DTM: 2020-2021 imtihon topshiriqlari soddalashtiriladi

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Joriy yil qabul test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlari o‘tgan yillarda foydalanilgan test topshiriqlariga nisbatan soddalashtiriladi.

Bu haqda Davlat test markazi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Ma’lumki, 2019/2020-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul uchun o‘tkazilgan test sinovlari jarayonida Tarix va Geografiya fanlaridan yozuvsiz xarita, jadval, rasmli test topshiriqlari qo‘llanilgan edi.
Abituriyentlarning test topshiriqlarini tez anglay olishi, fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida endilikda yana chet (ingliz, nemis, fransuz) tillaridan ham holatni ifodalashda rasmli test topshiriqlari shakllantirilmoqda. Bu odatdagi talabdan ancha oson bo‘ladi, deganidir.
Shuningdek, Biologiya va Kimyo fanlaridan rasmli test topshiriqlari soni ko‘paytirilmoqda.
Bulardan tashqari, Ona tili va adabiyotdan mustaqil o‘qish uchun tavsiya qilingan badiiy asarlardan va fanga oid chizmali test topshiriqlari sonini ko‘paytirish ustida harakatlar olib borilmoqda.
Kimyo fanidan shakllantirilayotgan test topshiriqlari tarkibida nazariy savollar sonining oshirilishi va laboratoriya ishlariga oid test topshiriqlarini yaratish jarayonlari davom etayapti.
Soddalashtirish ishlari Fizika fani bo‘yicha ham amalga oshirilmoqda va bu quyidagi ko‘rinishda aks etadi:
– o‘tgan yillarda o‘tkazilgan qabul test sinovlarining mazkur fan bo‘yicha natijalari tahlili hamda fuqarolar murojaatlari inobatga olingan holda Fizika fanidan birinchi qiyinlik darajasidagi (eng oson) test topshiriqlari soni 6 tadan 10 tagacha ko‘paytiriladi;
– jami test topshiriqlari tarkibida nazariy test topshiriqlarining ulushi oshiriladi;
– abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida “Doimiy fizik kattaliklar jadvali” ishlab chiqildi va u test sinovlari jarayonida taqdim etiladi.
Qayd etish joizki, umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirishda keltirib o‘tilgan o‘zgarishlar keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar o‘rganilgan, tahlil qilingan holda, ularning istaklariga muvofiq joriy etiladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 4
  1. Guloro Hamroqulova

    Assalom-u aleykum.Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonida 5ta fan emas,faqat 2ta mutaxasislik fanlaridan bo’lib o’tadi degan gap bor.Savolim:
    bu ma’lumotlar qanchalik rost yoki yolg’on?

    1. Baxtiyor Roziq (Muallif)

      Valeykum assalom, bu ma’lumotlar hozircha tasdiqlanmagan.

  2. Naraliev Bobirbek Nodirbekovich

    Ассалому алайкум укам хозирда Москва да ишламокда 1993 йил тугилган. Имтихонда онлайн топширса буладими? Иложи булса тартиби кандай булди. Тест марказнинг телефон рака лари кутармаябти, илтимос ердам беринг.

    1. Baxtiyor Roziq (Muallif)

      Valeykum assalom, Otmga hujjatlarni onlayn topshirish mumkin, ammo imtihonlar belgilangan vaqtda, belgilangan obektlarda o’tkaziladi. Bunda abituriyentlar o’rtasidagi masofa 3 metr bo’lishi ta’minlanadi.

Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: