Dars ishlanma (konspekt) qanday yoziladi

Dars ishlanma (konspekt) qanday yoziladi
Telegramda o'qish

1 soatlik dars ishlanmasi yozishning asosiy talablari va tartibi.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari asosida dars ishlanmasi(konspekt)ni shakllantirish
TARTIBI
Sana,sinf (paralel sinflar uchun bitta mavzu bo`yicha alohida-alohida dars ishlanmasi(konspekt)ni yozish shart emas ,bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. Bunda 6-a, b, v, g — sinflar deb ko’rsatiladi)
Fan nomi:_____________________________________________________________
Darsining mavzusi:(takvim–mavzu reja asosida)
Dars maqsadi (darsga qo’yilgan maqsad 4-5 daqiqa davomida belgilangan fandan o’quvchilarda mavzudan kelib chiqqan holda fanga oid va tayanch kompetensiyalarning elementlarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim):

    a)Ta’limiy maqsad:______________________________________________________
    (mavzudan kelib chiqqan holda fanga oid kompetensiyalar elementlari yoziladi)

    b) Tarbiyaviy maqsad:_________________________________________________
    (mavzudan kelib chiqqan holda fanga oid kompetensiyalar elementlari yoziladi)

    s)Rivojlantiruvchi maqsad:
    (mavzudan kelib chiqqan holda fanga oid kompetensiyalar elementlari yoziladi)

Dars turi:______________________________________________________________
Dars turi quyidagicha bo’lishi mumkin:

    — yangi tushuncha bilimlarni shakllantiruvchi, yangi mavzu o’tish darsi);

    -o’quvchining bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantiruvchi (mustahkamlovchi dars):

    — umumlashtiruvchi (bo’lim va bob yakuni bo’yicha o’tiladigan dars);

    — o’quvchilar egallagan ko’nikma va malakalarini tehlil, nazorat qiluvchi darslar (oraliq va joriy nazoratlar darsi)).

Darsda qo’llaniladigan metodlar:
(darsda qo’llanadigan metodlar o’quvchilarda fanga oid va tayanch kompetensiyalar elementlarini shakllantirish hamda yuqorida tanlangan dars turiga mos keladigan metodlar tavsiya etiladi).
Darsda foydalaniladigan jihozlar:
(texnik vositalar, slaydlar, ko’rgazmali va didaktik materiallar).
Tashkiliy qism:_________________________________________________________
O’tilgan mavzuni takrorlash(mustahkamlash): ____________________________
Yangi mavzuni tushuntirish:_______________________________________________
Yangi mavzuni mustahkamlash:_____________________________________________
O’quvchilarni baholash:___________________________________________________
Uyga vazifa berish: ______________________________________________________
Dars ishlanmasi(konspekt) qo’lyozma shaklida yoki kompyuterda ham yozilishi mumkin.Dars ishlanmasini kompyuterda yozishning eng muhim yagona sharti o’qituvchining o’zi kompyuterda ishlashni bilishi lozim.
1 soatlik dars ishlanma konspekt yozishning qisqacha asosiy talabi shulardan iborat. Ushbu bo’limda o’zingiz uchun kerakli bo’lgan turli fanlardan namunaviy yillik konspektlar ham topishingiz mumkin.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Комментарии: 1
  1. jumanazar

    Saytdan hech narsa olib bo’lmayapti. Dars ishlanma blankasini kopirovat qilib bo’lmayapti.

Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: