Deputat qonunni bilmasa, bu meni aybim emas – Shermatov G‘aniyevning ayblovlariga javob qaytardi

Deputat qonunni bilmasa, bu meni aybim emas – Shermatov G‘aniyevning ayblovlariga javob qaytardi
Telegram kanal подписаться

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev mamlakatda maktablarni ochish borasida so‘nggi qaror mahalliy kengash deputatlari tomonidan berilayotgani borasida Xalq ta’limi vaziriga nisbatan e’tirozlar bilan chiqqan edi.

U o‘z chiqishida mahalliy kengashlarning raisi hokimlar ekani, hokimlar esa yuqoridagi kelayotgan buyruqlarni bajarayotgani, Xalq ta’limi vazirligi esa maktablarni ochishda javobgarlikni o‘z bo‘ynidan soqit qilayotganini aytadi. 
QALAAMPIR.UZ 12 sentyabr kuni Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashib, deputat Doniyor G‘aniyevning fikrlariga nisbatan munosabati bilan qiziqdi.

Vazir shunday deydi:

“Deputatlar qonunni bilmasa, bu meni aybim emas. Bu vakolatni ularga men bermayman. Men Xalq ta’limi vaziriman. Joriy yilning 28 avgust kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektorda davlatimiz rahbari mahalliy kengashlarga shu vakolatni berganlar. Fikr bildirgan deputatimizning bu selektor o‘tganidan yoki qonunchilikdan xabari bo‘lmasa, bu mening aybim emas.
Deputatlar ham har xil, turli joylardan keladi, saylanadi. Kimdir ish qilishga, yana kimdir populizm bilan shug‘ullanishga harakat qiladi. Agar u shunday fikr bildirgan bo‘lsa, bu mening aybim emas. Men hech kimni aldayotganim yo‘q. 
Sizga yaxshi ma’lumki, qonunchilikda uchta hokimiyat bor. Bular – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud. Buni hammamiz maktabda o‘qiganmiz. Bilmadim… Mayli, birovni yomonlamay. Qonun chiqaruvchi organ qonun chiqarishi kerak. Respublikadagi qonun chiqaruvchi organ – bu Oliy Majlis. Ya’ni professional quyi palataga ega – bu deputatlarimiz. Agar kimgadir qaysidir vakolat yetmasa, uning qonunchilik tashabbusi vakolatidan kelib chiqib, qonunda o‘zgartirish qilishga yuz foiz haqqi bor”

.
Shermatov deputatlar ijtimoiy tarmoqda qonunchilikni bilmasdan turib fikr bildirmasligi kerakligini aytarkan, mahalliy kengashlarga bu vakolatni Prezident berganini, bu vazir darajasidagi topshiriq emasligini yana bir bor urg‘ulaydi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: