Dars taqsimoti boʼyicha yuqori tashkilotlar tomonidan hech qanday koʼrsatma yoki yoʼriqnoma boʼlmaganligi sababli barcha umumtaʼlim maktablarida ushbu masala muammoli hisoblanadi.
Dars taqsimotida oʼqituvchiga quyidagi koʼrsatkichlar asosida darslar beriladi:
maʼlumoti;
malaka toifasi;
oʼz fani boʼyicha chuqur bilim va yuqori kasbiy mahoratga ega ekanligi;
АKT dan savodxonlik darajasi;
pedagogik ish staji;
malaka oshirish kursi va attestatsiyadan belgilangan vaqtda muvaffaqiyatli oʼtganligi;
maktab miqyosida «Yaxshi muallim sifatli taʼlim” baholash tizimida yuqori natija koʼrsatganligi;
maktab miqyosida oʼqituvchining yuqori reyting koʼrsatkichga ega ekanligi;
metodbirlashmaga rahbarlik qilishi;
«Yilning eng yaxshi fan oʼqituvchisi”, «Bilimlar bellashuvi”, «Fanlar olimpiadasi” va boshqa koʼrik-tanlovlarda oʼzi hamda oʼquvchilari sovrinli oʼrin egallaganligi hisobga olinadi.
Yuqoridagi koʼrsatkichlar asosida kim yaxshi natijalarga erishgan boʼlsa, shu oʼqituvchi boshqalarga nisbatan koʼproq dars soatlari olish imkoniyatiga ega.