Davlat granti asosida OTMga qabul qilingan talabalarning 50 foizi bu yilgi maktab bitiruvchilaridir

Davlat granti asosida OTMga qabul qilingan talabalarning 50 foizi bu yilgi maktab bitiruvchilaridir
Telegram kanal подписаться

2020-yilda maktab bitiruvchilari abituriyentlarning atigi 23 foizini tashkil etgan bo’lsada davlat granti uchun ajratilgan kvotaning 50 foizini egalladi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Umumtaʼlim maktab bitiruvchilarining OTMga oʻqishga kirish koʻrsatkichini avvalgi yillar bilan taqqoslaganda yaxshilanib borayotganiga guvoh boʻlish mumkin.
Xususan joriy yilda davlat oliy taʼlim muassasalariga qariyib 1,5 mln abituriyent hujjat topshirgan boʻlsa shundan 23 foizini (347 ming nafar) maktab bitiruvchilari tashkil qilgan. Qolganlari akademik litsey va kollej bitiruvchilari hamda eng katta qismi avvalgi yillarning bitiruvchilari boʻlgan. Ularning ham koʻpchiligi bir yil davomida repetitorlarga va tayyorlov kurslariga borishgan boʻlsada, maktabning bu yilgi bitiruvchilari natijasi yuqoriroq boʻldi.
11-sinf bitiruvchilarining 77 foizi talaba boʻlish istagini bildirgani ularning oʻtgan yilga nisbatan oʻqishga kirish ishtiyoqi ikki baravarga oshganini koʻrsatmoqda, bu koʻrsatkich avvalgi yilga nisbatan 174 ming nafarga yoki 16 foizga koʻp.
Eʼtiborli jihati, maktab bitiruvchilari abituriyentlarning atigi 23 foizini tashkil qilgan boʻlsada Oliy taʼlim muassasalari uchun ajratilgan jami kvotaning — 34 foizini (47,9 ming), davlat granti uchun ajratilgan kvotaning — 50 foizini (11,8 ming), toʻlov-kontrakt uchun ajratilgan kvotaning — 31 foizni (36,1 ming) egallagan. Bu esa maktablarda ota-onalar bilan hamkorlikda oʻquvchilarni oliy taʼlimga yoʻnaltirish ishlarining samarasiga yaqqol misoldir. Variativ oʻquv rejalarini joriy etilgan sinflarda anʼanaviy oʻquv rejada oʻqiydiganlarga qaraganda OTMga kirish koʻrsatkichi yuqoriroq boʻlgan.
Maktab bitiruvchilarining davlat OTMga kirish natijalari diagrammalarda (nodavlat va xorijiy OTMlar bu yerda hisobga olinmagan):

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: