DANGASALIKNI YENGISHNING 5 SIRI

DANGASALIKNI YENGISHNING 5 SIRI
Telegramda o'qish

Inson rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan omillar juda ko‘p. Til o‘rganmoqchimisiz, o‘z sohangiz
bo‘yicha mutaxassisga aylanmoqchimisiz yoki katta daromad qilib o‘z moliyaviy ahvolingizni
yaxshilamoqchimisiz? Nimani xoxlashingizdan qat’iy nazar, ularga erishish yo‘lida yengishingiz
kerak bo‘lgan birinchi dushmaningiz bu “Dangasalik”.

E’tiboringizga O’zbekiston mnemosport federatsiyasi prezidenti, eslab qolish bo’yicha Rossiya rekordchisi Davronbek Turdiyevning dangasalikni yengish bo’yicha tavsiyalarini taqdim etmoqdaman.

Insonlar xar xil va ularning muvaffaqiyatga erishish yo‘lida muammolariyam xar xil bo‘ladi.

MAQSADLI MEXNATDAGI MUAMMOLAR:

  • Salohiyat darajasi pastligi.
  • Mantiqiy tushunchasi yo‘qligi.
  • Atrof muhiti salbiy tasir ko‘rsatishi.
  • Ma’lumotlarni qabul qilish tezligi sekinligi. Misol uchun: chet tili yoki boshqa biror bir soxani o‘rganmoqchisiz. O‘zlashtirish jarayonida turli xil muammolar yuzaga kela boshlaydi. Meni treningim va kurslarimga keladigan ko‘pchilik

o‘quvchilarimdan kuzatib shuni xulosa qildimki ularning o‘zlashtirish jarayonida 2 ta ASOSIY muammo bor:

1-Muammo. Salohiyatning har xilligi. Bir vaqtning o‘zida bitta maqsadga erishish uchun xar xil salohiyatli insonlar harakat qilishadi, shu bilan birgalikda ularning o‘zlashtirish darajasi har xil bo‘ladi. Bir kishi oson ma’lumotni sekin o‘zlashtirsa, boshqasi esa murakkab masalani osonlikcha yechishi mumkin.

2-Muammo. (asosiysi) Dangasalik. Har qanday insonni oldinga qadam tashlashiga yo‘l qo‘ymaydigan asosiy omillardan biri.

Dangasalik bo’yicha asosiy savollar

  • Dangasalikdan qutilishning iloji bormi? • Dangasalikdan qutilish kerakmi?
  • Dangasalikdan Dangasalikni farqi bormi ?
  • Dangasalikning ham yaxshi tomonlari bormi?
  • Dangasalik yuzaga kelgan bo‘lsa Nima qilish kerak?

Yuqoridagi savollarga javob izlaymiz !!!

Agar sizda prokrastinatsiya yuzaga kelgan bo‘lsa!

Prokrastinatiya (Prokrastinatsiya)- dangasalikning ilmiy nomi. Prokrastinatsiya bo‘yicha judayam ko‘p kitoblar yozilgan. Bugungi kunda juda dolzarb masala bo‘lganligi sabab, juda ko‘p adabiyotlar, tajribalar, ilmiy tadqiqotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Dangasalik haqida ma’lumot ko‘pligi, bu muammoni yechilishiga bo‘lgan talab borligi belgisidir.

Hozirgi kunga qadar Mnemonikani (xotirani rivojlantirish usullari) hamma narsaga davo deb o‘ylardim, ammo adashgan ekanman. Muammolarning asl sababi xotira sustligi yoki past fikrlash darajasi emas, balki prokrastinatsiya ekan!

  • Nima uchun insonlarda dangasalik bor?
  • Nimadan kelib chiqadi dangasalik?
  • Nima sababdan hamma narsalarning negizi Dangasalik ekanligini bilib turib ham, yana dangasalik qilamiz?
  • Nima uchun insonlar mas’uliyatni o‘z qo‘liga olgisi kelmaydi?
  • Dangasalik tabiiy jarayonmi?

Dangasalikni keltirib chiqaradigan 5 omil va ularning yechimi.

1.Perfeksionizm

Perfeksionizm ( Perfeksionizm ) – yoki maksimalizm. Bu ideallashtirish. O‘zimizni ideallashtirishdan tortib, qilishimiz kerak bo‘lgan ishlarni ham ideallashtiramiz. Yosh o‘tgan sari insonda perfeksionizm kamayadi, shu bilan birga quvvat ham. Inson yoshligida perfeksionizm sababli Dangasalik qilsa, yosh o‘tgan sari quvvati yo‘qligidan Dangasalik qiladi.

Perfeksionistlar kim? Ularni tanish oson, unday insonlar atrofingizda bor; Ular, hamma narsani ideal boshlash kerak, hamma narsani ideal qilish kerak deb o‘ylaydigan insonlar!

Muammo shundaki inson hamma narsani tugul, hech narsani ideal qila olmaydi. Inson qilgan ishni yanada takomillashtirish mumkin, ya’ni insonlar tomonidan qilingan ishlarda chegara deyarli yo‘q. Bir kishi qilgan ishni yoki ixtironi, boshqasi kelib takomillashtirishi va mukammallashtirishi mumkin, lekin hech qachon oxirgi chegaragacha yeta olmaydi.

Perfeksionist bilan dialog…

A: Ingliz tilini o‘rganishing kerak!

B: Xo‘p, qanday o‘rganaman?

A: So‘z boyligi va grammatika uchun samarali usullar bor, shulardan foydalanasan.

B: Yaxshi. Kuniga qancha vaqt sarflashim kerak ?

A: Kuniga taxminan 1-2 soat sarflaysan.

B: Bo‘ldi, 2 soatdan vaqt ajrataman…

Deydiyu, shu bilan 2 soatdan shug‘illanishni boshlash uchun, dushanbani kutib o‘tiradi!

Perfeksionistlar doim ideal (vaqt ,sharoit,joy) narsani kutishadi. Unutmaslik kerak, har doim nimadir sodir bo‘lishi mumkin. Muammolarning birini hal qilsangiz ikkinchisi keladi.

Bu hayotda insonlar ham, borliqdagi hamma narsa ham ideal emas. Hammasi doim takomillashib, o‘sib boradigan jarayonlar – Ideallik yo‘q. Ichingizdagi ideallik (perfeksionizm) ni yoki perfeksionizm (ideallikni qidirish yoki yaratish)ni yo‘qotmaguningizcha – umringizni oxirigacha dangasa bo‘lib qolaverasiz. Yangi yilni kutishdan, dushanbani kutishdan voz kechish kerak. Eng qulay vaqt bu — xozir! Shunchaki insonlar ongida g‘alati tushuncha o‘rnab qolgan! Kunning yarmi, haftaning o‘rtasi, oyining choragi, yilning oxiri — keling mana shu tushunchalarni ideal qilib qo‘yaylik. Misol uchun : O‘zimning “DEFOLT TIZIMI” kitobimning yozish jarayonini quyidagicha bo‘lgan:

1-navbatda men fikr va xulosalarimni mayda qog‘ozchalarga yozib chiqqanman

2-navbatda qog‘ozlarim bo‘yicha nutq so‘zlaganman va diktofonga yozib olganman

3-navbatda tayyor audio faylni matnga aylantirish uchun frilanserga topshirganman

4-navbatda tayyor matnni o‘zim qaytadan o‘qib chiqib ma’nolarini to‘g‘irlab, qaytadan yozib chiqqanman

Undan keyin esa tayyor matnni redaktorga topshirganman. Redaktor yana bir bor matndagi gaplarni ma’nosi bir-biriga to‘g‘ri kelishini tekshirgan va kerak joyda to‘g‘irlagan.Keyin esa kitobni korrektorga topshirdim, u kitobdagi nuqta, vergul, so‘roq va hokazolarni to‘g‘irlab o‘z o‘rniga qo‘yib chiqqan. Yuqoridagi jarayon yana 3-4 marta qaytalanganidan so‘ng, va nihoyat kitobning tayyor fayli qo‘limga tekkan.

Savol:

Men 1-urinishning o‘zida shuncha jarayonni bajara olarmidim?

— YO‘Q!

Xulosa shuki, agar men perfeksionist bo‘lganimda: o‘zimga -to‘xtab tur. Yangi yilgacha dam ol. Keyingi yil bittada yozib tashlaysan, bir martadayoq hammasini ideal darajada bajarasan derdim. Ko‘p hollarda ish siz kutganday chiqmaydi, lekin bu dangasalik qilib yangi yilni kutgandan ancha yaxshiroq. Birinchi bajarganingizda siz kutgandek chiqmasa ham, vaqt o‘tgan sari ishingizni takomillashtirishingiz mumkin. Etibor bergan bo‘lsangiz eng kuchli kompaniyalar ham 1-navbatda DEMO(prototip) versiya chiqarishadi. Undan keyin uni takomillashtirishadi. Bitta narsani tushunish kerak, miyamizdagi perfeksionizm hamma narsani ideallashtiradi. Bu noto‘g‘ri. Shunchaki tan olish kerak – men insonman, xato qilishim mumkin. «Dangasalik qilib o‘tirmay, ishni bajarib ko‘ray. Mayli ish men kutganday chiqmasa ham keyin uni takomillashtirishim mumkin» deb harakatni boshlash kerak.

Xulosa: 2 soat dangasalik qilib o‘tirgandan 10 daqiqa ish qilgan yaxshi. Perfeksionizm – bu

dangasalikning psixologik ustanovkasi, agar shu narsani miyanigizdan chiqarsangiz, birinchi qadamni tashlagan bo‘lasiz. Ideal holatlar sizga kerak bo‘lmaydi. Bunga yana juda ko‘p misollarni keltirish mumkin. Sport bilan shug‘ullanish uchun sizga yaxshi sharoitli sport zal, yangi sport formasi yoki yangi oyoq kiyim kerak emas. Bor narsalaringizdan foydalanishni o‘rganing.

Dangasalikni yengish bo‘yicha ko‘proq, yanada samaraliroq usullarni o‘rganishni xohlasangiz, “BLACK CUBE” onlayn kursim bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

2. Dam olish

Dangasalikni yaxshi va yomon tomonlari bor. Yaxshisi shundan iboratki, inson organizmi ayrim holatlarda charchaydi — bu tabiiy narsa. Inson tabiatdan mort, kasal bo‘lib qolishi mumkin. Kichkinagina virus sababli yotib qolishi mumkin. Tez shikastlanishi , lat yeyishi, issiq narsaga kuyib qolishi mumkin. Shuni hisobiga dam olib turish ham kerak. Bundan faqat dam olish kerak ekan degan xulosaga bormaslik lozim. Inson organizmning xususiyatiga qarab – haftada yoki oyda bir marta dam olish kerak. Shunchaki inson o‘z organizmini tinglashni bilishi lozim. Eng muhimi haqiqiy dangasalik (ishdan qochish) bilan charchoqni farqiga borishga harakat qiling. Ko‘p hollarda uyali aloqa vositalarini o‘chirib, 1-2 kunga tabiat qo‘yniga sayr qilib dam olib kelish ham zarar qilmaydi. Dam olishni ham rejalashtirish kerak. Dam olishda ham tinch joy va muhit tanlashni maslahat beraman. Chunki bizda cheklangan resurslar tinch joylarda tiklanadi. Yana bitta maslahat, shifokor ko‘rigidan o‘tish kerak. Vitaminlar yetishmasligi ham organizmni dangasalik holatiga olib kelib qo‘yadi. Inson oragizmining fuksional holati barqaror bo‘lmasligi ham, dangasalikni keltirib chiqarishi mumkin.

3.Yozib yurish

Menga “Hamma narsani eslab qolasizmi?” deb ko‘pchilik insonlar savol berishadi, “yo‘q” deb javob qaytaraman. Agar yozib olishni imkoni bo‘lsa, eslab qolmang. Eslab qolish metodlari va mnemotexnika usullari bizga qachon kerak bo‘ladi? Qachonki biz shu bilimga muxtoj bo‘lsak, masalan imtihondan alo baho olish uchun yoki chet tilini o‘rganishda. Bilimdan maqsadli foydalanishni bilish kerak.

Miyangizni keraksiz o‘y-hayollardan tozalash kerak. Aslini olganda insonda juda ko‘p narsa cheklangan:

Inson umri qanchaligini bilib bo‘lmaydi. Ma’lumotni qabul qilish tezligi cheklangan. Sizda qancha vaqt borligini kimdir aytib bera olmaydi . Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki — bajarishimiz kerak bo‘lgan yoki oxirigacha yetqizmagan ish bizni miyamizga joylashib quvvatimizni oladi! Misol uchun: kechqurun yotar chog‘ingizda hayolingizga qilishingiz kerak bo‘lgan ishingiz kelib qoldi, ertalabgacha o‘ylab yaxshi uxlolmay chiqasiz. Quvvatingizni oladi.

Hech narsa yozib olingan narsaga yetmaydi. Bloknotgami yoki telefongami farqi yo‘q, albatta har doim yozib yuring. Bu juda muhim.

4.Kalendar

Har kuni hayotingizda nimanidir o‘zgartirishingiz mumkin. Misol uchun: ertalab uyqudan turganingizda yotog‘inizni yig‘ishtirib quying. Kalendar sotib oling va 1 oy mobaynida har kuni belgilab boring. Har qanday mayda narsani ham, odatga aylantirish mumkin. Aytishingiz mumkin ko‘zga ko‘rinmaydi deb, lekin har qanday buyuk ishlar ham oddiy mayda ishlardan boshlangan. Qadim-qadimdan bunga alohida e’tibor berishgan. Alisher Navoiy “Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur”deganidek, mayda ishlar sizga sabrli bo‘lishni va inzitomni tarbiyalashni o‘rgatadi. O‘zingizga nisbatan ichki hissiyotingiz oshadi va o‘zingizdan faxrlana boshlaysiz. Asta-sekin boshlab siz o‘zingizda quvvat so‘ruvchi omillarni, dangasalik urug‘larini yo‘qota boshlaysiz.

5.Taymer

Bu borada juda ko‘p mualliflik ishlari bor. Devid Allen va Franchesko Cherillo metodlari bor va ular bir-biridan farq qiladi. Har qanday ishni boshlashdan oldin taymerni yoqib qo‘ying.

Nimanidir qilish uchun dangasalik qilyapsizmi? taymerni yoqib “Xozir 25 daqiqa diqqatimni faqat shu ishga qaratib ishlayman, keyin dam olaman” deysizda ishni boshlaysiz. Bu jarayonda vaqtdan unumli foydalanib, hayolingiz chalg‘imasdan diqqatingizani bir joyga qaratib ishlaganingizni kuzatishingiz mumkin. Boshlash uchun taymerni bosing!

 

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: