik va qulayliklar yaratish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida test topshiriqlari bo‘yicha quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

✅ Test topshiriqlarini soddalashtirish:

👉 Test topshiriqlari soddalashtiriladi deganda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul imtihonlarida faqat sodda testlardan foydalaniladi, deb tushunmaslik kerak.

👉 Umumta’lim fanlaridan test topshiriqlari 3 ta qiyinlik darajasida shakllantiriladi. Bunda birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlar ishlanishi, bajarilishi oson bo‘lgan test topshiriqlari hisoblanadi.

👉 Avvalgi yillarda o‘tkazilgan test sinovlarida fanlardan 6 tagacha birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari berilar edi. Joriy yilda har bir variantda qo‘llaniladigan birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari soni o‘rtacha 10 tagacha yetkazilmoqda.

✅ Yozuvsiz xarita, jadval, rasmli ko‘rinishidagi test topshiriqlari sonini ko‘paytirish:

👉 Abituriyentlar test topshiriqlarini mantiqiy fikrlab, tezda tushunishlari uchun joriy yilda ham tarix, geografiya fanlari kabi chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan ham rasmli test topshiriqlari shakllantirilmoqda.

👉 Shuningdek, biologiya va kimyo fanlaridan rasmli test topshiriqlari soni ko‘paytirilmoqda.

✅ Ona tili va adabiyot fanidan test topshiriqlarini soddalashtirish:

👉Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) va adabiyot fanidan mustaqil o‘qish uchun tavsiya qilingan badiiy asarlardan test topshiriqlari soni ko‘paytiriladi.

👉 Shuningdek, abituriyentlarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish maqsadida matnli testlar, ya’ni matn ustida ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan test topshiriqlari tuzilmoqda.

👉Matnli test topshiriqlarida matn tarkibidagi so‘zlarning to‘g‘ri qo‘llanganligini va gaplarning to‘g‘ri shakllantirilganligini aniqlash, matndagi so‘zlarning ma’nolarini topish va matnning asosiy mazmunini tushunish talab etiladi.

✅ Kimyo va fizika fanidan nazariy test topshiriqlari sonini oshirish:

👉Kimyo fanidan nazariy test topshiriqlar soni oshiriladi va laboratoriya ishlariga oid test topshiriqlari tuzilmoqda.

👉Fizika fanidan ham nazariy test topshiriqlar soni oshirilgan holda birinchi qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari soni 6 tadan 10 tagacha ko‘paytirilmoqda.

👉 Shuningdek, abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida “Doimiy fizik kattaliklar jadvali” ishlab chiqildi va u “Kimyoviy elementlar davriy sistemasi” kabi test sinovi topshirish jarayonida abituriyentlarga taqdim etiladi.


Изменения в тестовых заданиях на 2020-2021 учебный год

Государственный центр тестирования работает над упрощением тестовых заданий, созданием удобства и удобства для абитуриентов.

В частности, на 2020-2021 учебный год планируется внести следующие изменения в тестовые задания на вступительных экзаменах на получение степени бакалавра в высшие учебные заведения.

✅ Упрощение тестовых заданий:

👉 Говоря об упрощении тестовых заданий, не следует понимать, что на вступительных экзаменах в бакалавриат используются только простые тесты.

👉 Тесты по общеобразовательным предметам сформированы в 3 уровня сложности. При этом первым уровнем сложности является тест, который легко разработать и выполнить.

👉 В предыдущие годы по предметам давали до 6 тестовых заданий первого уровня. В этом году количество тестовых заданий первого уровня в каждом варианте увеличилось в среднем до 10.

✅Увеличить количество тестовых заданий в виде неписаных карт, таблиц, картинок:

👉 В этом году для того, чтобы абитуриенты могли логически мыслить и быстро понимать тестовые задания, формируются тесты-картинки по иностранным языкам (английский, немецкий, французский), таким как история и география.

👉 Также увеличивается количество контрольных с картинками по биологии и химии.

✅ Упрощение тестовых заданий по предмету родной язык и литература:

👉Будет увеличено количество тестовых заданий из произведений искусства, рекомендуемых для самостоятельного изучения на родном языке (узбекском, русском, каракалпакском) и литературе.

👉 В целях развития логического мышления поступающих создаются текстовые тесты, т.е. тестовые задания, связанные с работой над текстом.

👉Текстовые тесты необходимы для определения правильного употребления слов в тексте и правильного построения предложений, нахождения значения слов в тексте и понимания основного содержания текста.

✅ Увеличение количества теоретических тестов по химии и физике:

👉Увеличивается количество теоретических тестовых заданий по химии и разрабатываются тестовые задания по лабораторным работам.

👉Увеличение количества теоретических тестов по физике, количество тестов первого уровня сложности увеличено с 6 до 10.

👉 Для удобства абитуриентов разработана «Таблица постоянных физических величин», которая будет предоставлена ​​абитуриентам во время тестирования, типа «Периодическая таблица химических элементов».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: