Choraklik baholar sinf jurnaliga qanday qayd qilinadi?

Choraklik baholar sinf jurnaliga qanday qayd qilinadi?
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Fan o’qituvchisi belgilangan tartibda choraklik (yarim yillik), yillik, (yakuniy) baho va yillik reyting ballarni aniqlaydi hamda ularni tegishli ustunlarga qayd etib tagiga imzo qo’yadi.

Sinf jurnali kataklariga ballar va aniqlangan baholarni qayd etish ketma-ketligi qo’yidagicha bo’ladi:

5-8 sinflar uchun:
Joriy va oraliq nazoratlardagi ballar;
Choraklik (yarim yillik) baholar;
Bosqichli nazorat bali:
Yillik baholar;
Yillik reyting bali.

9-11 sinflar uchun:
Joriy va oraliq nazoratlardagi ballar;
Choraklik (yarim yillik) baholar;
Yillik baho::
Yakuniy nazorat bali;
Yakuniy baho;
Yillik reyting bali.

Shuningdek, haftasiga 1 soatdan ko’p o’tiladigan fanlarga choraklik chiqariladi. 0,5 va 1 soat o’qitiladigan fanlar bo’yicha yarim yillik baholar chiqariladi.
9-sinflar uchun yillik va yakuniy baho chiqariladi.

Jurnalning “Uyga berilgan topshiriq” deb ko’rsatilgan joyiga aslida qanday yozish kerak?

Jurnalning “Uyga berilgan topshiriq” deb ko’rsatilgan joyiga ko’pchilik “o’qib kelish”, “test tuzib kelish”, “jadval tuzish” kabi so’zlarni yozishadi.
Lekin aslida jurnalning “Uyga berilgan topshiriq” deb ko’rsatilgan joyiga o’quvchilarga uyga berilgan vazifa aniq qilib yozilishi lozim.

YA’ni, bu joyga berilgan topshiriq sahifasi va mashq raqami yozilishi kerak. Masalan, 42-bet, 77-mashq.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: