Doimiy sovqotishning asosiy sabablari

Doimiy sovqotishning asosiy sabablari

Sovuq havoda sovqotish inson uchun tabiiy hol. Lekin, hamma iliq havoda yayrab o‘tirganda, sizning sovuqni his qilishingiz, sizdagi sovqotish hissi doimiy ravishda havo haroratiga mos tushmasligi e’tiborni talab qiladigan holatdir. Doimiy sovqotib yurishning mumkin bo‘lgan 10 ta sababi haqida gaplashamiz.

Ozg‘inlik

Tana vaznining indeksi 18,5 dan kam bo‘lganda, inson oson sovqotadi. Birinchidan, ozg‘in odamda tanani isitib turuvchi yog‘ zaxirasi kam bo‘ladi. Ikkinchidan, ozg‘inlarning organizmi energiyani kam sarflaydi, shunga muvofiq, moddalar almashuvi sekin kechadi va issiqlik kam ajralib chiqadi. Biroz semirsangiz, boshqa sabablar bo‘lmasa, sovqotish holati ham o‘tib ketishi mumkin.

Qalqonsimon bezdagi muammolar

Qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi — gipotireozning belgilaridan biri doimiy sovqotishdir. Chunki, bu bez ishlab chiqaradigan gormonlar kamayganda, organizmda modda almashuvi sekinlashadi. Doimiy sovqotish sochning kuchli to‘kilishi, terining o‘ta quruq bo‘lishi va doimiy charchash holatlari bilan birga kuzatilganda, albatta shifokorga murojaat qilish kerak.

Temir moddasining yetishmovchiligi

Temir moddasi eritrotsitlar tomonidan kislorodning to‘qimalarga tashib berilishida qatnashadi. Uning yetishmovchiligi bu jarayonning yaxshi kechmasligiga olib keladi. Natijada organizmda bir qancha muammolar kelib chiqadi. Doimiy sovqotish shularning bir belgisi sifatida yuzaga chiqishi mumkin.

Qon aylanishining yetarli bo‘lmasligi

Yurak va qon tomirlaridagi ba’zi muammolar tanadagi qon aylanishining yetarli bo‘lmasligiga olib keladi. Bunda ko‘pincha qo‘l va oyoqlarning uchlari muzdek bo‘lib turadi. Bunday muammolarning oldini olish uchun zararli odatlardan voz kechish kerak.

Uyquning yetarli emasligi

Uyquning surunkali kam bo‘lishi organizm uchun stress hisoblanadi. Bunda moddalar almashuvi sekinlashib, qon aylanishi yomonlashadi.

Suvsizlanish

Suv organizmda modda almashuvi jarayonlari kechadigan asosiy muhit bo‘lib, uning kamayishi bu jarayonlarning sekinlashuvi va o‘z navbatida energiyaning kam ajralishiga olib keladi.

Vitamin B 12 yetishmasligi

Vitamin B 12 yetishmasligi kamqonlikka olib keladi, bu o‘z navbatida to‘qimalarda kislorod yetishmasligi va almashinuv jarayonlarining sekin kechishiga olib keladi. Bu vitamin hayvon mahsulotlari: go‘sht, baliq, sut tarkibida uchraydi.

Ayollar organizmi

Doimiy sovqotish ko‘proq ayollarda uchraydi. Buning sababi oxirigacha aniqlanmagan.

Qandli diabet

Bu kasallikda vaqt o‘tishi bilan diabetik neyropatiya kelib chiqadi. Bunda mayda qon tomirlarda qon aylanishi buzilib, periferik nerv tolalari shikastlanadi va terining jo‘njikishi, jimirlashi, barmoqlarda og‘riq kabi belgilar paydo bo‘ladi.

Kamharakatlik

Kamharakatlik natijasida modda almashuvi sekinlashadi, buning ustiga, mushaklar ham rivojlanmagan bo‘ladi. Mushaklar issiqlikni tutib turuvchi qatlam hisoblanadi. Jismoniy harakatni ko‘paytirib, mushaklaringizni rivojlantirsangiz, doimiy sovqotish muammosidan qutulishingiz mumkin.


Для человека естественно охлаждаться в холодную погоду. Однако, когда все сидят на теплом воздухе, ваше ощущение холода, ваше ощущение холода не всегда согласуется с температурой, что требует внимания. Вот 10 распространенных причин простуды.

Потеря веса будет сопровождаться усталостью и постоянной усталостью

При индексе массы тела менее 18,5 человек может легко простудиться. Во-первых, у худощавого человека недостаточно жира, чтобы согреть тело. Во-вторых, стройные тела потребляют меньше энергии, что замедляет обмен веществ и выделяет меньше тепла. Если вы немного тучны или нет других причин, состояние охлаждения может пройти.

Проблемы с щитовидной железой

Снижение функции щитовидной железы — один из симптомов гипотиреоза — постоянный озноб. Это связано с тем, что когда гормоны, вырабатываемые этой железой, уменьшаются, обмен веществ в организме замедляется. Когда постоянное охлаждение сопровождается сильным выпадением волос, крайней сухостью кожи и постоянной усталостью, необходимо обратиться к врачу.

Дефицит железа

Железо участвует в транспорте кислорода тканями эритроцитами. Его неадекватность приводит к тому, что процесс идет плохо. В результате в организме возникает ряд проблем. Признаком этого может быть постоянное охлаждение.

Недостаточное кровообращение

Некоторые проблемы с сердцем и сосудами могут привести к ухудшению кровообращения в организме. Кончики рук и ног часто холодные. Чтобы предотвратить такие проблемы, следует избегать вредных привычек.

Недостаточный сон

Хроническое недосыпание является стрессом для организма. Это замедляет обмен веществ и ухудшает кровообращение.

обезвоживание

Вода является основной метаболической средой в организме, и ее уменьшение замедляет эти процессы, что, в свою очередь, приводит к меньшему выделению энергии.

Дефицит витамина B 12

Дефицит витамина В12 приводит к анемии, что, в свою очередь, приводит к недостатку кислорода в тканях и замедлению обменных процессов. Этот витамин содержится в продуктах животного происхождения: мясе, рыбе, молоке.

Женское тело

Затяжные простуды чаще встречаются у женщин. Причина этого до конца не установлена.

Сахарный диабет

Это состояние может со временем привести к диабетической невропатии. Нарушается кровообращение в мелких кровеносных сосудах, повреждаются периферические нервные волокна, появляются такие симптомы, как кожная сыпь, покалывание, боль в пальцах.

Бездействие

Бездействие замедляет обмен веществ и делает мышцы менее развитыми. Мышцы – это слой, удерживающий тепло. Если вы увеличиваете свою физическую активность и развиваете мышцы,можно избавиться от проблемы постоянного охлаждения.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: