Dolzarb munosabat: O‘QITUVCHIGA YARASHMAYDIGAN ILLAT!!!

Dolzarb munosabat: O‘QITUVCHIGA YARASHMAYDIGAN ILLAT!!!

Hozirgi kunda o‘qituvchilar orasida telegram ijtimoiy tarmog‘idan foydalanish oldingiga qaraganda ancha avjiga chiqdi. Chunki 30 martdan boshlab o‘qituvchilar masofadan turib ishlashga o‘tdilar. O‘zbekistonda ilk bor o‘qituvchilar masofadan turib ishlamoqdalar.

 

Sinf rahbarlari va fan o‘qituvchilari TV-darslar asosida o‘quvchilar davomatini nazorat qilib darslar tugagandan so‘ng har bir o‘quvchining darsda qatnashganligi hamda o‘quvchining mavzuni o‘zlashtirishi (tushungan yoki tushunmagani) bo‘yicha yozma ravishda telegram orqali savol-javoblar olib boryapti. Bu albatta juda yaxshi samara bermoqda. Ayniqsa ota-onalar bilan munosabat avvalgiga nisbatan ancha iliqlashdi.

 

Lekin, dilni xira qiladigan ba’zi bir xunuk holatlar ham uchrab turibdi. Bu — ustozlar o‘zlarning telegramdagi shaxsiy profilida ota-onasi qo‘ygan ismni o‘rniga turli xil laqablarni qo‘yib olishidir. Telagramda ustozlar a’zo bo‘lgan guruhlarga kirsangiz u yerda kamdan-kam aynan pasportdagi ismi sharifi yozilgan o‘qituvchilarga duch kelasiz. Ular o‘zlarini «Osmondagi oy», «SHo‘x yigit», «Farishta» hattoki «Ajal», «YOmon bola» deb nomlab olgan.

 

Endi mantiqan o‘ylab ko‘ring… Shu ustozlar har kuni telegramda ota-onalar guruhida o‘quvchilarga vazifa beradi, nazorat qiladi kerak bo‘lsa tanbeh beradi. Bunday vaziyatda ota-onalar ustozlarning ustidan kulmasmikan. Ular o‘z farzandiga «Osmondagi oy», «Sho‘x yigit», «Farishta» «Ajal» nomidan yozayotgan profil egasi seni ustozingmi degan savolni bermaydi deb o‘ylaysizmi? Bu ustoz degan nomga putur yetkazib qo‘ymasmikan…

 

Bundan tashqari yana ba’zi bir o‘qituvchilar telegram sahifasi va boshqa ijtimoiy tarmoqlarida ismi yozishi lozim bo‘lgan yerlarga «Allohi Akbar», «Alhamdulillah», «Laa Ilaha illalloh» va boshqa nomlarni qo‘yib olishmoqda. Buni yomon tarafi shundaki, bu ism bilan nomlangan profil egalari yozayotsa «Allohi Akbar печатает» ya’ni «Alloh Buyuk yozyabdi» degan yozuv chiqadi. Sizningcha bu to‘g‘ri bo‘ladimi?

 

Aslida insonning ismi sharifini buzib yozish — gunohlar ichida eng og‘ir gunoh. Taassufki, har kuni o‘zimiz ham bilib-bilmay o‘sha xatolikka qanchalik «hissa» qo‘shayotganimiz haqida o‘ylab ko‘rmaymiz. Aynan shu narsa hayron qoldiradiki, inson zotiga o‘zining ota-onasi qo‘ygan ismi yoqmasmikan deb o‘ylab qolasan. Bu biz uchun oddiy holat bo‘lib tuyulishi, balki shu ham mavzumi deyishingiz mumkin. Lekin bu hozirgi kunda o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan «ustozlarga» yarashmaydigan illatga aylanib ulgurdi.

 

Shuning uchun ustozlar keling hoziroq telegram sahifasi va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi ism yozishi lozim bo‘lgan yerlarga o‘zimizning ota-onamiz qo‘ygan chiroyli ism va familiyalarimizni yozib qo‘yaylik.

(Yuqoridagilar o‘ta shaxsiy fikr)

 

Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari — Ulug‘bek Po‘latov

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: